Didaktik o‘yin – o‘rganilayotgan obekt, hodisa va jarayonlarni
modellashtirish asosida o‘quvchining bilishga bo‘lgan qiziqishi va
faollik darajasini rag‘batlantiruvchi o‘quv faoliyati turi.
Dunyoqarash - tabiat, jamiyat, tafakkur hamda shaxs faoliyati mazmunining rivojlanib
borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va e‘tiqodlar tizimi.
Jazolash - tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga salbiy baho
berish usuli.
Jamoa (lotincha «kollektivus» so‘zining tarjimasi bo‘lib, yig‘ilma, omma,
birgalikdagi majlis, birlashma, guruh kabi ma‘nolarni anglatadi) - bir
necha a‘zo (kishi)lardan iborat bo‘lib, ijtimoiy ahamiyatga ega
umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh.
Jamoa an‘analari – jamoa a‘zolari tomonidan birdek qo‘llab-
quvvatlanuvchi barqarorlashgan odat.
Jamoaning norasmiy tuzilmasi - jamoa a‘zolari o‘rtasidagi shaxslararo
ma‘naviy-psixologik munosabatlarning umumiy tizimi, shuningdek,
jamoada mikroguruhni tashqil qiluvchi ayrim shaxslar o‘rtasidagi
tanlash munosabatlarining mazmuni.
Jamoaning rasmiy tuzilishi - turli ko‘rinishdagi jamoa faoliyatini yo‘lga
qo‘yishning tashkiliy jihatlari.
Jinsiy tarbiya - o‘zida shaxsni jinsiy jihatdan chiniqtirish, ularni tozalik va
ozodalikka o‘rgatish, o‘z sog‘ligi uchun g‘amxo‘rlik qilish va
mas‘uliyatli bo‘lishni ta‘minlashga qaratilgan pedagogik faoliyat
mazmuni.
Jismoniy tarbiya - o‘quvchilarda jismoniy va irodaviy sifatlarni
shakllantirish, ularni aqliy va jismoniy jihatdan mehnat hamda
Vatan mudofaasiga tayyorlashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon;
ijtimoiy tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismi.