O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI
Iqtisodiyot(tarmoq va sohalar bo’yicha) yo’nalishi
Menejment va Marketing fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Boshqaruvning asosiy usullari.
Bajardi: 558-22-guruh talabasi: Fayziraxmonov Oybek
Reja:
1 Boshqarishning iqtisidiy usullar.
2. Tashkiliy-ma’muriy boshqaruv usullari.
3. Ijtimoiy-ruhiy boshqaruv usullari.
Boshqarishning iqtisidiy usullar.
1.Iqtisodiy usullar. Boshqarishning bu usuli xodimlar va mehnat jamoalarining moddiy manfaatlariga asoslangan bo‘lib, davlat jamoat va har bir xodimning manfaatlarini bir-biri bilan uzviy bog‘lanishiga imkon yaratadi. Ishlab chiqarishning iqtisodiy usullariga tannarx, narx, foyda, rentabellik, xo‘jalik hisobi, moddiy rag‘batlantirish fondi kiradi. Iqtisodiy boshqaruv usullarining asosiy vazifasi ishlab chiqarishda har bir mahsulot birligiga sarflanadigan xarajatlar miqdorini kamaytirishga imkon beruvchi xo‘jalik mexanizmlarining yangi usullarini vujudga keltirish va undan samarali foydalanishdir. Xo‘jalik mexanizmi negizini uchta asosiy masala: ishlab chiqarishni boshqarish, rejalashtirish va rag‘batlantirish tashkil etadi. Ular xo‘jalik mexanizmida umumiy qilib birlashtirilganda davlat iqtisodini tutib turadi. Xo‘jalik mexanizmi o‘z ichiga boshqaruvning asosi bo‘lgan rejalashtirishni, xo‘jalikni boshqarishda amaliyotda qo‘llaniladigan iqtisodiy tizimlarni, xo‘jalik tashkilotlarining tashkiliy tizimini, ularning ish usullarini, mehnat jamoalarining ishlab chiqarishni boshqarishda qatnashishini o‘z ichiga oladi. Ishlab chiqarishda yangi xo‘jalik mexanizmidan samarali foydalanish mehnat jamoalari va har bir xodimdan fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va xo‘jalik mexanizmini takomillashtirish usullarini qidirib topishni talab etadi. Masalan, ish haqi fondlarini oldindan rejalashtirish o‘rniga ish haqi normativlarini qo‘llash jamoaning mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishidan manfaatdor qiladi, imtiyozli shartlar asosida qarz berish bilan xalq iste’moli mollarini ishlab chiqarishning yangi quvvatlarini yaratishga qiziqtiradi. Mazkur usullardan ishlab chiqarishda shunday foydalanish kerakki, bunda har bir xodim va jamoaning moddiy manfaatlarini qondirish darajasi ularning umumiy pirovard natijalariga erishishga qo‘shgan hissasi bilan belgilanishi lozim. Korxona ishchi-xodimlarining yuksak pirovard natijalarga erishganligi uchun moddiy rag‘batlantirish mehnat jamoasining xo‘jalik hisobi daromadidan hosil qilingan iqtisodiy rag‘batlantirish fondidan amalga oshiriladi. Iqtisodiy rag‘batlantirish fondiga moddiy rag‘batlantirish, ijtimoiy rivojlantirish, ishlab chiqarish, fan va texnikani rivojlantirish fondlari kiradi. Xodimlar, mehnat jamoalari qanchalik unumli mehnat qilsalar ularning xo‘jalik daromadi shunchalik ko‘p bo‘ladi. Bu xodimlarning ijtimoiy va moddiy talablarini qondirishga keng yo‘l ochib beradi. Iqtisodiy qonunlarni chuqur bilish va ulardan har tomonlama foydalanish davlat tuzumining afzalliklarini ro‘yobga chiqarish, mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotini jadallashtirishning zarur shartidir.
Dostları ilə paylaş: |