Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari – shaxsni tarbiyalash, unga muayyan
yo‘nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berish tamoyillari,
obektiv va subektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning
ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish
usullari.
Pedagogik mahorat – bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy mahoratlarini
oshirish, takomillashtirish muammolarini o‘rganadi.
Pedagogik paradigma (yunoncha «paradeigma» - misol, namuna) –
pedagogika fani rivojining ma‘lum bosqichida ta‘limiy va tarbiyaviy
muammolarni hal etish namunasi (modeli, standarti) sifatida ilmiy
pedagogik hamjamiyat tomonidan e‘tirof etilgan nazariy hamda
metodologik ko‘rsatmalar to‘plami; ta‘limning konseptual modeli.
Pedagogik talab - turli xatti-harakatlarni bajarish hamda faoliyatda ishtirok
etish jarayonida o‘quvchi tomonidan amal qilinishi zarur bo‘lgan
ijtimoiy xulq-atvor me‘yorlari.
Pedagogik texnologiya – ta‘lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik
texnologiyalarni qo‘llash, texnologik yondashuv asosida ta‘lim va
tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish muammolarini
o‘rganadi.
Pedagog kadrlar tarkibi – o‘qituvchi, metodist, tarbiyachi, psixolog,
defektolog, logoped, sport instruktori, musiqa, badiiy ijodiyot,
radiotexnika, sport va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatuvchi
to‘garaklarning rahbarlaridan iborat mutaxassislar.
Pedagogik mahorat – ta‘lim-tarbiya jarayoniga ongli, ijodiy yondashuv,
metodik bilimlarni samarali qo‘llay olish qobiliyati, yuksak
pedagogik tafakkur.
Pedagogik talab - turli harakatlarni bajarish, muayyan faoliyat jarayonida ishtirok
etishda o‘quvchi amal qilishi zarur bo‘lgan ijtimoiy xulq-atvor me‘yorlarini
ifodalovchi vazifa; tarbiyaning eng muhim usuli.