Menejment qonunlari va tamoyillari



Yüklə 20,83 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü20,83 Kb.
#36391
77-78


77 .Menejment qonunlari va tamoyillari.

Menejment jamiyat qonunlari tizimiga asoslanadi. Nazariy jixatdan tushunmay va

asoslanmagan holda birorta yirik amaliy masala hal etilishi mumkin emas. Nazariya

yangilanishning muhim usulidir. Fan esa voqyelik xaqida ob’yektiv bilimlarni o’rganish

va tartibga solishga qaratilgandir. Bilimlarni tartibga solinishi qonunlarda ifodalanadi.

Qonun - falsafiy kategoriya bo’lib, borliq voqyealarning barqaror, takrorlanuvchan

aloqasi va munosabatini, xodisalar yuz berishining aniq tartibda bo’lishiga olib keluvchi

tomonlarini aks ettiradi. Qonunlarni bilish rivojlanishning ob’yektiv yo’nalishlarini

aniqlash, amaliy vazifalarni hal etish imkonini beradi. Shu sababli iqtisodiyotni

boshqarish qonunlarni bilash, ularni amalda ustalik bilan qo’llay olishga asoslanishi

kerak.

Umumiy falsafiy qonunlar materiya, harakat, makon, zamon, miqdor, sifat, sabab,



oqibat, shakl, mazmun kabi kategoriyalar vositasida ifodalanadi. Iqtisodiy nazariya

qonunlari iqtisodiy kategoriyalar vositasida (mulk, ishlab chiqarish, talab, taklif, taqsimt,

ayirboshlash, qiymat, narx, foyda, tovar, pul, muvozanatlanish) foydalanadi.

Iqtisodiyotni boshqarishda qonunlardan qanchalik to’liq va izchil foydalanilsa,

mehnat sarfi shunchalik samarali bo’ladi. Va, aksincha, boshqarish jarayonida iqtisodiy

qonunlarni hisobga olmaslik jamiyat uchun kutilmagan, salbiy oqibatlarga olib keladi.

Shu sababli boshqaruv qonunlarini o’rganishda faqat amal qilishni emas, balki boshqaruv

jarayonida ongli ravishda qo’llanilishni ham ko’zda tutish lozim. Boshqaruv

qonunlaridan ongli ravishda foydalanishning ko’p jixatdan ularni o’rganish bilan bog’liq.

Qonunlar qanchalik chuqur o’rganilsa, ulardan amalda to’g’ri foydalanish imkoniyatlari

ortadi.

Lekin boshqaruv qonunlarini bilish ularni aniq amaliyotda muvaffaqiyatli qo’llash

uchun kafolat bo’lolmaydi. Qonunlarni bilishda nazariya amaliyotdan ajralib qolishi

foydasizdir. Demak, qonunlardan foydalanish ularni bilish, tushunish, amalda o’z vaqtida

va to’g’ri qo’llay olishga bog’liq ekan. Bu boshqaruv samaradorligini oshirishda hal

qiluvchi omildir.

■ mavjud qonunlarni, ularning u yoki bu bosqichda namoyon bo’lish

xususiyatlarini hisobga olgan holda chuqur va har tomonlama bilish;

■ iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish maqsadlarini belgilash va ularni hal etish

yo’llarini aniqlash;

■ xo’jalik yuritishning bozor iqtisodiyoti sharoitida rivojlantirish va unga mos

shakl va u.

Menejmentning asosiy tamoyillari.

Tamoyil - bu faoliyat yuritish, xalqning asosiy qoidasi, yetakchi g’oyadir. Ilmiy

adabiyotlarda odatda boshqaruv tamoyillari deganda iqtisodiyotga rahbarlik qilishda

asoslaniladigan asosiy qoida, yo’l-yo’riq, xulq me’yorlari tushuniladi. Boshqaruv

tamoyillari iqtisodiyot qonunlari ta’siri natijasida boshqaruv usullariga bog’liq xodisalar

mohiyatini aks ettiradi. Boshqaruv mexanizmi sxemasini quyidagicha ifodalash mumkin:

qonunlar —tamoyillar usullar uslublar.

Boshqaruv tamoyillari o’zaro bog’liq va birgalikda qo’llanilishi lozim.

Asosiy tamoyillarga quyidagilar kiradi:

1. Boshqaruvda yakkaboshchilik va kollegiyalik tamoyili. Yakkaboshchilik

tamoyili bevosita ishlab chiqarishda ishlab chiqarish personali a’zolarining yagona

rahbar buyruqlariga qat’iy bo’ysunushini talab qiladi. Yuqori darajadagi rahbar quyi

bo’g’in rahbari vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etmasligi lozim. Bu tamoyilni amalga

oshirishning asosiy sharti har bir ijrochining huquq, burch, majburiyatlarini qat’iy

belgilab qo’yishdir. Yagona boshchilik kollegiallik, qabul qilinadigan qarorlar

oshkaraligi bilan qo’shib olib borilishi kerak. Kollegiallik intizom, rahbar, yagona shaxs

irodasigaso’zsiz bo’ysunush bilan birga amalga oshishi kerak. Demokratiya, oshkoralik

har bir kishiga o’z fuqarolik qarashlarini namoyon qilish, boshqaruv qarorlarini ishlab

chiqish va qabul qilishda faol qatnashish uchun imkon yaratadi.

2. Ilmiylik tamoyili. Boshqaruv tamoyillari orasida valyutarizmni inkor qiluvchi

har bir rahbar iqtisodiy qonunlar, jamiyat rivojlanishining ob’yektiv yo’nalishlari, bu

sohada milliy va chet el tajribasini qo’llashini taqozo qiluvchi o’rin egallaydi.

3. Rejalilik tamoyili. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishni rejali

boshqarish - biznes va trategik rejasini tuzish - iqtisodiy siyosatlarni amalga oshirishning

muhim shartidir. Bu tamoyil ishlab chiqarish rivojlanishining uzoq muddatga mo’lj

allangan yo’nalishlari, sur’atlari va nisbatlarini, sur’atlari va nisbatlarini belgilashni

ifodalaydi.

Ishlab chiqarishni rejalashtirish boshqarishning asosiy vazifalaridan biridir. U

iqtisodiy qonun, ishlab chiqarishning xozirgi xolatini ilmiy taxlil etish, ehtiyotlarni

istiqbolini aniqlash texnikaviy va tashkiliy qarorlarni zabul qilish asosida amlaga

oshiriladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida strategik rejalashtirish - u yoki bu tarmoq

rivojlanishining maqbul nisbatlarini, eng muhimi resurslardan samarali foydalanish

yo’llarini belgilovchi iqtisodiy rivojlanish parametrlarini aniqlash muhim axamiyatga ega

bo’ladi.


4. Boshqaruv shakl va usullarini takomillashtirib borish tamoyili. Bozor

iqtisodiyoti sharoitida boshqaruvning uch shakli mavjud: xususiy, jamoa, davlat

boshqaruvi. Boshqaruvning xususiy shaklida mulkdor yakka o’zi qaror qabul qiladi va

butun ish uchun javobgar bo’ladi. Boshqaruv xususiy shaklining ijobiy tomoni mulk

egasi ishlar borishini o’zi to’liq nazorat qilish imkoniyatiga egaligi kamchiligini

esasarsoyaning uncha katta bo’lmasligi va bir kishi boshqaruvning turli vazifalarini

bajarishiga majburlidir. Mulkdor boshqaruvning barcha vazifalarini amalga oshirishi:

rejalashtirish, tashkil etish, rag’batlantirish, yo’qatosh zarar va boshqalarga shaxsan

bo’lishdadir. Kuchli raqobat sharoitida mulkdor sinmasligi uchun doimo o’z bilimlarini ko’paytirib, boshqaruv usullarini takomillashtirib, ya’ni ishchilarga ta’sir etish yo’llarini

bozorda mavjud xolatga mos ravishda o’zgartirib borishi kerak.

Boshqaruvning jamoa shaklida ikki yoki undan ko’p jismoniy va huquqiy shaxslar

boshqaruv qarorlarini birgalikda qabul qiladilar va korxona yoki aksionerlar jamiyati

faoliyati uchun javobgar bo’ladilar. Sherikchilik nisbatan malakali boshqaruv qarorlarini

qabul qilish, boshqaruvning xususiy shakli kamchiliklarini bartaraf etishga imkon

yaratadi. Boshqaruvning jamoa shaklining afzalligi sheriklar aksiya sotish yo’li bilan

qo’shimcha sarmoya jalb qilish imkoniyatiga ega bo’lishidadir. Boshqaruvning jamoa

shakli direktorlar kengashi tomonidan amalga oshirilib, u asosiy boshqaruv siyosatini va

boshqaruvning majud vaziyatga mos iqtisodiy, tashkiliy-boshqaruvchilik, ijtimoiy-

psixologik, huquqiy usullarini tanlaydilar. Boshqaruvning jamoa shaklining asosiy

kamchiligi barcha sheriklar - aksiya egalari boshqaruvda va korxona faoliyatini nazorat

qilishda qatnasha olmaydi. Uning yana bir kamchiligi - korporasiya, aksionerlar jamiyati

yoki korxona aksionerlaridan «ikki yoqlama» soliq olinishidir, chunki korxona foydadan.

Aksionerlar esa qo’shimcha ravishda dividentdan soliq to’laydilar.

Davlat boshqaruv shakli davlat yoki maxalliy mulk bo’lgan korxonalarda amalga oshiriladi. Davlat bu korxonalar faoliyati uchun to’liq javob beradi.

5. Kadrlar tanlash va joylashtirish tamoyili. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish tamoyili mahim ahamiyat kasb etadi. Bozor munosabatlari boshqaruv kadrlariga qat’iy talablar qo’yadi, ularning ishbilarmonlik sifatlari, ishlab chiqarish oldida turgan masalalarni belgilaydi.

6. Agentlar mustaqillik va erkinligi tamoyili. Bozorda agentlar faoliyati iqtisodiy javobgarlik bilan birgalikda amalga oshishi kerak.

7. Shaxsiy tashabbus tamoyili. Bozorda ishbilarmon, omilkor, shaxsiy foyda uchun harakat qiluvchi, tadbirkor kishilar faoliyat yuritishi kerak.

8. Javobgarlik va tavakkalchilik tamoyili. Tadbirkor o’z faoliyati uchun javobgar bo’lishi, bunda ma’lum tavakkalchilik ham hisobga olinishi, ya’ni tadbirkorning o’z huquq va majburiyatlari bo’lishi kerak.Qonun va prinsiplarda menejmentning ob’yekti va sub’yekti o’rtasidagi ob’yektiv, muhim, takrorlanadigan, nisbiy, turg’un, aniq, muayyanlik va mohiyat bilan umumiy bog’lanish va aloqadorlik o’z ifodasini topadi. Bu umumiy bog’lanish va aloqadorliklar ma’lum shart-sharoitlarda voqyealar rivojining yo’nalishi va xususiyatini belgilab beradi.Bundan ko’rinib turibdiki, menejmentning qonun-qoidalari va tamoyillari faqat hamma uchun majburiy bo’lgan me’yor, qoida, rasm-rusum, moyilliklar orqali

ta’riflanishi va ifodalanishi mumkin.

78. Menejment tamoyillari xaqida tushuncha.

Tamoyillar Izoh

1. Demokratiyalash * Ishlarni ommani boshqarishga keng ko’lamda jalb qilish,

kengash va maslahatlar orqali bajarilishini talab qiladi.

2. Iyerarxiya * Boshqarishning pog’onaligiga asoslanadi. Bu bir

tomondan, markaziy, ikkinchi tomondan esa, viloyat shahar

va tumanlar darajasidagi davlat hokimiyati hamda boshqaruv

idoralarining vazifalarini aniq belgilanishini talab qiladi.

Samarasiz boshqaruv bo’g’inlari qanchalik ko’p bo’lsa,

boshqaruv jarayoni shunchalik chigallashadi.

3. Rejalashtirish * Boshqarish bo’g’inlari o’rtasidagi taraqqiyot nisbatlarini

aniqlaydi, shartnomalarning bajarilishini tashkil qiladi va

nazorat qiladi.

4. Yakkahokimlik * Boshqarish tayinlangan shaxs tomonidan bajarilib, unga

boshqariladigan ob’yekt, uning mol-mulki, pul mablag’lari

ishonib topshiriladi. Yakkahokimlik boshqarishda qat’iy

tartib va mehnat intizomini ta’minlaydi. Bunda “Ko’plashib

muhokama qilmoq keragu, lekin mas’uliyat yakka bir

kishida bo’lmog’i kerak” degan prinsipga amal qiladi.

5. Ilmiylik * Menejerlardan chuqur bilimni, o’z sohasi bo’yicha iqtisod,

mantiq, ruhiyat, matematika, chet tili, texnologiya kabi

fanlarni yaxshi bilishni talab qiladi. Shu bilan birga, uning

saviyali tashkilotchi, tashabbuskor, g’oyalarga boy,

izlanuvchan, bozor konyukturasini yaxshi biladigan,

tavakkal qilishdan qo’rqmaydigan mutaxassis bo’lishini ham

6. Qayta aloqalar talab * Topshiriqni berishda “tushundinglarmi?” deb so’rash qiladi.

yetarli emas. Bunday savloga javobgar shaxsdan

tasdiqlovchi javobni, topshiriqni to’g’ri tushunganligini

7. Javobgarlik so’rash kerak. * Bu eng avvalo, boshqaruvchilarning javobgarligini nazarda

tutadi. Bajaruvchanlik madaniyati past, mas’uliyatsiz rahbar

korxona va xodimlarning sho’ri. Menejer uchun huquqiy

javobgarlik o’ta yuqori bo’lishi kerak. Shunday qilib, boshqarish prinsipi deganda boshqaruv organlari va rahbarlari

faoliyatining negizini tashkil etuvchi asosiy qonun-qoidalar tushuniladi. Boshqarish

prinsiplari - bu boshqaruv amaliyotida ob’yektiv qonunlardan foydalanish qobiliyatidir.

Boshqaruv tamoyillarining shakllanishi chuqur tarixiy ildizlarga ega. O’zining

ixcham, tezkor boshqarish devoniga ega bo’lgan Amir Temur saltanatidek buyuk davlat:

• ilmiylik;

• yakkahokimlik;

• iyerarxiya;

• bilimdonlik

• demokratiya



kabi prinsiplar asosida boshqarilgan.
Yüklə 20,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin