11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari


OLIY O‗QUV YURTIDAN KEYINGI TA‘LIM



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/220
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205428
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   220
11-Mavzu Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari

OLIY O‗QUV YURTIDAN KEYINGI TA‘LIM 
Oliy o‗quv yurtidan keyingi ta‘lim jamiyatning oliy malakali ilmiy va 
ilmiy-pedagog kadrlarga bo‗lgan ehtiyojlarini qondirishga, shaxsning ijodiy ta‘lim-
kasb-hunar manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilgan. 
Oliy o‗quv yurtidan keyingi ta‘limni oliy o‗quv yurtlarida va ilmiy-tadqiqot 
muassasalarida (aspirantura, ad‘yunktura, doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik) 
olish mumkin. Oliy o‗quv yurtidan keyingi ta‘lim bosqichlari (aspirantura, 
doktorantura) dissertatsiya himoyasi bilan yakunlanadi. 
Yakuniy davlat attestatsyasi natijalariga ko‗ra tegishli ravishda fan 
nomzodi va fan doktori ilmiy darajasi berilib, davlat tomonidan tasdiqlangan 
namunadagi diplomlar topshiriladi. 
Oliy o‗quv yurtidan keyingi ta‘limni qo‗llab-quvvatlash va rivojlantirish 
tadbirlari quyidagilarni o‗z ichiga oladi: 
«Ta‘lim to‗g‗risida»gi Қонунга hamda mamlakatni ijtimoiy va iqtisodiy 
rivojlantirish istiqbollariga muvofiq oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni 
tayyorlash va attestatsiyadan o‗tkazish tizimini takomillashtirish; 
kasb ta‘limi tizimi uchun oliy malakali ilmiy-pedagog kadrlarni hamda 
ilg‗or pedagogik texnologiyalar sohasida ilmiy kadrlarni ustuvor ravishda 
tayyorlash; 


rivojlangan mamlakatlarning ilg‗or ta‘lim muassasalari va ilmiy 
markazlarida ustuvor yo‗nalishlar bo‗yicha oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog 
kadrlar tayyorlanishi uchun sharoitlar yaratib berish
fan, texnologiya va ta‘lim sohasida rivojlangan mamlakatlar bilan xalqaro 
hamkorlikni chuqurlashtirish. 
KADRLAR MALAKASINI OSHIRISH VA ULARNI QAYTA 
TAYYORLASH 
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash mutaxassislarning 
kasb bilimlari va ko‗nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirishga qaratilgan. 
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta‘lim muassasalaridagi 
o‗qish natijalariga ko‗ra davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi guvohnoma 
yoki sertifikat topshiriladi. 
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini tashkil etish 
va rivojlantirish uchun quyidagilar zarur: 
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimi faoliyatida 
yangicha tarkib, mazmun hamda bu tizimni boshqarishni shakllantirish; 
yuqori malakali o‗qituvchi-mutaxassis kadrlar tayyorlash va sohani ular 
bilan to‗ldirib borishni ta‘minlash; 
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimining bu sohada 
raqobatga asoslangan muhitni shakllantirishni va samarali faoliyat olib borishni 
ta‘minlovchi normativ bazasini yaratish; 
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta‘lim muassasalarini 
davlat attestatsiyasi va akkreditatsiyasidan o‗tkazish tizimini ishlab chiqish va 
amaliyotga joriy etish; 
iqtisodiyotning davlat va nodavlat sektorlari, mulkchilikning turli 
shaklidagi tashkilot va muassasalarning talab-ehtiyojlariga muvofiq kadrlar va 
mutaxassislarni ildam qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni 
ta‘minlovchi davlat va nodavlat ta‘lim muassasalarini tashkil etish va 
rivojlantirishga ko‗maklashish; 
professional treningning ilg‗or texnologiya va uskunalarini, shuningdek 
murakkab, fan yutuqlarini talab qiluvchi texnologiya jarayonlari imitatorlarini 
ishlab chiqish, yaratish va amaliy o‗zlashtirib olish. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin