11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari


Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati



Yüklə 2,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/225
tarix06.09.2023
ölçüsü2,82 Mb.
#141650
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   225
МАЖМУА-Пед-назария-ва-тарихи (1)

Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati
- o‘qituvchi uchun diqqatning barcha 
hususiyatlari-hajmi, kuchi, ko‘chuvchanligi, idora qilina olishi, safarbarligi 
kabilarning taraqqiy etgan bo‘lishi muhimdir. 
Diqqatni ayni bir vaqtda taqsimlash qobiliyati o‘qituvchilik uchun alohida 
ahamiyat kasb etadi. Qobiliyatli, tajribali o‘qituvchi materialni bayon qilish 
mazmuni va shaklini, o‘z fikrini (yoki o‘quvchining fikrini) diqqat bilan kuzatadi, 
ayni vaqtda barcha o‘quvchilarni ko‘rib turadi, toliqish, e‘tiborsizlik, tushunmaslik 
alomatlarini hushyorlik bilan kuzatib boradi, intizomsizlik hollarini e‘tibordan 
qochirmaydi, nihoyat o‘z xatti-harakatlarini ham kuzatib boradi. Tajribasiz 
o‘qituvchi ko‘pincha materialni bayon qilishga berilib ketib, o‘quvchilarni 
e‘tibordan chetda qoldiradi; bordiyu o‘quvchilarini diqqat bilan kuzatishga harakat 
qilsa, fikrini jamlay olmaydi. 
O‘qituvchi yuqorida ko‘rsatilgan qobiliyatlardan tashqarii bir qancha ijobiy 
sifatlarga - aniq maqsadni ko‘zlash, qat‘iylik, mehnatsevarlik, kamtarlik kabi 
sifatlarga ham ega bo‘lishi kerak.
O‘qituvchining pedagogik mahorati 
Pedagogik mahorat- bu o‘quv jarayonining barcha shakllarini eng qulay va 
samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti maqsadlari tomon yo‘naltirish, 
talabalarda (o‘quvchilarda) dunyoqarash, qobiliyatni shakllantirish, ularda jamiyat 
uchun zarur bo‘lgan faoliyatga moyillik uyg‘otishdir.
Pedagogik maqsadning o‘ziga xosligini quyidagilarda bilish mumkin: 
Pedagogik faoliyatning maqsadi jamiyat tomonidan belgilanadi, ya‘ni 
pedagog faoliyatining natijasi jamiyat manfaatlari bilan bog‘liqdir. Uning mehnati 
yoshlar shaxsini har tomonlama kamol toptirishga yo‘naltirilgan. Pedagogik 
faoliyat avlodning ijtimoiy uzviyligi (ketma-ketligi)ni ta‘minlaydi. Bir avlod 
tajribasini, ikkinchi avlodga o‘tkazadi, ijtimoiy tajriba orttirish uchun insondagi 
tabiiy imkoniyatlarni ro‘yobga chiqaradi. 
Pedagog faoliyati doimo shaxs faoliyatini boshqarish bilan bog‘liq. Bunda 
pedagogik maqsad o‘quvchi maqsadiga aylanishi muhimdir. Pedagog o‘z faoliyati 
maqsadini va unga erishish yo‘llarini aniq tasavvur qilishi va bu maqsadga erishish 
o‘quvchilar uchun ham ahamiyatli ekanligini ularga anglata olishi zarur. Gyote 
ta‘kidlaganidek: «Ishonch bilan gapir, ana shunda so‘z ham, tinglovchilarni 
mahliyo qilish ham o‘z-o‘zidan kelaveradi». 
Pedagogik (ta‘lim-tarbiya) jarayonida o‘quvchi faoliyatini boshqarish 
shuning uchun ham murakkabki, pedagog maqsadi doimo o‘quvchi kelajagi tomon 
yo‘naltirilgan bo‘ladi. Buni anglagan holda, mohir pedagoglar o‘z faoliyatining 


mantiqini o‘quvchilar ehtiyojlariga muvofiq holda loyihalaydilar. Hamkorlik 
pedagogikasining tub mohiyati ham ana shundan iborat. 
Shunday qilib, pedagogik faoliyat maqsadining o‘ziga xosligi o‘qituvchidan 
quyidagilarni talab qiladi: 
- jamiyatning ijtimoiy vazifalarini to‘la anglab, o‘z shaxsiga qabul qilishi. 
Jamiyat maqsadlarining «o‘sib», uning pedagogik nuqtai nazariga aylanishi; 
- muayyan harakat va vazifalarga ijodiy yondoshishi; 
- o‘quvchilar qiziqishlarini e‘tiborga olish, ularni pedagogik faoliyatning 
belgilangan maqsadlariga aylantirish. 
Pedagogik faoliyatning o‘ziga xosligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi. 
Inson tabiatning jonsiz moddasi emas, balki o‘zining alohida hususiyatlari, 
ro‘y berayotgan voqyealarni idrok qilishi va ularga o‘zicha baho beradigan 
takrorlanmaydigan faol mavjudotdir. Psixologiyada ta‘kidlanganidek, har bir shaxs 
takrorlanmasdir.U pedagogik jarayonning o‘z maqsadi, ishtiyoqi va shaxsiy xulqqa 
ega bo‘lgan ishtirokchisi hamdir. 
Pedagog doimo o‘sib-o‘zgarib boradigan inson bilan ishlaydi. Ularga 
yondoshishda bir xil qolip, shakllanib qolgan xatti-harakatlardan foydalanish 
mumkin emas. Bu esa pedagogdan doimo ijodiy izlanib turishni talab qiladi. 
O‘quvchilarga pedagogdan tashqari, atrof muhit, ota-ona, boshqa fan 
o‘qituvchilari, ommaviy axborot vositalari ijtimoiy hayot ham ta‘sir etadi. Shuning 
uchun ham pedagog mehnati bir vaqtning o‘zida jamiki ta‘sirlarga va 
o‘quvchilarning o‘zida paydo bo‘lgan fikrlarga tuzatishlar kiritib borishni nazarda 
tutadi. 
O‘quvchi shaxsiga doimo ijobiy-axloqiy ta‘sir ko‘rsata oladigan kishigina 
haqiqiy tarbiyachidir. Bunga erishish uchun pedagog o‘zining axloqiy sifatlarini
doimo takomillashtirib borishi zarur. 
O‘quvchilarni mehnat, muloqot, o‘yin, o‘qish kabi faoliyat turlarida ishtirok
etishlari tarbiyaning asosiy vositasi hisoblanadi. Har bir mohir pedagog o‘zining 
individual pedagogik tizimiga ega bo‘lishi kerak. 
Ayrim pedagoglar kasbiy mahorat sirlarini egallash uchun, avvalo, ta‘lim-tarbiya 
metodlarini takomillashtirishga intiladilar. Bu tabiiy hol, chunki aynan metodlar 
yordamida pedagog o‘z o‘quvchilarini turli o‘quv faoliyatiga jalb qiladi. Shu bilan 
birga o‘quvchilarni bilim olishga qiziqtirishda o‘qituvchi tomonidan tanlangan 
metodlar, usullar va topshiriqlardan boshqa sabablar ham ta‘sir etadi. Pedagog 
faoliyatining muvaffaqiyatli kechishi uning shaxsi, harakteri, o‘quvchilar bilan 
muomalasiga ham ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Odatda bularning ta‘lim-tarbiya 
jarayoniga ta‘siri ahamiyatsizdek tuyuladi. Ammo tajribali pedagog, uning xatti-
harakati o‘quvchilarga qanday ta‘sir ko‘rsatayotganligiga ahamiyat berib, unga 
kerakli tuzatishlar kiritib, takomillashtirib boradi. Shuning uchun ham pedagogik 
mahoratni o‘qituvchi shaxsi sifatlarini majmui sifatida qaralib, uni o‘qituvchi 
yuqori darajada psixologik-pedagogik tayyorgarlikka ega bo‘lishi bilan bog‘liq 
bo‘lishini unutmaslik lozim. 
Pedagogik mahorat yaxlit tizim sifatida quyidagi tarkibiy qismlardan iborat 
bo‘ladi: 


- pedagog shaxsini insonparvarlik yo‘nalishiga ega bo‘lishi, uning 
qiziqishlari, qadriyat yo‘nalishlari va ideallarining oliy maqsad-barkamol avlod 
tarbiyalab еtishtirishga yo‘naltirilganligi; 
- mutaxassislik fanlari, o‘qitish metodikasi, pedagogika-psixologiyadan 
mukammal bilimga ega bo‘lish; 
- pedagogik qobiliyatga ega bo‘lish (muloqotga moyillik, ishchanlik, 
kelajakni tasavvur qila olish, kasbiy mustaqillik, sensor axborotlarni tezlik bilan 
anglash (yuzidan o‘qib olish); 
- pedagogik texnikani egallash, ya‘ni o‘z-o‘zini boshqara olish, o‘zaro ta‘sir 
etish va hamkorlikda ishlashni uddalash. 
Pedagogik mahorat o‘ziga bolalar haqidagi, ularning psixologiyasi 
to‘g‘risidagi, maktab haqidagi, ta‘lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va uning 
mazmuni, metodlari haqidagi keng bilimlarni qamrab oladi. Bu bilimlar umumiy 
pedagogik madaniyatni tashkil etadi, o‘qituvchi, tarbiyachi bu madaniyatni 
egallamasa, hyech vaqt o‘z ishining chinakam ustasi bo‘la olmaydi, yomon, eski 
usuldan, bir qolipdagi tayyor andozalarni ishlatishdan nariga o‘tmaydi. 
Biroq, zamonaviy o‘qituvchiga birgina umumiy madaniyatning o‘zi kifoya 
qilmaydi-maxsus bilimlar va malakalar-bolalarni kuzatish, ularning o‘sishdagi 
muhim narsalarni aniqlay olish, ularni rivojlantirish yo‘llari va usullarini aniqlash, 
turli o‘zaro ta‘sirini chuqur tahlil qilish, pedagogik izlanishlar va yutuqlarni ilmiy 
jihatdan bir tizimga solish malakalari zarur bo‘ladi. 
Shunday qilib, pedagog-muallim o‘z mahoratiga quyidagi bosqichlarda 
erishishi mumkin: 
- Pedagogika-psixologiya fanlarini chuqur o‘rganish. 
- Maxsus fanlar, ularni o‘qitilish metodikasini chuqur bilish. 
- Pedagogik amaliyotda faol igshtirok etish va uni samarali o‘tkazish. 
- O‘z faoliyatini doimo tahlil qilib, unga nisbatan tanqidiy munosabatda 
bo‘lish. 
- O‘z ustida mustaqil ishlash, malaka oshirish kurslarida o‘qib borish. 

Yüklə 2,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   225




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin