11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari


O‗RTA-MAXSUS, KASB-XUNAR TA‘LIMI



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/220
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205428
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   220
11-Mavzu Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari

O‗RTA-MAXSUS, KASB-XUNAR TA‘LIMI 
Umumiy o‗rta ta‘lim negizida o‗qish muddati uch yil bo‗lgan majburiy 
o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi uzluksiz ta‘lim tizimidagi mustaqil turdir. O‗rta 
maxsus, kasb-hunar ta‘limi yo‗nalishi akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji 
o‗quvchilar tomonidan ixtiyoriy tanlanadi. 
Akademik litsey davlat ta‘lim standartlariga muvofiq o‗rta maxsus ta‘lim 
beradi, o‗quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda 
ularning jadal intellektual rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, 
kasbga yo‗naltirilgan ta‘lim olishini ta‘minlaydi. 
Akademik litseylarda o‗quvchilar o‗zlari tanlab olgan ta‘lim yo‗nalishi 
bo‗yicha (gumanitar, texnika, agrar va boshqa sohalar) bilim saviyalarini oshirish 
hamda fanni chuqur o‗rganishga qaratilgan maxsus kasb-hunar ko‗nikmalarini 
o‗zlarida shakllantirish imkoniyatiga ega bo‗ladilar. Bu ko‗nikmalarni o‗qishni 
muayyan oliy ta‘lim muassasalarida davom ettirish yoki mehnat faoliyatida 
ro‗yobga chiqarishlari mumkin. 
Kasb-xunar kolleji tegishli davlat ta‘lim standartlari doirasida o‗rta maxsus, 
kasb-hunar ta‘limi beradi; o‗quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va 
ko‗nikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlab olingan kasb-hunar bo‗yicha bir yoki 
bir necha ixtisosni egallash imkonini beradi. 
Kasb-hunar kollejlari jihozlanganlik darajasi, pedagogik tarkibning 
tanlanganligi, o‗quv jarayonining tashkil etilishi jihatidan yangi tipdagi ta‘lim 


muassasalari hisoblanadi. Ular bir yoki bir necha zamonaviy kasb-hunarni egallash 
hamda tegishli o‗quv fanlaridan chuqur nazariy bilim olish imkonini beradi. 
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida ta‘lim olish o‗quvchilarga 
o‗z bilimlarini chuqurlashtirish va tanlagan ixtisosliklariga ega bo‗lishni 
ta‘minlaydi. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga davlat 
tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar beriladi. Bu diplomlar ta‘limning 
keyingi bosqichlarida o‗qishni davom ettirish yoki egallangan ixtisos va kasb-
hunar bo‗yicha mehnat faoliyati bilan shug‗ullanish huquqini beradi. 
O‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limini tashkil etish va rivojlantirish uchun 
quyidagilar zarur: 
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari faoliyat ko‗rsatishining 
normativ bazalarini ishlab chiqish va joriy etish; 
soha uchun oliy ta‘lim muassasalarining, ishlab chiqarish, fan va madaniyat 
sohasining mutaxassislarini jalb etgan holda yuqori malakali mutaxassislarni 
tayyorlash va qayta tayyorlashni, shu jumladan chet ellarda tayyorlash va qayta 
tayyorlashni tashkil etish; 
o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi davlat standartlarini ishlab chiqish va joriy 
etish; 
o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi o‗quv muassasalari uchun ta‘lim va kasb-
hunar dasturlari, o‗quv-uslubiy majmualar ishlab chiqish; 
akademik litseylarning o‗quvchilari mehnat faoliyati ko‗nikmalarini 
egallashlari uchun ixtisoslashtirilgan dasturlar ishlab chiqish va joriy etish; 
kasb-hunar kollejlarida tayyorlanadigan mutaxassislarga nisbatan ixtisos va 
kasb-hunar, malaka talablarining ro‗yxatini ishlab chiqish; 
hududlarning jug‗rofiy va demografik shart-sharoitlarini va tegishli 
sohadagi mutaxassislarga bo‗lgan mahalliy ehtiyojlarni hisobga olgan holda o‗rta 
maxsus, kasb-hunar ta‘limi tizimi ta‘lim muassasalarining tashkil etilishini va ular 
oqilona joylashtirilishini ta‘minlash, ularga o‗quvchilarni imkon qadar oilasidan 
ajratmagan holda qamrab olish; 
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika va axborot 
bazalarini mustahkamlash. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin