Ishlab chiqaruvchi kuchlar – ishlab chikarish vositalari va ularni harakatga keltiruvchi kishilar birligidan iborat.
Kishilar uchun zarur bo’lgan hayotiy ne’matlarni takror ishlab-chiqarish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy aloqa va munosabatlar iqtisodiy munosabatlar deyiladi.
Iqtisodiy munosabatlarning ikki turini ajratib ko’rsatish mumkin:
Tashkiliy iqtisodiy munosabatlar – ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish orqali vujudga keladi. Masalan, bunga mehnat taqsimoti, uning ixtisoslashishi va kooperatsiyasi, ishlab chiqarishning to’planishi va uyg’unlashtirilishi natijasida vujudga keladigan munosabatlarni kiritish mumkin.
Ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlar – hayotiy ne’mat va vositalarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayriboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga keladi.
Jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida ishlab chiqaruvchi kuchlar va iqtisodiy munosabatlar mavjud turining birligi ishlab chiqarish usulini tashkil qiladi.
Klassik yondashuvga ko’ra iqtisodiy munosabatlar bir vaqtda bazis ham hisoblanadi. Uning ustida mazkur iqtisodiy tizimga xos bo’lgan alohida siyosiy, huquqiy, mafkuraviy, milliy, axloqiy, oilaviy va boshqa ijtimoiy munosabatlar hamda tartibotlarning alohida turlari vujudga keladi. Ularning barchasi jamiyatning ustqurmasini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish usuli bilan jamiyat ustqurmasi ijtimoiy – iqtisodiy formatsiya deyiladi.
Texnologiya – bu ishlab chiqarish omillarini uyg’unlashtirishning ma’lum bir usullaridir.
Iqtisodiy siyosat – bu davlatning iqtisodiyot, iqtisodiy munosabatlar va takror ishlab chiqarish jarayonlariga ta’sir ko’rsatishga qaratilgan chora-tadbirlari yig’indisidir.
2. Iqtisodiy tizimlar turkumlanishiga turlicha yondashuvlar. Iqtisodiy taraqqiyot bosqichlariga formatsion va texnologik yondashuvning o’ziga xosligi
Tizim deb elementlar, qismlardan iborat o’zaro uzviy bog’langan, ma’lum tartib asosida tarkib topgan butunlikni tushuniladi. Iqtisodiy aloqalar, jarayonlar misoli zanjir bo’lsa, har bir xo’jalik, faoliyat yuritish sub’ekti ana shu zanjirning xalqasi tarzida namoyon bo’ladi. Bu aloqalar, munosabatlar xo’jalik faoliyati yuritayotgan kishilar o’rtasida yuz beradi. Shuning uchun ham odatda ularni ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar deb yuritiladi.
Iqtisodiyotga oid adabiyotlarda iqtisodiy tizim va uning rivojlanish tamoyillariga turlicha yondashiladi. Ayrimlar, ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarga uning tarkibiy qismlarini umumiy jihatiga ko’ra rivojlanish tamoyilini aniqlash kerak, deyishadi. Chunki tizimlar rivojlanishining asosiy tamoyili bu umumiylikka, unifikatsiyaga intilishdir. Boshqalari, iqtisodiy tizimlarni ularning farqlariga ko’proq ahamiyat berib o’rganish kerak, chunki ularning farqlari sifat jihatidan yangi xo’jalik tizimi vujudga kelishiga va iqtisodiy o’sishga olib keladi, deb hisoblashadi.
Hozirgi dunyo turli-tuman iqtisodiy tizimlar mavjudligi bilan tavsiflanadi. Ular tarixiy davrlarda vujudga keladi, rivojlanadi, biri ikkinchisi bilan almashinadi. Jamiyat hayotini yaxshiroq tushunish uchun uning tarixiy taraqqiyot jarayonini bir butun holda ko’rib, rivojlanish bosqichlari, fazalarini tahlil qilish katta ahamiyatga ega.
Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va ularning almashinuviga qonuniy bosqichlar va ishlab chiqarish usullari asos qilib olinib, ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodalizm, kapitalizm va kommunizm ajratib ko’rsatiladi.
Ishlab chiqarish usulining o’zi ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlaridan iborat. Ishlab chiqarish kuchlari ishchi kuchi yoki boshqacha aytganda, ma’lum malaka va tajribaga ega kishilar hamda ishlab chiqarish vositalaridan tashkil topadi. Ishlab chiqarish vositalari mehnat vositalari va mehnat ashyolaridan iborat. Ishlab chiqarish munosabalari esa ishlab chiqarish vositalariga mulkchilik munosabalari, ishlab chiqarish jarayonida sotsial guruhlarning tutgan o’rni, ular o’rtasida faoliyat ayirboshlash, yaratilgan mahsulotni taqsimlash, iste’mol munosabatlaridan iborat. Uni 1- shartli chizma orqali quyidagicha ifodalash mumkin.
Mehnat qurollari
mehnat sharoiti vositalar yaratuvchi
Xom ashyo
Tabiiy ashyo
Mehnat ashyolari
Mehnat vositalari
Ishlab chiqarish vositalari
Ishchi kuchi, (malaka, ish tajribasiga ega) кишилар)
Iste’mol munosabatlari
Ayirboshlash munosabatlari
Ta¢simot munosabatlari
Mos ravishda tashkilot idora va muassasalar
Ijtimoiy –siyosiy ¨oyalar (siyosiy, ¦u¢u¢iy diniy, ilmiy va ¦.k.) mafkuraviy munosabatlar
Ishlab chiqarish kuchlari
Ustqurtma (davlat)
Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish usuli
Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya
Ishlab chi¢arish vositalariga mulkchilik munosabatlari
Ishlab chiqarish munosabatlari
Asrimizning 60-yillarida klassik ta’limotdan tubdan farq qiladigan, uni almashtira oladigan ta’limot sifatida rivojlanish bosqichlariga tsivilizatsion yondashuv nazariyasi paydo bo’ldi. Bu nazariyaga amerikalik iqtisodchi Uolter Rostou o’zining 1960 yilda nashr qilingan «Iqtisodiy o’sish bosqichlari» kitobi bilan asos soldi. U jamiyat taraqqiyotini 5 bosqichga bo’ladi. Ular quyidagilar:
Dostları ilə paylaş: |