11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari


Tushuntirish va o‘qitish metodi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/220
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205428
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   220
11-Mavzu Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari

Tushuntirish va o‘qitish metodi. 
Ushbu tarzdagi metodni qo‘llashda o‘qituvchi so‘z vositasida mavzuni 
bayon qiladi va tushuntiradi. O‘quvchilar esa tinglashadi, eslab qolish, anglab еtish 
orqali uni faol qabul qiladi va o‘zlashtiradi. 
Mavzuning asosini tushungirish va uqtirishda hikoya usulidan foydalaniladi. 
O‘quv materiallari mazmunini orqali bayon qilish, uning asosiy joylarini 
tushuntirish ko‘zda tugiladi. Bu maqsadga erishish uchun, hikoya metodiki 
qo‘llash samarali natija beradi. Bu metod orqali mavzuga xizmat qiladigan 
ma‘lumot va voqyealarni bayon qilish diqqatni faollashtiradi, xotirada saqlashni 
jadallashtiradi. Hikoyani bayon qilish, uqtirish metoddarini samarali qo‘llash 
shartlari: rejani qunt bilan qo‘llash, mavzuni yoritishning oqilona izchilligini 
taminlash, misollar va hikoyalarni muvaffaqiyatli tanlash, tushuntirish va 
uqtirishda zaruriy emostioanallikni tanlash darkor. 
Hikoya bir necha turga bo‘linib, hikoya muqaddima, hikoya bayon, hikoya 
xulosalarga bo‘linib, ular mavzuki yoritishga xizmat qiladi. 
Mavzuni tushuntirishda og‘zaki bayon qilish, tushuntirii yoki biror bir 
lavhani ko‘rsatish, (illyustrastiya)ni ko‘zda tugib, hikoyadan o‘zining hajmi 
kattaligi, mantiqiy ko‘yilishi, obrazli isbotlash va umumlashtirish orqali mavzu 
maqsadiga erishiladi, hikoya qilish mavzuning maqsadini bir qismiga xizmat 
qiladi. 
Maruza matnini tushuntirish va uqtirish informastiyani og‘zaki bayon qilish, 
uzoq vaqt davomida diqqatni tutib turish, tinglovchilarning fikrlashini 


faollashtirish usullari, isbotlash, tasniflash, sistemalashtirish, umumlashtirish va 
boshqa usullaridan foydalaniladi. 
Tushuntirish va uqtirish metodi atroflicha o‘ylagan fikrlar, savollar 
yordamida bilim berilib, o‘quvchini faktlar tizimini, yangi tushunchalar va 
qonuniyatlarni o‘zlashtirishga olib keladi. 
Talimning muammoli-qidiruv metodlari; tizimni so‘z orqali ifodalash, 
ko‘rgazmali va amaliyot metoddari yordamida foydalaniladi. Ta‘limni muammoli 
o‘qitish jarayonida o‘qituvchi talabalarning bilish faoliyatini qo‘zgatadigan, 
faollashtiradigan, ongni charxlaydigan vazifalar beradi. Talabalar mustaqil holda 
yoki o‘qituvchining yordamida uni еchish, hal qitish uchun ijodiy izlanadilar. 
Muammoli o‘qitish yoki muammoli masalalarning еchilishini talab qilish 
o‘quvchilarning egallagan ilmiy bilimlariga hosil qilingan ko‘nikmalariga 
asoslangan holda izlansa yoki olingan bilimlarini xotirlasa, bemalol o‘z еcha 
oladigan qilib tuzilish kerak. Aks holda, masala talabaniig ulgurmagan bilimlariga 
ham asoslanib tuzilsa, u holda talaba o‘ziga ishonmay qoladi, o‘zidagi bilimga 
ishonchi yo‘qoladi, har qanday ilmiy ta‘lim talaba uchun muammolidir. Chunki 
talabaga hozirgacha noma‘lum bo‘lgan yangilik bilan tanishtiradi. Muammoli 
o‘qitish talabaning fikrlash faoliyatini o‘stiradi. Har narsani bilishga qiziqyash 
uyg‘otadi. Fahm-farosatli, mustaqil ijod qilishga intilish kabi shaxsiy fazilatlarini 
tarbiyalashga yordam beradi. 
Qanday sonning birinchi darajali hosilasi 1 ga teng? 
Logorifm manfiy asosda nima uchun ma‘noga ega emas? 
Nima uchun trigonometrik funkstiyalarning nomi o‘z juftini o‘zgartiradi? 
Yoki pedagogik muammoli masalalar еchimini qaraylik. 
Pedagogik masala: 
Ota o‘z o‘g‘lining еtuklik attestatini olishi va 16 yoshga to‘lishi munosabati 
bilan ziyofat berdi. U o‘ziga va o‘g‘liga ham qadah to‘ldirdi, o‘g‘lini bugungi 
baxtli kuni bilan tabriklab o‘g‘liga qadah uzatadi. Siz oila a‘zolarining bu 
voqyeaga bo‘lgan munosabatlarini qaysi birini to‘g‘ri deb o‘ylaysiz? 
a) dadasi - o‘g‘lim muborak yoshing bilan tabriklaymak, shu munosabat 
bilan bir qadah ko‘taraylik! 
b) buvisi - jon bolam, sen spirtli ichimliklarga o‘g‘lingni o‘rgata ko‘rma, 
hyech qachon ichmasin, martabasi ulug‘ bo‘lsin, baxtli bola bo‘lsin. 
v) bobosi - mayli, dadangii so‘zi еrda qolmasin, do‘stlari oldida izza qilma, 
qadahni urishtirib, bir xo‘plab bera qol. 
g) oyisi - o‘g‘lim, dadang senga qadah uzatib, bu spirtli ichimliklarning 
qanchalik zararli ekakligini bilish yoki bilmasligingni sinab ko‘rmoqchi bo‘ldi. 
Bu tarzdagi test savollari muammoli tarbiyaviy masala, o‘quvchining aqliy 
va axloqiy bilimini kengaytiradi. Ongini, tafakkurini charxlaydi. Insonlarga 
bo‘lgan muomala madaniyatini takomillashtiradi. Shunga o‘xshash masalalarni 
muttasil еchib borgan, aqliy va axloqiy bilimlar ko‘nikmasiga ega bo‘lgan talaba 
komillikka erishib boradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin