11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari



Yüklə 2,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə184/225
tarix06.09.2023
ölçüsü2,82 Mb.
#141650
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   225
МАЖМУА-Пед-назария-ва-тарихи (1)

 
 
Oligofreniya
(yunoncha «olygos» – kam, «phren» - aql) - bu natal (tug‘ilish 
payti) yoki postnatal (hayotiy rivojlanishning erta bosqichi) 
davrlarda markaziy nerv tizimining zararlanishi natijasida yuzaga 
keladigan aqliy yoki psixik rivojlanmaslik. 
 
Oliy ta‘lim
- o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi negiziga asoslanib, ikki 
bosqich (bakalavriyat hamda magistratura)da tashkil etiladigan 
hamda mutaxassisliklar yo‘nalishlari bo‘yicha xalq xo‘jaligining 
turli sohalariga oliy ma‘lumotli mutaxassislarni tayyorlab beruvchi 
ta‘lim bosqichi. 
 
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim
- jamiyatning oliy malakali ilmiy va 
ilmiy-pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, shaxsning 
ijodiy ta‘lim – kasb-hunar manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilib, 
oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida aspirantura, 
ad‘yunktura va doktoranturada ta‘lim olish, shuningdek, mustaqil 
tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etish asosida amalga oshiriladigan 
ta‘lim bosqichi. 
 
Oraliq nazorat
– o‘quvchilar tomonidan o‘quv materialining muayyan bob 
yoki bo‘limlari bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va 
malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli. 
 
Pedagogika 
(yunoncha «paidagogike» bo‘lib, «paidagogos»

bola, 
etaklayman) – ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan 
jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni 
tarbiyalash hamda unga ta‘lim berishning mohiyati va 
muammolarini o‘rganadigan fan. 
 
Pedagogika tarixi
– ta‘lim va tarbiyaning yuzaga kelishi, taraqqiy etishi, 
muayyan tarixiy davrlarda etakchi o‘rin egallagan pedagogik fikrlar 
taraqqiyoti masalalarini o‘rganadi. 
 



Yüklə 2,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   225




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin