11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/220
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205428
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   220
11-Mavzu Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari

Darslik. 
Darslik o‘quv jarayonining asosi. Darslik o‘quvchining uydagi muallimi, har 
bir fanning mazmuni, maqsadi, vazifasi darslikda yoritiladi, darslik, ya‘ni fan 
obyektiv borliq o‘rtasidagi muhim qonuniyatli bog‘lanishlarini aks ettiradi
darslikdagi bilimlar tizimi o‘zaro ichki, mantiqiy bog‘lanishlarga ega bo‘lib, ular 
didaktika talabiga muvofiq ravishda bayon qilingan.Darslik quyidagi talablarga 
amal qilgan holda yaratiladi: 
1. Har bir o‘quv fani uchun yaratiladigan darslikda ilmiy bilimlar tizimi va 
uning hajmi dastur talablariga sinf o‘quvchilarining yosh hususiyatlariga mos 
kelishi kerak. 
2. Darslikda bayon qilingan ilmiy bilimlarning nazariy asoslari, g‘oyaviy 
yo‘nalishlari tizimli va izchil bo‘lishi talab qilinadi. Ular hayotdan olingan,
ishonarli bo‘lishi lozim. Keltirilgan fakt va dalillarning ishonchli bo‘lishi, ular 
to‘g‘ri taxlil, aniq ta‘rif etilishi tegishli xulosalar chiqarilishi lozim. Shu holdagina 
o‘quvchilardagi ilmiy dunyoqarash, eng yaxshi insoniy fazilatlar tarkib toptiriladi. 
3. Nazariy bilimlar ishlab chiqarish amaliyoti bilan bog‘langan 
bo‘lishi kerak.
4. Darslikda mavzu sodda, ravon tilda yozilishi, hamda tegishli qoida va 
ta‘riflari berilishi kerak. Darslik ichidagi va muqovasidagi chizilgan rasmlar va 
bezatilishi o‘quvchining yoshiga mos, fanning harakteriga monand bo‘lmog‘i 
zarur. 
5. Mavzulardagi fikrlar aniq va qisqa bo‘lishi, ilmiylikka asoslanishi kerak. 
Mamlakatimizda pedagogika ilmi ham, amaliyoti ham yangilanib bormoqda. 
Ma‘lumki, har qanday millatning yangilanishi yoshlar tarbiyasidan boshlanadi.
Pedagogika o‘quvchilarning ruhiy, jismoniy, genetik va mintaqaviy o‘ziga 
xosliklarini to‘liq hisobga olgandagina yuqori samaradorlikka erishishi mumkin. 
Hozirgi davrda yaratilayotgan darsliklarning asosiy kamchiligi millatimiz 
bolalarining psixologik o‘ziga xosliklarini, fikrlash tarzini to‘liq hisobga olishga 
erisha olinmayotganida, deb bilamiz. Bizning mutaxassislarimiz didaktik vositalar 
orqali o‘quvchilarga hamma gapni aytib berishga odatlanib qolishgan. Holbuki, 
o‘quvchini o‘qitish kerak emas, uni o‘zini o‘qiydigan holatga olib kelish lozim. 
Toki bolaning o‘zi izlanmas ekan, ta‘limda yutuqa erishish mumkin emas. Demak, 
yaratilayotgan didaktik vositalar jumboqli harakterga ega bo‘lishi, o‘quvchilarni 
o‘ylanishga, izlanishga, sinab ko‘rishga da‘vat qiladigan tarzda tuzilishi lozim. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin