11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/220
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205428
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   220
11-Mavzu Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


4-MAVZU: SHAXSNING RIVOJLANISHI TARBIYASI VA 
IJTIMOIYLASHUVI. 
Reja: 
1. Individ va shaxs haqida tushuncha.
2. Shaxsni kamol toptirishda tarbiya va faoliyatning o‘zaro bog‘liqligi. 
3. Shaxs rivojlanishining yosh davrlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari. 
4. Barkamol shaxs tarbiyasining ma‘naviy-ma‘rifiy asoslari.
Mavzu uchun tayanch so‘zlar 
Rivojlanish va tarbiya, shaxs shakllanishi, irsiyat, muhit, jismoniy 
rivojlanish, qobiliyat va iste‘dod. 
Adabiyot: 
1. Islom Karimov. «Barkamol avlod-O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori». T. 
Sharq, 1997. 
2. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T. «O‘zbekiston», 2000 
yil. 
3. Z.Mirtursunov. «Xalq pedagogikasi». T.1994 yil. 
4. A.Q. Munavvarov. «Pedagogika». «O‘qituvchi» nashriyoti. T. 1996 y. 
1.
Pedagogikada rivojlanish va tarbiyaning o‘zaro bog‘liqligi muhim muammolardan 
bo‘lib, u ko‘p munozaralarga sabab bo‘ladi. Shaxsning rivojlanishi qiyin, 
murakkab jarayon, u ko‘plab ichki va tashqi ta‘sirlar va omillar orqali ro‘yobga 
chiqadi. 
Inson hayot ekan, butun umri davomida o‘sib, rivojlanib, o‘zgarib boradi. 
Bolalik, o‘smirlik va o‘spirinlik yillarida kamol topishi yaqqol ko‘zga tashlanadi. 
Rivojlanish deganda biz shaxsning ham jismoniy, ham aqliy va ma‘naviy 
kamol topish jarayonini tushunamiz. Pedagogika va psixologiya fanlari 
rivojlanishni biologik va sotsial hususiyatlari o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lgan 
bir butun narsa deb hisoblaydi. Odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishi har 
tomonlama kamol topishining samarali bo‘lishiga erishish maqsadida pedagogika 
fani rivojlanishning qonuniyatlarini, unga ta‘sir etuvchi omillarni shuningdek
shaxs kamolotida ta‘lim va tarbiya hamda faoliyatning ta‘siri, ahamiyatini 
aniqlaydi va tahlil qiladi. Ma‘lumki, odam shaxs sifatida dunyoga kelmaydi, balki 
uning shakllanishi avvalo hayot sharoitlariga bog‘liqdir. Shaxs hayot davomida 
murakkab rivojlanish jarayonini boshdan kechiradi, natijada shaxsga aylanadi. Shu 
sababli shaxsni ma‘lum ijtimoiy tuzumning mahsuli deb tushunishimiz lozim. 
Har bir jamiyatda shaxsning shakllanishi, kamol topishi muammolariga 
to‘g‘ri yondoshish uchun shaxsning tabiatini, tuzilishini, uning xulq-atvorini va 
unga ta‘sir etadigan sabab va vositalarni bilish zarur. 
Shaxsning rivojlanish jarayoni bir qancha omillar ta‘sirida sodir bo‘ladi. 
Bular irsiyat, ya‘ni biologik omil hamda muhit, ta‘lim va tarbiya, shaxs faoliyati 


(ijtimoiy omil) shaxsni shakllantirishning asosiy omillari deb tushuniladi. 
Ma‘lumki, shaxs, inson tirik organizmdir, shu sababli uning hayoti biologiyaning 
umumiy qonunlariga, yoshlar anatomiyasi va fiziologiyasining maxsus qonunlariga 
bo‘ysunadi. 
Shaxsning, ayniqsa, bolaning jismoniy rivojlanishi, sog‘lig‘pi biologik 
omilga bog‘liqdir. Biologiyaning asosiy tushunchasi bo‘lgan irsiyatning, ya‘ni 
bolaning nasl-nasabining roliga olimlarimiz alohida e‘tibor bermoqdalar. Har bir 
bola insonlarga xos tug‘ma hususiyatlar bilan dunyoga keladi. Shunday ekan, 
odam bolasi tug‘ilgandan so‘ng unda shaxs bo‘lib shakllanish, еtuk inson bo‘lib 
voyaga еtishi imkoniyati mavjud bo‘ladi. Bola o‘zining avlod-ajdodlaridan 
ko‘pincha biologik belgilarni meros sifatida qabul qilib oladi, hatto ayrim 
kasalliklar ham nasldan-naslga o‘tadi. Biologik omillar shaxsning jismoniy 
rivojlanishiga ham ta‘sir ko‘rsatadi. Shunday ekan, sog‘lom ota-onadan sog‘lom 
farzand dunyoga kelishini unutmasligimiz lozim. 
Oilaning sog‘lomligini, ota-onaniig totuvligi, bir-birini tushunishi, qo‘llab-
quvvatlashi o‘zaro izzat-hurmati belgilaydi. 
Shaxs ijtimoiy hayotning mahsuli ekan, u albatta bolani o‘rab olgan muhit 
ta‘sirida rivojlanadi. Shaxsning hayoti davomida muhit unga yo ijobiy, yo salbiy 
ta‘sir ko‘rsatishi, rivojlanish imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi yoki yo‘q qilishi 
mumkin. 
Muhit-bu shaxsga ta‘sir etuvchi tashqi voqyea va hodisalar yig‘indisidir. 
Bular: tabiiy muhit (geografik, ekologik) ijtimoiy muhit (shaxs yashayotgan 
jamiyat) va boshqalar kiradi. Bular orasida ijtimoiy muhitning, ya‘ni shaxs 
yashayotgan jamiyatning inson kamoloti uchun belgilangan imkoniyatlari 
muhimdir. Shaxs rivojlanishiga erishish har bir jamiyatda amalga oshirilayotgan 
tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi. Faqat tarbiya orqali insondagi rivojlanish 
imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish mumkin. Tarbiya jarayonida aniq maqsad va 
reja asosida shaxsga ta‘sir etiladi. Buning natijasida muhitdagi voqyealarning 
to‘g‘ri ijobiy ta‘sirini amalga oshirish imkoni tug‘iladi. Muhit bera olmagan 
narsalar tarbiya orqali hosil qilinadi, hatto tarbiya tufayli shaxsda tug‘ma 
kamchiliklarni ham o‘zgartirib shaxsni kamolga еtkazish mumkin. Bundan tashqari 
tarbiya muhitning salbiy ta‘siri tufayli tarbiyasi izdan chiqqanlarni ham qayta 
tarbiyalaydi. Rivojlanish shaxs faoliyatidan tashqarida bo‘lmaydi. Shu sababli 
odam faoliyati uning rivojlanishi uchun asos bo‘ladi. Pedagogik jihatdan to‘g‘ri 
uyushtirilgan har qanday faoliyat hoh o‘yin, mehnat, o‘qish, sport va boshqalar 
shaxsning rivojlanishiga ta‘sir ko‘rsatadi. Shaxs ulg‘aya borgan sari uning faoliyati 
ham mazmunan, ham shaklan o‘zgarib boradi, turli yosh davrlarida esa faoliyat 
turlari ham o‘zgarib boradi. Shu sababli bola hayotida o‘yin, o‘quvchi hayotida 
o‘qish, kattalar hayotida mehnat faoliyatlari katta ahamiyatga egadir. 
O‘quvchi va talabalarning rivojlanishida o‘quv jarayonlarining ahamiyati va 
ta‘siri beqiyos kattadir. Bilimlarni o‘zlashtirish ularning tafakkurini o‘stiradi, 
ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishning asosiy vositasi bo‘lib qoladi. Bu jarayonda 
ularda ijtimoiy hulq mezonlari shakllanadi. Shaxs qaysi yoshda bo‘lishidan qat‘iy 
nazar, ularning rivojlanishida mehnat faoliyatining ahamiyati kattadir. Ayniqsa, 
mehnat insonning ham jismoniy, ham ma‘naviy kamol topishida muhim manba 


hisoblanadi. Mehnat jarayonida uning ishtirokchilari bir-birlari bilan aloqada 
bo‘ladilar, o‘zlarining nimaga qodir ekanliklarini ko‘rsatishga harakat qiladilar. 
Mehnat orqali shaxsning axloqiy sifatlari tarkib topadi, ularda vatanparvarlik, 
mas‘uliyat, intizomlilik, faollik ortadi. Ular o‘z-o‘zini tarbiyalashga astoydil 
kirishadilar. O‘z-o‘zini tarbiyalashga ota-ona, o‘qituvchining tarbiyaviy ta‘siri 
yanada samarali bo‘ladi. Tarbiya bilan rivojlanishning o‘zaro bir-biriga ta‘siri va 
munosabatlari mavjud, chunki qayerda tarbiya jarayoni muammolari to‘g‘ri hal 
etilsa, u shaxs kamolotiga samarali ta‘sir ko‘rsatadi. Kamol topgan shaxs 
tarbiyaning roli va imkoniyatlariga ishonch bilan qaraydi. 
Tarbiya shaxsning rivojlanishini ta‘minlashi uchun boladagi rivojlanishning 
mohiyatini tushunish, bilish faoliyatining o‘zgarish sabablarini aniqlash zarur. 
Tarbiya haqiqatan rivojlantiruvchi omil bo‘lmog‘i uchun tarbiya jamiyatning 
tarbiya oldiga qo‘ygan talablarini, shaxsning o‘ziga xos hususiyatlarini bilishi 
zarur. Pedagogika fani shaxs rivojlanishida tarbiyaning еtakchiligini e‘tirof etish 
bilan birga ularning o‘zaro bir-biriga ta‘sirini tan oladi. 
Shaxsning rivojlanib kamol topishi, hayotning hamma bosqichlarida bir xil 
bo‘lmay, balki yosh hususiyatlari va hayot tajribalariga qarab har xil bo‘ladi. 
Tarbiya jarayonida o‘sayotgan avlodning yosh va o‘ziga xos hususiyatlarini bilish 
va hisobga olish juda zarur. Ma‘lumki, bir xil yoshdagi bolalarning, 
o‘quvchi-talabalarning har birining o‘ziga xos hususiyatlari mavjud. 
Insonning kamol topish jarayonini faqat irsiyat, ijtimoiy muhit va ta‘lim
tarbiyaga bog‘lab o‘rganish, talqin qilish ham haqiqatga unchalik to‘g‘ri 
kelmaydi. Chunki ijtimoiy taraqiyotda shaxsning o‘zi ham faol ishtirok etadi. 
Aytish mumkinki, ijtimoiy muhit, ta‘lim-tarbiya-shaxsning o‘zi faol ishtirok 
etgandagina uning tug‘ma layoqatini uyg‘otadi, iste‘dod, qobiliyatlarini o‘stira 
oladi. Agar kishi o‘z ishini sevsa, uning shu sohadagi iste‘dodi tezroq va kuchliroq 
ro‘yobga chiqa boshlaydi. Shunday hollar ham uchraydiki, ba‘zan kishi bir soha 
bilan qiziqadiyu, uning qobiliyati boshqa sohada ro‘yobga chiqadi. Bunday 
hodisalar ko‘proq hali kishining qobiliyatlari to‘la ro‘yobga chiqmagan va 
shakllanib bo‘lmagan hollarda yuz berishi mumkin. 
Qobiliyat va iste‘dodning ro‘yobga chiqishida insonning muayyan faoliyatga 
qiziqib qarashi bilan bir qatorda uning o‘z ustida ishlashi ham muhim ahamiyat 
kasb etadi. Iste‘dodli kishilar o‘z iste‘dodlari-iqtidor kuchini to‘la ro‘yobga 
chiqarish uchun o‘z ustilarida tinmay ishlashlari, mehnat qilishlari shart. Masalan, 
mashhur yunon notig‘i-nutq ustasi Demosfenning (yeramizdan oldingi IV asr) 
omma orasidagi dastlabki nutqlari muvafaqiyatsizlikka uchragan, uni hatto 
mashara qilishgan. Demosfen duduq, ovozi xasta, qisqa-qisqa nafas oladigan kishi 
edi. U doimo bir еlkasini uchirib turar edi. Lekin u aktyor Satirning maslahati bilan 
o‘z nutqini takomillashtirishga kirishadi. Demosfen o‘z kamchiliklarini bartaraf 
etish uchun irodalilik va qat‘iyatlilik ko‘rsatadi: u og‘ziga mayda toshlar va sopol 
parchalarini solib so‘zlarni talaffuz qilishni mashq qildi, dengiz bo‘yida to‘lqinlar 
shovqinida nutq so‘zladi, qoyalarga chiqib baland ovoz bilan she‘rlar o‘qidi, oyna 
oldida turib yuz harakatlarini bir maromga keltirdi. Uy shiftiga qilichni osib 
qo‘ydi, u odati bo‘yicha еlkasini har uchirganda qilich sanchilardi. Demosfen 
haftalab uydan chiqmay notiqlikni o‘rgandi. Uydan chiqmaslik uchun sochining 


yarmini qirdirib tashladi. Bunga o‘xshash misollarni ko‘plab keltirish mumkin. 
Masalan, Alisher Navoiy, Ibn Sinolarning qunt bilan kitob mutolaa qilganlari, 
A.V.Suvorov, Amir Temurlarning harbiy san‘atni egallash borasidagi mehnatlari 
fikrimizning dalilidir. 
Hayotda shunday hollar ham uchraydiki, ayrim kishilarda bolalik va 
maktabda o‘qigan yillarida qulay muhit bo‘lishiga qaramay tug‘ma iste‘dod va 
qobiliyat nishonalari ko‘rinmaydi. Biroq, keyinchalik qunt va mustaqil ishlash, 
g‘ayrat va qat‘iyatlilik natijasida ular katta qobiliyat egalari sifatida maydonga 
chiqishadi. 
Mashhur kishilar hayoti shuni ko‘rsatadiki, ularning ijodiy faoliyatlaridagi 
asosiy narsa uzluksiz ishlay bilish, oylab, yillab, o‘n yillab o‘z oldilariga qo‘yilgan 
maqsad uchun intilish, kurashish, unga еtish yo‘llarini hormay izlashdir. 
Har bir inson to‘kis hayotga to‘la imkonlar bilan yaratilgan. Ammo har bir 
kishi o‘ziga xos o‘quv, qobiliyat va imkoniyatlarga ega. Demak, kishi o‘zining 
shaxsiy hayot yo‘lini topa olsa, shu vaqtda uning hayoti jo‘shqin, faoliyati ijodkor, 
mehnati unumli, foydasi mo‘l bo‘ladi. Kishi aslida haqiqiy baxtiyorlikka mehnat 
jarayonida erishadi. Bu vaqtda unga g‘oyibona ruhiy madad beriladi, moddiy-
ma‘naviy yaratuvchanlik, yangi g‘oyaviy fikrlar uni amaliy-ijodiy yo‘llarga 
chorlay boshlaydi. Shuning uchun ota-ona, oila a‘zolari, bog‘cha, maktab, ta‘lim-
tarbiya muassasalari har bir bolani uquvi, qiziqishi, qobiliyatiga asosan kasb 
egallashiga mas‘uldirlar. 
Talabalar-yoshlarga insonlarning nodir va betakrorligini, dunyoviy, diniy 
ilmlarni uyg‘unligini tushuntirib berish zarurdir. Shundagina yoshlar ayrim 
g‘ayridiniy oqimlar aslida noto‘g‘ri ekanligini ongli tushunadilar. Har bir kishi 
azaliy yaxshi taqdir bilan yaratilgan.
Agar kishi o‘z hayot yo‘lini topa olsa, uning ongi mustaqil rivojlanib borib 
ong osti yo‘nalishiga tusha olsa xuddi to‘lqinlarning mos kelishi kabi insonda 
ma‘naviy ruhiy mutanosiblik sodir bo‘lib, u mukammal kamolot yo‘liga kiradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin