I BOB. MOLIYAVIY TAHLILNING MAZMUNI, PREDMETI VA VAZIFALARI
1.1. Tahlil fanining vujudga kelishi va rivojlanishi
Tahlil fanini vujudga kelishi va fan sifatida shakllanishida o‘ziga xos evolyusion yo‘lni bosib o‘tgan. Uning vujudga kelishi, shakllanishi va mustaqil fan sifatida rivojlanishi iqtisodchi olimlarning jumladan, M.Q.Pardaev2, A.V.Vahobov, A.T.Ibrohimov, N.F.Ishonqulov3, T.Qudratov, N.Fayzieva4, M.Q.Pardaev., J.I.Isroilov va B.I.Isroilovlarning5 tahlilga oid ilmiy va o‘quv-uslubiy asarlarida atroflicha yoritilgan.
2 Pardaev M.Q. Iqtisodiy tahlil nazariyasi. Samarqand; «Zarafshon» 2001. -28 b.
3 Vahobov A.V., Ibrohimov A.T., Ishonqulov N.F Moliyaviy va boshqaruv tahlili. T.: «Sharq» 2005. - 20 b.
4 Qudratov T., Fayzieva N. Korxonalar faoliyatining tahlili va nazorati. –T.: «Voris-nashriyoti», 2012. -7 b.
5 Pardaev M.Q., Isroilov J.I., Isroilov B.I. Iqtisodiy tahlil: O‘quv qo‘llanma. –T, 2017. -12 b.
Bu fanni paydo bo‘lishi, shakllanishi va takomillashishiga olib keluvchi omillar jamiyatda yuzaga kelgan obyektiv shart-sharoitlar hisoblanadi. Xususan, XVI – XVII asrlarda ishlab chiqarishning takomillashib borishi, erkin raqobatning vujudga kelishi xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy ahvolini baholash va yaxshilash borasida oqilono boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilib o‘rganish zarurati o‘z navbatida tahlil elementlarining vujudga kelishiga sabab bo‘lgan.
Tahlilning elementlari birinchi marta 1880-yillarda «Счётоводство» jurnalida chop etilgan maqolalarda paydo bo‘la boshlagan. Ushbu maqolalar asosan buxgalteriya balansining tahliliga bag‘ishlangan. Chunki, o‘sha davrlarda xo‘jalik faoliyatining natijalari asosan buxgalteriya balansida aks ettirilgan. Buxgalteriya balansi ma’lumotlari asosida xo‘jalik yurituvchi subyekt mablag‘lari va ular manbaining ma’lum davrdagi o‘zgarishi aniqlangan. Biroq, mazkur o‘zgarishlarning paydo bo‘lishiga qanday obyektiv va subyektiv omillar ta’sir ko‘rsatayotgani va ularning natijalari mulk egalari uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘rsatkichlar sifatida qarala boshlangan. Bu esa, buxgalteriya balansidagi 23