11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/220
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205428
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   220
11-Mavzu Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari

Ma‘naviy-ijodiy metodlar. 
Inson manaviyatining shakllanishi juda murakkab jarayon. Insonning 
ma‘naviy sifatlarini shakllantirshda oila, atrof-muhit, jamiyat katga rol o‘ynaydi. 


Ota-onaning mehri, atrofdagilarning mehri, ularni olishlari bolani mustaqil 
fikrlashga va mustaqil ish boshlashga ishonchini uyg‘otadi. Ustozlar, ota-onalar 
boladagi bu harakatni, ishonchni sezgandan boshlab, ularga sharoit yaratish va 
ularni to‘g‘ri yo‘naltirishlari lozim. Ota-ona va ustozlar orasidagi tarbiya uzviyligi 
yoshlarning shakllanishida muhim ahamiyagga ega. Sen o‘zing uddalay olasan, 
bunga qurbing еtadi, deb ishontirish va bu ishonchni ―Ma‘naviy-ijodiy metoyu‖ 
orqali amalga oshirish mumkin. Ushbu metod uch bosqichda amalga oshiriladi: 
a) o‘quvchilarda bilishga qiziqishni uyg‘ota bilish; 
b) o‘quvchilarning egallagan bilimiga va tajribasiga asoslangan holda masala 
qo‘yish, hamda ularga suyanib masalalarni tahlil qilish; 
v) o‘rganish kerak bo‘lgan muammo ustida mustaqil fikr yuritib xulosa 
olishga erishish. 
Yuqoridagi bosqichlarni amalga oshirish jarayonida talabalar, insonning boy 
xazinasi uning o‘zida yashiringanligini tushunadilar. Faqat buning uchun 
o‘qituvchi ulardagi qiziqishni, yashiringan iqtidorini anglay bilishi kerak. 
Ilm olish, odatiylik, aqlni peshlash, o‘z ustida ishlash, hikmatlarni bilish, 
kamtarlik, ma‘rifatli bo‘lish kabi fazilatlarga faqat mehnat qilish va bilim olish, 
o‘qib-o‘rganish, hayotni kuzatish orqali erishish mumkin. 
O‘quv ma‘ruza metodi: o‘quv materialini og‘zaki bayon qilishni ko‘zda 
tutadi, hikoya metodidan o‘zining hajmi kattaligi, mantiqiy qurilishi, 
umumlashtirishning murakkabdigi bilan ajralib turadi. Ma‘ruza butun dars yoki 
mashg‘ulotni band etadi. Hikoya esa faqatgina uning bir qismini egallaydi. 
Ma‘ruza davomida informastiyani og‘zaki bayon qilish, uzoq vaqt 
davomidaa diqqatni tutib turish, tinglovchilarni fikrlarini faollashtirish usullari, 
argumentlash, 
isbotlash, 
tasniflash, 
sistemalashtirish, 
umumlashtirish va 
boshqalardan foydalaniladi. 
Suhbat metodi: Og‘zaki bayon qilinning asosiy turlaridan biri. Tarkibida eng 
ko‘p qo‘llaniladigan samarali usullardan biridir. Ko‘pincha bu usul savol-javob 
usuli ham deb yuritiladi. Dars berish jarayonstda o‘tilayotgan mavzu yuzasidan 
kirish asosiy va yakunlovchi qismlarda suhbat, savol-javob metodi qo‘llaniladi. 
Suhbat metodida atroflicha o‘ylangan savollar yordamstda o‘qituvchi va 
o‘quvchilar orasidagi suhbatni ko‘zda tutib, u o‘quvchini faktlar tizimini yangi 
tushunchalar va qonuniyatlarni o‘zlashtirishga olib keladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin