11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/220
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205428
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   220
11-Mavzu Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari

MAKTABGACHA TA‘LIM 
Maktabgacha ta‘lim bola sog‗lom, har tomonlama kamol topib 
shakllanishini ta‘minlaydi, unda o‗qishga intilish hissini uyg‗otadi, uni muntazam 
ta‘lim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta‘lim bola olti-yetti yoshga еtgunicha 
davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarida hamda oilalarda 
amalga oshiriladi. Maktabgacha ta‘lim maqsadi va vazifalarini ro‗yobga 
chiqarishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol 
ishtirok etadi. 
Maktabgacha tarbiyani rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish 
lozim bo‗ladi: 
malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni ustuvor ravishda tayyorlash; 
maktabgacha ta‘limning samarali psixologik-pedagogik uslublarini izlash 
va joriy etish; 
bolalarni oilada tarbiyalashni tashkiliy, psixologik, pedagogik va uslubiy 
jihatdan ta‘minlash; 
zamonaviy o‗quv-uslubiy qo‗llanmalar, texnik vositalar, o‗yinchoqlar va 
o‗yinlar yaratish hamda ularni ishlab chiqarish; 
maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy madaniy-tarixiy merosi va 
umumbashariy qadriyatlar asosida ma‘naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun 
shart-sharoitlar yaratish; 
maktabgacha muassasalarning har xil turlari uchun turli variantlardagi 
dasturlarni tanlab olish, maktabgacha tarbiyaning barcha massalalari bo‗yicha 
malakali konsultatsiya xizmati ko‗rsatish imkoniyatini yaratish; 
maktabgacha tarbiya va sog‗lomlashtirish muassasalari tarmog‗ini qo‗llab-
quvvatlash va rivojlantirish mexanizmini ishlab chiqish. 
UMUMIY O‗RTA TA‘LIM 
To‗qqiz yillik (I-IX sinflar) o‗qishdan iborat umumiy o‗rta ta‘lim 
majburiydir. Ta‘limning bu turi boshlang‗ich ta‘limni (I-IV sinflar) qamrab oladi 
hamda o‗quvchilarning fanlar asoslari bo‗yicha muntazam bilim olishlarini, ularda 


bilim o‗zlashtirish ehtiyojini, asosiy o‗quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni, 
milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma‘naviy-axloqiy fazilatlarni, 
mehnat ko‗nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatda 
bo‗lishni va kasb tanlashni shakllantiradi. Umumiy o‗rta ta‘lim tugallanganidan 
keyin ta‘lim fanlari va ular bo‗yicha olingan baholar ko‗rsatilgan holda davlat 
tomonidan tasdiqlangan namunadagi attestat beriladi. 
Umumiy o‗rta ta‘limning yangicha tizimi va mazmunini shakllantirish 
uchun quyidagilar zarur: 
maktabning I-IX sinflari doirasida sifatli umumiy o‗rta ta‘lim olishni 
ta‘minlovchi davlat ta‘lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, bunda 
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlaridan keyin olinadigan ta‘lim dasturlari 
bilan mantiqiy bog‗liqlik hisobga olinishi lozim; 
yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlash; 
hududlarning jug‗rofiy va demografik xususiyatlariga, shaxs, jamiyat va 
davlatning ehtiyojlariga muvofiq ravishda ta‘lim muassasalari tarmoqlarini 
rivojlantirish; 
o‗quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga muvofiq ravishda ta‘limga 
tabaqalashtirilgan yondashuvini joriy etish; 
ta‘lim berishning ilg‗or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o‗quv-
uslubiy majmualarni yaratish va o‗quv-tarbiya jarayonini didaktik jihatdan 
ta‘minlash; 
o‗quvchilar kasb-hunar tanlaydigan va psixologik-pedagogik jihatdan 
maslahatlar oladigan markazlar tarmoqlarini tashkil etish. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin