milliy pedagogik qadriyatlarga asoslangan va jahondagi ilg‗or tajribani
inobatga oluvchi dasturlar va uslubiy materiallar ishlab chiqish;
o‗quvchilarning bo‗sh
vaqtini tashkil etishning, shu jumladan ommaviy
sport va jismoniy tarbiya-sog‗lomlashtirish tadbirlarining, bolalar turizmining, xalq
hunarmandchiligining mavjud turlari va shakllarini takomillashtirish, milliy turlari
va shakllarini tiklash hamda amaliyotga joriy etish.
KADRLAR TAYYORLASH TIZIMIDA FAN
Kadrlar tayyorlash milliy modeli salmoqli element sifatida fanni o‗z ichiga
oladi, bu sohada:
tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari to‗g‗risidagi yangi fundamental
va amaliy bilimlar shakllanadi, kadrlar tayyorlash
tizimida ommalashtirish,
o‗rganish va foydalanish uchun kerakli ilmiy natijalar jamlanadi;
oliy malakali ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlash amalga oshiriladi;
kadrlar
tayyorlash
jarayonini
ilmiy-tadqiqot
jihatidan ta‘minlash
infrastrukturasi vujudga keltiriladi, ta‘limning axborot
tarmoqlarida foydalanish
maqsadida bilimning turli sohalari bo‗yicha axborot bazasi shakllantiriladi;
mamlakatimiz ilm-fanining jahon ilm-faniga integratsiyasi sodir bo‗ladi,
zamonaviy ilm-fan va texnologiyalarning eng muhim muammolarini hal etish
uchun ilmiy yutuqlar va kadrlarni xalqaro miqyosda almashinuv amalga oshiriladi.
Kadrlar tayyorlash tizimiga ilm-fanning uzviy ravishda kirib borishi uchun
quyidagilar zarur:
ilg‗or pedagogik texnologiyalarni yaratish va o‗zlashtirish yuzasidan
maqsadli innovatsiya loyihalarini shakllantirish va amalga oshirish yo‗li bilan ilm-
fanning ta‘lim amaliyoti bilan aloqasini ta‘minlash chora-tadbilarini ishlab chiqish;
ilg‗or axborot va pedagogik texnologiyalarni joriy etish uchun
eksperimental maydonchalar barpo etish orqali ilmiy tadqiqotlar natijalarini o‗quv-
tarbiya jarayoniga o‗z vaqtida joriy etish mexanizmini ro‗yobga
chiqarish;
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini samarali tarzda bajarishni ta‘minlash
yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, yoshlarning ilmiy
ijodiyotini har tomonlama qo‗llab-quvvatlash;
ta‘lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlar darajasini
baholashga zamonaviy yondashuvni ro‗yobga chiqarish,
ilmiy tadqiqotlar va
texnologik ishlanmalar natijalari tijoratlashuvi asosida olimlarning obro‗ e‘tibori
va ijtimoiy maqomini oshirish;
mamlakat ilm-fanining xalqaro ilmiy hamjamiyatga integratsiyasini
faollashtirish, ta‘lim sohasi va kadrlar tayyorlashni takomillashtirish maqsadida
ilmiy yutuqlar va olimlar bilan o‗zaro almashinuv jarayonini kuchaytirish;
fan va texnologiyalar sohasidagi faoliyatni ma‘naviy
va moddiy
rag‗batlantirish tizimini ishlab chiqish, talabalar va yosh olimlarning ilmiy
yutuqlari uchun maxsus mukofotlar va sovrinlar ta‘sis etish, maxsus stipendiyalar
sonini ko‗paytirish, yoshlar ilmiy-texnika ijodiyotining doimiy ishlaydigan
ko‗rgazma va ekspozitsiyalarini tashkil etish.
Dostları ilə paylaş: