IQTISODIY TIZIMLAR VA ULARNING O’ZGARISHI REJA Iqtisodiy tizim tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi.
Iqtisodiy tizimlarni turkumlashga turlicha yondashuvlar. Iqtisodiy taraqqiyot bosqichlariga formatsion va texnologik yondashuvning o’ziga xosligi.
Iqtisodiy tizim modellari va ularning belgilari.
1. Iqtisodiy tizim tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi Iqtisodiy tizimga iqtisodchilar turlicha ta’rif berishadi. Masalan, P.Gregori va R.Styuartlarning fikricha, iqtisodiy tizim – bu ma’lum geografik hudud doirasida ishlab chiqarish, daromad va uni taqsimlashga doir qarorlar qabul qilish va uni amalga oshirish mexanizmlari va institutlari (tartiblari) majmuidir. F. Prayor bo’lsa, iqtisodiy tizim iqtisodiy jihatdan o’zini tutish va uning natijalariga bevosita yoki bilvosita ta’sir qiluvchi barcha institutlar, tashkilotlar, qonun va qoidalar, e’tiqod, pozitsiya, an’analar, baholar, taqiqlar va ahloqiy sxemalarni o’z ichiga oladi, deb ta’riflaydi.
Professor A.O’lmasov iqtisodiy tizimga quyidagilarni kiritadi: a) iqtisodiy resurslar; b) iqtisodiy aloqalar yoki munosabatlar; v) iqtisodiy mexanizm; g) iqtisodiy siyosat.1 Iqtisodiy mexanizm-bu iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlovchi va bir-birini taqozo etuvchi vositalar bo’lib, unga iqtisodiy stimullar (rag’bat beruvchi kuchlar), ishlab chiqarish, ayirboshlash va iste’molni tashkil etish, iqtisodiy faoliyatning ixtisoslashuvi, iqtisodiy faoliyat kooperatsiyasi va xo’jalik aloqalarini o’rnatish usullari kiradi.
Iqtisodiy tizim jamiyatdagi turli xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasida iqtisodiy munosabatlar, aloqalar, jarayonlarni bir butun holda, muayan tarzda tarkib topishi va tartibga solinishini ifodalaydi.
Iqtisodiy tizim –bu har bir davr va makonda amal qilinadigan iqtisodiy munosabatlar, iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo’jalik yuritish mehanizmi va iqtisodiy muassasalarning o’zaro uzviy bog’liqlik asosida tarkib topgan yaxlit iqtisodiy tuzilmasidir.
Iqtisodiy tizimlarning tarkibiy qismlari quyidagilar: