11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari


Ta‘lim jarayoni tizimini demokratlashtirish va insonparvarlik qoidasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/220
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205428
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   220
11-Mavzu Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari

Ta‘lim jarayoni tizimini demokratlashtirish va insonparvarlik qoidasi. 
Buning mohiyati, shundaki, bizdagi barcha xalq ta‘limi tizimiga kiruvchi 
muassasalarda berilayotgan ta‘lim va tarbiya insonlarni ularning moddiy va 
ma‘naviy kamolotini, aql zakovatining o‘sishini va nihoyat, o‘zligini bilim va haq 
huquqlari uchun kurashadigan chin vatanparvar bo‘lib еtishishlarining maqsad 
qilib qo‘yadi.
Ta‘lim jarayonida har qaysi o‘quvchiga xos xususiyatlarni hisobga olish 
qoidasi. 
Har bir o‘quvchim o‘ziga xos jismoniy axloqiy, ruhiy va boshqa 
xususiyatlarga egaki, bu uning o‘quv faoliyatiga katta ta‘sir etadi.
Shu jihatdan ta‘lim jarayonida umumsinf o‘quvchilarini hamda shu sinfdagi 
har qaysi o‘quvchining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ish ko‘rish 
muhim didaktik ahamiyatga ega.
Uzluksiz ta‘lim kadrlarni tayyorlash tizimining asosi va kadrlar tayoyrlash 
milliy modeliniig tarkibiy qismlaridan biri deb, ta‘kidlanadi kadrlar tayyorlash 
milliy dasturida. Uzluksiz talim tizimi o‘quv-tarbiya jarayonining hamma 
bosqichlarini qamrab oladi hamda har tomonlama еtuk barkamol avlodni еtishtirish 
uchun shart-sharoitlar yaratadi. Shu sababli mamlakatimizda kadrlar tayyorlash 
milliy dasturi asosida uzluksiz ta‘limni tashkil qilish va rivojlantirishniig asosiy 
tamoyillari (prinstiplari) belgilanadi. Bular ta‘limning ustuvorligi, ta‘limning 
demokratlashuvi, ta‘limning insonparvarlashuvi, ta‘limning ijtimoiylashuvi, 


ta‘limning milliy yo‘nalganligi, ta‘lim va tarbiyaniig uzviy bog‘liqligi, iqtidorli 
yoshlarni aniqlash, yuqori darajada bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish 
kabilar. Jamiyat talab qilayotgan uzluksiz ta‘limga tegishli bu qonun-qoidalar 
o‘qitish, bilim berish, ya‘ni ta‘lim jarayoniga ham samarali tasir ko‘rsatadi. 
Pedagogikada ta‘limning ilmiy-nazariy, uslubiy asoslari alohida, ya‘ni didaktika 
qismida o‘rganiladi. Bu jarayonda ta‘lim prinstiplariga ham alohida to‘xtaladi. 
Ta‘lim (O‘qitish) jarayoni murakkab hamda ko‘p qirralidir. Unda o‘qituvchi 
va o‘quvchilar faol ishtirok etadilar. Bu jarayonning muvaffaqqiyatli va samarali 
natijasi ta‘lim jarayonining qonun-qoidalari, yani talimga qo‘yilgan didaktik 
talablarga qay darajada amal qilishlariga bog‘liq. 
O‘qitish bilish faoliyatining ajralmas qismi sifatida, insonning tevarak-
atrofdagi dunyoni bilishning umumiy qonunlari asosida sodir bo‘ladi. Shu sababli 
shaxsni o‘qitish, tarbiyalash, barkamol avlod bo‘lib еtishtirish jarayonida bir 
butunlikda amalga oshirish zarur. O‘qituvchi qachonki ta‘lim tamoyillaridan 
xabardor bo‘lgandagina uni samarali boshqarish, o‘qitishning samarali usullarini 
to‘g‘ri tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuning uchun ham o‘qitish tamoyillari 
ta‘lim jarayonining eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to‘g‘ri hal 
qilishning asosiy negizi hisoblanadi. 
Ta‘lim tamoyillari o‘quv yurtlari oldida turgan ulkan vazifalar asosida 
belgilanadi. Ular o‘zaro bir-biri bilan mustahkam bog‘liq holda bir sistemani 
tashkil etadi, har bir darsda didaktik tamoyillarning bir nechasi ishtirok etishi 
mumkin. Ular ta‘lim oldida turgan asosiy maqsadlarni hal etishga o‘z hissasini 
qo‘shadi. Talim tizimi isloq qilinayotgan hozirgi jarayonda o‘quvchi-talabalarga 
mustahkam bilim berish, ularni erkin, mustaqil fikrlay oladigan insonlar qilib 
tarbiyalashda, ta‘lim tamoyillarining mohiyatini chuqur anglash va hayotga tadbiq 
etish muhim muammolardan biridir. 
O‘quv yurtdarida beriladigan bilim ilmiy xarakterga ega bo‘lishi fan-
texnikaning so‘nggi yutuq va kashfiyotlarini o‘zida ifoda etishi lozim. Shunday 
ekan, o‘qituvchi ilm-fandagi yangiliklardan xabardor bo‘lishi lozim, o‘quv fanlari 
ham ilm-fan asosida yaratiladi. O‘qitishniig ilmiylik tamoyillari ta‘lim jarayonida 
o‘quvchi-talabalarni hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti darajasidagi ilmiy 
bilimlar bilan quroldantirish, ayniqsa talaba yoshlarni ilmiy-tadqiqot usullari bilan 
tanishtirib borishga qaratilgan. 
Ilmiylik ta‘limning mazmuniga ham, usullariga ham aloqadordir. Shunday 
ekan, bilim, ilm-fan bilan o‘quv predmeti o‘rtasida hamkorlik o‘zaro bog‘liqlik 
bo‘lishiga erishish lozim. 
Ta‘limning hamma bosqichlarida ilmiy izohlardan foydalanmoq lozim. 
Nazariy bilimlarning amaliyot bilan, turmush tajribalari bilan bog‘lab olib 
borish ta‘limning еtakchi qoidalaridan hisoblanadi. Ta‘lim-tarbiya sohasidagi 
yutuqlar, eng avvalo nazariya bilan amaliyotning o‘zaro bog‘liqligiga asoslanadi. 
Shundagina o‘quvchi-talaba o‘rganayotgan o‘quv materiallarining tub mohiyatini 
tushunib еtadi va amaliyotda ulardan foydalana oladi. Buning uchun o‘qituvchi 
ta‘lim jarayonida o‘quvchilarning faol ishtirok etishlariga erishmoq lozim. Faol 
ishtirok esa bilimlarni ongli, tushunib o‘zlashtirishga olib keladi. 


Ta‘limdagi onglilik va faollik, o‘quvchidagi ko‘tarinki kayfiyat, ko‘proq 
bilishga intilish, mustaqil fikrlash va xulosalar chiqarishga undaydi. Bilimlarni 
ongli va faol o‘zlashtirish o‘qitish jarayonining psixologik tomonlarida o‘z 
ifodasini topadi. 
O‘qitishda nazariy bilimlar qanchalik haytiy bayon etilsa, o‘quvchi 
talabaning fikr yuritishi ham shunchalik aniq va ravshan bo‘ladi va o‘quv 
materiallarini ongli o‘zlashtirish darajasi ham ortadi. Ta‘lim tizimi isloh 
qilinayotgan hozirgi jarayonda yoshlarning mustaqil fikr yuritishi, mustaqil suratda 
bilim olishga intilishi talab qilinadi. Buning natikasida bilimlarni o‘zlashtirish 
jarayoni ijodiy tus oladi. Bunday sharoitda o‘quvchi o‘quvchining mashg‘ulotlarga 
munosabat va bu jarayonda o‘zini qanday tutishta e‘tibor bermog‘i lozim. 
Yoshlardagi o‘qish istagi ta‘lim jarayonining zaruriy va mantiqiy qismidir. 
Shunlay ekan, ta‘limning samaradorli o‘qituvchining o‘quvchilarni o‘qishga izchil 
va muntazam qiziqtirib borishiga bog‘liqdir. Buning uchun o‘qituvchi, ularni 
o‘qishga stjodiy munosabatda bo‘lishga, mustaqillikka, ishchaklikka odatlantirishi 
lozim. 
Ta‘lim jarayoni, uning mazmuni, unda ko‘tarilgan hayotiy masalalar yoshlar 
tarbiyasiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Shu sababli ta‘lim, shaxs shakllanishining 
asosiy manbaidir. 
O‘qitib, tarbiya berish deganda bizda ta‘lim va tarbiyaning bir-biridan 
ajralmasligini tushunamiz. Shunday ekan, maktab obro‘si, o‘qituvchi obro‘si, 
avvalo darsda shakklanadi. Til va adabiyot darsimi, matematika darsimi har doim 
ularniig tarbiyaviy imkoniyatlarini ko‘ra bilish, tarbiya usullaridan foydalanish 
lozim. 
O‘quvchi-talaba ilmiy bilimlarni o‘zlashtirar ekan, uning dunyoqarashi ham, 
irodasi va axloqiy sifatlari, imon–e‘tiqodi va qobiliyati ham o‘sib rivojlanib boradi. 
Ta‘limning tarbiyaviy imkoniyatlarkdan foydalanishda o‘qituvchi avvalo 
ta‘limni uslubiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etishga, o‘quv materiallarining mazmuni 
bilan bog‘liq tarbiyaviy masalalarni aniq belgilashga va bilim olishga qiziqtira 
olishga bog‘liqdir. Shu bilan birga, o‘qituvchining o‘quvchilar oldidagi obro‘-
e‘tibori ham muhim tarbiyaviy ahamiyatga egadir. 
O‘qitish jarayonini ko‘rgazmali tashkil etish zarur. Ham eshitish, ham 
ko‘rsatish orqali o‘quv materiallarini idrok qilish, ularni ongli va puxta 
o‘zlashtirish, bilimlarni turmushdagi zaruriyatini anglab еtishlariga asos soladi, 
diqqitni barqarorlashtiradi. Shuniig uchun ko‘rgazmali materiallar o‘rganilayotgan 
mavzuniig mazmuniga mos kelish, O‘quvchi-talabaning yoshi va bilim darajasiga 
muvofiqlashgan bilishi, hamda ulardan foydalanishning samarali yo‘l va 
vositalarini qo‘llash va ishlab chiqish lozim. Ko‘rsatmali materiallar o‘quv 
predmetlarinkng xarakteri va mazmuniga qarab turli-tuman bo‘lishi mumkin. 
Jumladan: 
a) buyum va narsalarni asli tabiiy holda ko‘rsatish (o‘simliklar, hayvonlar, gerbariy 
va kollekstiyalar, laboratoriya mashg‘ulotlariga namoyishlar, ekskursiyalar 
chog‘ida ko‘rsatiladigan buyum, narsalar). 
b) tasviriy ko‘rsatmali materiallarni namoyish qilish (rasmlar, fotosuratlar, 
diafilmlar va diapozitivkar, kinofidmlar va boshqalar). 


v) narsa va buyumlarni shartli belgilar orqali ko‘rsatish (O‘quv xaritadari, sxema, 
jadval va maketlar). 
g) ovozli ko‘rsatmali materiallar (gramplastikka, magnitofondagi yozuvlar, ovozli 
kino filmlar). 
Bilimlar turli hil vositalari orqali puxta o‘zlashtirilgandagina, u mustahkam 
esla qoladi, bu esa o‘quv materiallarni ongli o‘zlashtirishga, nazariya bilan 
amaliyotni bog‘lashga, ko‘rsatmalilikka amal qilishga va bilimlarni takrorlash 
orqali mustakamlashga bog‘liqdir. Ta‘limning bosh maqsadi esa bilimlarni 
sistemali va puxta o‘zlashtirishdir 
Ta‘lim jarayonidagi muvaffaqiyatlarga faqat bilim berishda o‘quchi-
talabaning o‘ziga xos shaxsiy xususiyatdarini hisobga olganda erishish mumkin. 
Shuning uchun o‘qituvchida bolalar psixologiyasidan tegishli bilimlar еtarli 
bo‘lishi lozim. Dars jarayonida shu sinf o‘quvchilariga tegishli umumiy 
xususiyatlarni va har qaysi o‘quvchiga tegishli xususiyatlar ta‘limning har bir 
bosqichida e‘tiborga olinishi darkor. Bunga erishish uchun o‘qituvchi 
o‘quvchilarni kuzatishi va ularning ruhiy olamini o‘rganishi lozim. Faqat 
shundagina o‘quvchidagi kamchiliklarning kelib chiqish sabablari aniqlanadi va 
ularni bartaraf qilish uchun izlanishlar olib boriladi. 



Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin