Vatanparvarlik
(lotincha «patriotes» – vatandotsh, «patris» – vatan, yurt) -
shaxsning o‘zi mansub bo‘lgan millat, tug‘ilib o‘sgan vatani
tarixidan g‘ururlanishi, buguni to‘g‘risida qayg‘urishi hamda uning
porloq istiqboliga bo‘lgan ishonchini ifoda etuvchi yuksak insoniy
fazilat.
Verbal
– bilim (ma‘lumot, axborot)larni so‘z yordamida (og‘zaki) etkazib
berish, ifoda etish.
Gnoseologiya
(yunon tilidan gnosis – bilim, ong, o‘rganish) – bilish, ilmiy
bilimlarning shakllanishi,
xususiyatlari, qonuniyatlari, uslublari,
ilmiy tafakkur shakllari, shuningdek, insonga xos bo‘lgan borliqni
anglash qobiliyati haqidagi nazariya, ta‘limot.
Davlat ramzlari
-
muayyan millat, elatning etnopsixologik xususiyatlari,
qarashlari, orzu-umidlari, intilishlari va maqsadi, hududiy, ijtimoiy-
g‘oyaviy birlik mohiyatini anglatishga xizmat qiluvchi tasviriy
belgilar majmui.
Dostları ilə paylaş: