11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/220
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205428
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   220
11-Mavzu Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari

Dars ijodiy jarayon 
Dars-jamoa mehnati jarayoni. Darsni ijodiy tashkil etish, vaqtdan unumli 
foydalanish, mashg‘ulotlarni o‘z vaqtida o‘tkazish bolalarda jamoa bo‘lib ishlay 
olish ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘zaro yordam va bolalar o‘rtasida hamkorlik 
o‘rnatish yo‘llari bilan mashg‘ulotlar jamoa mehnati jarayoniga aylantiriladi. 
Dars ta‘limning boshqa shakllaridan o‘zining ichki va tashqi hususiyatlariga ko‘ra 
farq qiladi. Muayyan yoshdagi va ma‘lum tayyorgarlikka ega bo‘lgan o‘quvchilar 
guruhi, rejim, dars tartibi, mashg‘ulotlarni ma‘lum xonada o‘tkazish kabilar 


darsning tashqi hususiyatlari, darsning maqsadi, ta‘lim mazmunini his qilish, 
qiziqish, anglash, tushunish uning ichki hususiyatlari sanaladi. Dars ana shu ikki 
xil tashqi va ichki hususiyatlarning o‘zaro uyg‘unlashuvi asosida tashkil etiladi. 
Darsga qo‘yiladigan talablar 
Didaktik yoki ilmiy talablar sirasiga quyidagilar kiradi. 
1. Har bir darsning maqsadini aniq belgilash 
2. Darslarning optimal mazmunini, o‘rganiladigan bilimlar ko‘lami, 
shakllantiriladigan ko‘nikma va malakalarni oldindan aniqlab qo‘yish. 
3. Darsni tashkil etishga oid ta‘lim metodlarini, vositalarini tanlash, 
o‘quvchilar bilish faolligini rag‘batlantirish, o‘quv topshiriqlari, mustaqil ishlarni 
ta‘limga tatbiq etish. 
4.Ta‘lim qoidalarini (ilmiylik, faollik, izchillik, fanlararo aloqa va h.k) 
og‘ishmay amalga oshirish. 
Darsga qo‘yiladigan tarbiyaviy talablar qatoriga quyidagilar kiradi: 
1.Darsda o‘rganiladigan o‘quv materiallari bo‘yicha tarbiyaviy xulosalar 
chiqarish. 
2.Nazariy bilimlar asosida ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish. 
3.Bolalarda o‘qishga oid ijodiy motivlarni uyg‘otish, bilish, o‘qish-
o‘rganishga havas ishtiyoq, qiziqishni shakllantirish. 
4. Dars jarayoniga, pedagogik takt qoidalariga rioya qilish. 
Darsga qo‘yiladigan tashkiliy talablar jumlasiga quyidagilar kiradi. 
1.Dars uchun puxta yo‘nalgan konspekt yoki reja tuzish. 
2.Darsning bosqichlariga (dars bosqichlarining o‘zaro bog‘liqligi, darsda 
amalga oshiriladigan ishlar, o‘quv topshiriqlarining o‘zaro aloqadorligiga) rioya 
qilish. 
3.Dars tezligini o‘quvchilarning tayyorgarligiga moslashtirish. 
4.Dars uchun ajratilgan vaqtdan to‘laqonli foydalanish. 
Yangi o‘quv materialini o‘rganish va mustahkamlash darslari 
Yangi o‘quv materialini o‘rganish va mustahkamlash darslari ta‘lim 
jarayonining eng ko‘p qismini ishg‘ol qiladi. Bu dars turining asosiy vazifasi turli 
o‘quv fanlariga oid qonuniyatlarni, g‘oyalarni, omillarni o‘rgatish va ularni 
dastlabki mustahkamlashdir. 
Bilimlarni o‘zlashtirish keng tushunchadir. O‘zlashtirishniig uch xil darajasi 
mavjud: bilimlarni idrok etish, ma‘nosiga tushunish, xotirada saqlash darajasida 
o‘zlashtirish; bilimlarni o‘xshash sharoitlarga tatbiq eta olish darajasida 
o‘zlashtirish. O‘quvchilar yangi o‘quv materialini o‘rganish va mustahkamlash 
darslarida bilimlarni o‘z so‘zlari bilan aytib bera bilish, o‘rganilgan bilimlarga doir 
omil keltira olish, bugun o‘rganilgan bilimlarni oldin egallagan bilimlardan ajrata 
bilish darajasida o‘zlashtirmog‘i lozim. 
Bu dars turida quyidagicha vazifalar hal etiladi; o‘quv materialining asosiy g‘oyasi, 
maqsadni anglash; shu bilimlarning inson faoliyatidagi ahamiyatini fahmlash; 
yangi o‘quv materialiga oid bilimlarni idrok etish; ularning asosiy hususiyatlarini 
tushunish; o‘rganilgan bilimni qayta esga olish yo‘lini, uni amaliyotda qo‘llash 
yo‘llarini egallash. 
Yangi bilimlarni o‘rganishda deduksiya va induksiya 


O‘quv materiallari,asosan,ikki xil yo‘l bilan o‘rganiladi; deduktiv yo‘l, 
induktiv yo‘l. 
Yangi o‘quv materiali deduktiv yo‘l bilan o‘rgatilganda bolaning aqliy 
faoliyati ta‘rif, qoida, xulosalar, umumlashmalardan amaliyotga qarab boradi. 
Avval asosida materialning umumiy tomonlari izohlanadi, keyin materialning 
xususiy tomonlari izohlanadi. O‘quv fanlari (masalan, matematika)ga oid 
materiallarni izohlashda deduktsiyadan foydalangan ma‘qul. 
Yangi bilimlarni o‘rgatishning ikkinchi yo‘li induksiyadir. Bundan oldin 
omillar asosida o‘quv materialining hususiyatlari alohida tahlil etiladi. So‘ngra 
qoida, qonuniyat, ta‘rif, aksioma shaklida xulosalar chiqariladi. 
Yangi o‘quv materialini o‘rganishda o‘quvchilarning oldin o‘rgangan 
bilimlari, hosil qilingan malakalari, hayotiy tajribalariga tayanish ta‘limning 
samaradorligini oshiradi. O‘rganilgan bilimlarni, malakalarni, tajribalarni esga 
tushirish va undan bilimlarni ongli o‘zlashtirish vositasi sifatida foydalanish turli 
yo‘llar bilan amalga oshiriladi: yangi mavzuni o‘rganish uchun kerakli bilimlarni, 
malakalarni o‘qituvchining o‘zi eslatadi va yangi bilimlar o‘zlashtirilgan 
mavzuning davomi sifatida tushuntiriladi: oldin o‘rganilgan materialni 
o‘quvchilardan birontasi esga tushirib aytib beradi, o‘qituvchi o‘quvchi fikriga 
bog‘lab o‘z tushuntirishlarini boshlaydi; o‘tilgan mavzu yuzasidan sinf jamoasi 
bilan suhbat o‘tkazadilar, keyin yangi mavzuni tushuntirishga o‘tiladi; o‘tilgan 
mavzuga oid mustaqil ish tashkil etiladi, bajarilgan mustaqil ish ustida suhbat 
o‘tkaziladi, so‘ngra mavzuni izohlashga kirishiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin