11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/220
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205428
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   220
11-Mavzu Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


10-MAVZU: O‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarini tashxis etish 
REJA: 
1.
Ta‘lim natijalarini tekshirish va baholashga qo‘yilgan talablar.
2.
O‘qituvchi nazorati va ta‘lim oluvchilar faoliyatini baholashning 
uyg‘unligi. 
3.
Bilimlarning natijalarini baholashda pedagogic testlarning roli. 
4.
Baholash mezonlari va ulardagi xatoliklar.
Tayanch so‘z va iboralar: 
bilim, o‘zlashtirilgan bilimlar, baholash, 
mezon, test, boshqarish, ta‘lim natijalari.
 
 
Ta‘lim natijalarini tekshirish va baholashga qo‘yilgan talablar.
Yoshlarni tarbiyalash jarayonida ma‘naviy-intellektual rivojlantirish sifatlarini 
aniqlashning aniq maqsadi va vazifalari ishlab chiqilgan. 
O‘quvchi va talabalarning bilimini, aqliy kamolotlarini nazorat qilish va baholash 
davlat miqyosidagi muhim ahamiyatga egadir. Shu bilan birga, nazorat va baholash 
jarayonini o‘quvchi bilimini boyitishga, ular shaxsini rivojlanishiga va tarbiyasiga 
ta‘sir ko‘rsatadi. 
Bilimlarni nazorat qilishda qo‘yilgan ball va baholar o‘quvchi va talabada 
qanday taassurotlar qoldirganini, ular o‘rtoqlarining o‘qishdagi yutuq va 
kamchiliklariga qanday munosabatda bo‘lishlarini doim kuzatib borish lozim. 
O‘quvchi va talabalar bilimini nazorat qilish va baholash o‘quv yili davomida 
muntazam amalga oshirilishi uchun reyting tizimi joriy qilinib, ba‘zan, tasodifan 
tekshirishlarning oldini oladi va tartibli, doimiy baholash uchun imkoniyatlar ochib 
beradi. 
Pedagogika fani bilimlarni o‘z vaqtida nazorat qilish va baholashning uchta 
vazifasi borligini alohida uqtiradi. 
1. O‘zlashtirishni nazorat qilish va baholash natijalariga qarab Davlat ta‘lim 
standartlari qanday bajarilayotganligini nazorat qilinadi va vazifalar belgilanadi. 
2. Bilimlarni nazorat qilish va baholash natijasida o‘quvchi, talabalarda 
bilimlar yanada kengayadi. Bu bilan o‘quv yurtlari oldida turgan ta‘limiy maqsad 
bajariladi. 
3. Ta‘lim sohasidagi yaxshi natijalar yoshlar tarbiyasiga ham ta‘sir 
ko‘rsatadi. Ularda ko‘tarinki rux, o‘z kuchiga bo‘lgan ishonch va qiziqishlar paydo 
bo‘ladi. Shuning uchun ham o‘zlashtirishni nazorat qilish ta‘lim tizimining 
ajralmas qismidir. Nazorat jarayonida uning yozma, og‘zaki va amaliy 
metodlaridan keng foydalanilmoqda. O‘qituvchi o‘quvchini faollashtiradigan, o‘zi 
va o‘rganuvchi uchun qulay bo‘lgan yo‘llarni, metod, o‘qitish shakllari va 
vositalarini takomillashtirib boradi. Shu boisdan ham, «pedagogik texnologiya», 
«didaktik texnologiya», «ta‘lim texnologiyasi» atamalari qatoridan «pedagogik 
innovatsiyalar» atamasi mustahkam o‘rin olmoqda.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin