Ta‘limning ilmiy bo‘lish qoidasi.
Tevarak atrofni o‘rab olgan dunyoning qonuniyatlarini, narsa va hodisalarning
ichki muhim xossalarini va o‘zaro aloqalarini aks ettiruvchi bilimlargina ilmiy
hisoblanadi.
Ilmiy bilimlarni egallash jarayonida o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash, e‘tiqod
tarkib topadi. Tafakkur rivojlanadi.
Ta‘limning ilmiy bo‘lish qoidasi ta‘lim jarayonida o‘quvchilarni hozirgi zamon
fan-texnika taraqqiyoti darajasiga muvofiq keladigan ilmiy bilimlar bilan
qurollantirish yoshlarni ilmiy tadqiqot usullari bilan tanishtirib borishini
ta‘minlashga qaratilgan.
Ta‘limda nazariyaning amaliyot bilan bog‘liq bo‘lishi qoidasi.
Bu qoida ta‘limning ilmiy qoidasi bilan mustahkam bog‘langandir.
O‘quvchilar ilm bilan qurollanar ekan, ilmni nazariy jihatdan o‘rganar ekan,
ilmning amaliy ehtiyoj tufayli paydo bo‘lganini, ishlab chiqarish kurslarini qanday
taraqqiy etayotganini, texnika va iqtisod sohasidagi yangiliklar ilmni tobora
rivojlantira borishini, ilm esa, o‘z navbatida ishlab chiqarishni takomillashtirish va
hayotni yaxshilashga yordam berishini bilib boradilar. Binobarin, barkamol inson
tarbiyasini maqsad vazifalarini ham, ta‘limning mazmuni ham, o‘qitish usullari,
ta‘limni tashkil etish shakllari ham nazariya bilan amaliyotning birligiga
asoslanadi.
Maktab ta‘limi tizimida nazariya bilan amaliyotning birligi qoidasi dastavval
o‘quv fanining mazmuni va o‘ziga xos xususiyatiga bog‘liq xolda o‘qish
jarayonida amalga oshiriladi.
Ta‘lim jarayonida nazariya bilan amaliyotning birligi qoidasining izchillik
bilan amalga oshirilishi, oqibatidagina o‘quvchilar o‘quv materialining tub
mohiyatini, tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini ilmiy asosda atroflicha
to‘g‘ri, chuqur tushunib oladilar va kelajak amaliy faoliyatlari uchun zarur bo‘lgan
mahorat, ko‘nikma va malakalar hosil qiladilar.
O‘quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash nazariy bilimlarni egallash
jaranyoida boshlanadi. Keyinchalik u laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarda
davom ettiriladi. Bu mashg‘ulotlarda o‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida tajriba
sharoitida
olgan
bilimlarining
ishonarli
ekanligini
tekshiradilar,
mustahkamlaydilar, chuqurlashtiradilar. Bilimlarni amalda qo‘llash malakalarini
hosil qiladilar.
Ta‘limda onglilik, faollik va mustaqilliq qoidasi.
Bu qoida o‘qitishni shunday tashkil etishni nazarda tutadiki, bunda
o‘quvchilar ilmiy bilimlarni hamda ularni amalda qo‘llash usullarni ongli va faol
egallab olishadi. Ularda ijodiy tashabbuskorlik va o‘quv faoliyatida mustaqillik,
tafakkur, nutq madaniyati va ilmiy dunyoqarashning e‘tiqod tarkib topadi.
O‘qitishning onglilik qoidasi o‘quvchilar yangi materialni idrok qilishda
ta‘riflash,
teoremalar,
adabiyotdan
she‘r
yodlash
va
hokazolarning
ifodalanishnigina emas, balki ularning hayotiy hodisalar, jarayonlar bilan bog‘liq
bo‘lgan mazmuniga ham tushunishlarini talab etadi. Aks holda bilimlarda
yuzakilik avj oladi. Bunda material quruq yodlab olingan bo‘ladi. O‘quvchialr uni
qayta aytib bera oladilar, lekin uning mohiyatini tushunmaydilar va amaliy
faoliyatlarida qo‘llay olmaydilar.
Bilimlarni ongli ravishda o‘zlashtirish o‘quvchilarda bu bilimlarga nisbatan
ma‘lum munosabat hosil qilishni, emastional kechinmalar uyg‘onishni ham o‘z
ichiga oladi. O‘quvchining bilimlarini o‘zlashtirishga faol munosabatda bo‘lishi
uning bilish faoliyatini aktivlashtirishga yordam beradi.
O‘qitish jarayonida onglilik va faollik qoidasi o‘quvchilarda tafakkur va
nutqni rivojlantirishini nazarda tutadi.
Onglilik va faollik qoidasi o‘quvchilarni mehnat va o‘qitishda ijodiy foaliyat
usullariga o‘rgatishni talab etadi. O‘quvichilar faolligini rivojlantirish, ularning
o‘quv faoliyatlarini takomillashtirish tufayli ayni vaqtda o‘qitishda yuksak
samaradorlikka erishilar, ya‘ni o‘quv jarayoni tezlashadi.
4. Ta‘limni tarbiyalovchilik xarakteri.
Maktab o‘quvchilariga ta‘lim berish, tarbiyalash va ularning umumiy
rivojlanishlarini bir butunlikda amalga oshirishlari zarur. O‘quv fanlarining har
biri, xatto ayrim mavzu va mavzuchalari ham, shubhasiz, tarbiyalovchilik
xarateriga ega.
Ta‘lim jarayonida o‘tilayotgan katta va kichik mavzularning mazmunidan
kelib chiqadigan tarbiyaviy tomonlarini to‘g‘ri belgilash va uni ta‘lim bilan birga,
bir butunlikda amalga oshirishni ta‘minlash juda muhim va hal qiluvchi
ahamiyatga ega.
Maktabda beriladigan ta‘lim bilan tarbiya o‘rtasidagi pedagogik jarayonning
butunligini ta‘lim etuvchi uzviy birlik hamisha mavjud.
Maktab ta‘limida o‘quvchialr tabiiy fanlarni-matematika, ximiya, biologiya,
astronomiya va boshqa fanlarni o‘zlashtirish orqali ilmiy e‘tiqodlari shakllana
boradi. Ular dunyoni o‘rganish mumkinligini ilmiy asosda anglab oladilar,
haqiqatga ishonch bilan, yolg‘on narsalarga nafart bilan qaray oladigan bo‘ladilar.
Ular ustidan haqqoniy hukm chiqaradilan, aqll, idrokli, imonli inson bo‘lib
еtishidilar.
Maktab ta‘limida, gumanitar fanlarning ham tarbiviyaviy mohiyati juda
muhimdir. Tarix fanini o‘rganish orqali o‘quvchilar. Respublikamiz tarixini, uning
rivojlanish bosqichlari, moddiy-madaniya, ilmiy-siyosiy, ma‘naviy jihatdan
rivojlanishi, adabiy-badiiy merosi, bobokalonlarimiz tomonidan qoldirilgan
qimmatli xazinalar, hozirgicha o‘rganilmay qolgan xalq pedagogikasi durdonalari
bilan tanishadilar. Qo‘yingchi, sharqona udumlar, odatlar dunyosiga kirib
boradilar, tarixning chin ijodkori xalq ommasi ekanligi haqida aniq bilimga ega
bo‘ladilar.
Adabiyot va san‘atni o‘rganish o‘quvchilarni chin inson qilib tarbiyalashdagi
eng zarur shartlardandir.
Ta‘lim-tarbiyaning birligi ta‘lim jarayonining to‘g‘ri tashkil qilish va
o‘qitishning xilma-xil usul va uslublaridan foydalani olishga ko‘p jihatdan
bog‘liqdir.
Ta‘limda ko‘rsatmalilik qoidasi.
O‘qitishning ko‘rsatmaliligi shuni tasdiqlaydiki, agar o‘quvchilarda
o‘rganilayotgan narsa va hodisalarni bevosita idrok qilishga bog‘liq muayyan
hissiy-amaliy tajriba bo‘lgan taqdirdagina ular bilimlarni ongli suratda
o‘zlashtiradilar. Bu qoida o‘qitish jarayonida ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta‘m-
maza bilish, teri, muskul-haraqat kabi sezgi organlarining bir yo‘la obyekt ustida
safarbar qilishni talab etadi.
Ta‘limda ko‘rsatmalilik samarali natijalar berish kerak.
1.
Ishlatiladigan ko‘rsatmali qurollar u yoki bu sinf o‘quvchilarining yoshi va
o‘ziga xos xarakter xususiyatlari umumiy tayyorgarligi mos keladigan
bo‘lishi lozim.
2.
Foydalanadigan ko‘rsatmali qurollar o‘tilayotgan dars mavzusining
mazmunini ochib berishiga yordam beradigan materiallar bo‘lishini hisobga
olmoq, demak, uning to‘g‘ri tanlanishiga e‘tibor bermoq lozim.
3.
Dars jarayonida foydalanish uchun belgilangan ko‘rsatmali materiallardan
unumli foydalanmoq uchun zarur bo‘lgan ta‘lim usullari to‘g‘ri tanlangan
bo‘lishi lozim.
Maktablarimizda qo‘llanilayotgan materiallarni quyidagicha guruhlarga ajratish
mumkin.
1.
Buyum va narsalarni asli, tabiiy holicha ko‘rsatuvchi materiallar:
O‘simliklar, hayvonlar, ma‘danlar, gerbariylar va boshqalar.
2.
Grafiy-ko‘rsatmali qurollar: chizmalar, diagrammalar, sxemalar va
boshqalar.
3.
Tasviriy-ko‘rsatmali qurollar: rasm, fotosurat, diagrammalar.
4.
Eshittirish bo‘yicha ko‘rsatmalilik, gramplastinkalar, chset el tillaridagi
so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga oid. Materiallar.
5.
Ta‘limda bilim ko‘nikma va malakalarni puxta va mustahkam o‘zlashtirish
qoidasi.
Ta‘limning puxta o‘zlashtirish qoidasi muhim didaktik talab va qoidalarni,
ya‘ni o‘quvchilar tomonidan tizimli va ongli o‘zlashtirilgan ilmiy bilimlarni
mustahkam, esda saqlab qolish hamda o‘zlashtirilgan ilmiy bilimlarni o‘z turmush
faoliyatlarida qo‘llay olish malakalari bilan qurollashtirishni nazarda tutadi.
Demak, puxta o‘zlashtirishning xarakterli belgisi ta‘limni mustahkam esda
saqlab qolishdir. Bu qoida o‘quvchilarning xotira faoliyati, ya‘ni o‘quv
materiallarini esda qoldirish, esda saqlash va qayta esga tushirish kabi xotira
jarayoni faoliyatiga bog‘liqdir.
Dostları ilə paylaş: |