kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar
bilan ta‘minlash, pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko‗tarish;
kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy
taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va
texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish;
ta‘lim oluvchilarni ma‘naviy-axloqiy tarbiyalashning va ma‘rifiy ishlarning
samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;
ta‘lim va kadrlar tayyorlash, ta‘lim muassasalarini attestatsiyadan o‗tkazish
va akkreditatsiya qilish sifatiga baho berishning xolis tizimini joriy qilish;
yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta‘limning talab qilinadigan darajasi va
sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amalda faoliyat ko‗rsatishi va barqaror
rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini ta‘minlovchi normativ, moddiy-texnika
va axborot bazasini yaratish;
ta‘lim, fan va ishlab chiqarish samarali integratsiyalashuvini ta‘minlash,
tayyorlanayotgan kadrlarning miqdori va sifatiga nisbatan davlatning talablarini,
shuningdek nodavlat tuzilmalari, korxonalar va tashkilotlarning buyurtmalarini
shakllantirishning mexanizmlarini ishlab chiqish;
uzluksiz ta‘lim va kadrlar tayyorlash tizimiga byudjetdan tashqari
mablag‗lar, shu jumladan chet el investitsiyalari jalb etishning real mexanizmlarini
ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
kadrlar tayyorlash sohasida o‗zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni
rivojlantirish.
Dostları ilə paylaş: