8-MAVZU. TA‘LIM METODLARI VA VOSITALARI
R E J A:
1.
Ta‘lim metodining ta‘lim maqsadi va vazifalariga bog‘liqligi.
2.
Muammoni uzatish va qabul qilish xarakteriga ko‘ra ta‘lim metodlari.
3.
O‘quvchilarning
bilim saviyasi, qobiliyati, ta‘lim manbaiga ko‘ra ta‘lim
metodlari.
4.
Ta‘limda ta‘lim vositalari, kompyuterlar. EXMlardan foydalanishning o‘ziga
xos xususiyatlar.
5.
Institutlarda ta‘lim metodlari. Yangi pedagogik texnologiya va undan
foydalanish yo‘llari.
Mavzu bo‘yicha tayanch so‘zlar:
Metod ( usul), vosita, muammo, evristik, kompyuter, EHM, ta‘lim vositalari,
bilim saviyasi, yangi pedagogik texnologiyalar.
Adabiyotlar:
1. Islom Karimov. «Barkamol avlod-O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori». T.
Sharq, 1997.
2. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T. «O‘zbekiston», 2000
yil.
3. O‘zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‘g‘risida» gi qonuni.
Z.Mirtursunov. «Xalq pedagogikasi». T.1994 yil.
4. A.Q. Munavvarov. «Pedagogika». «O‘qituvchi» nashriyoti. T. 1996 y.
5. K.Xoshimov, Safo Ochil. «O‘zbek pedagogikasi antologiyasi». «O‘qituvchi»
nashriyoti. T. 2000 yil.
1.
Ta‘lim metodining ta‘lim maqsadi va vazifalariga bog‘liqligi.
O‘zbekiston Respublikasi istiqlolga erishgandan so‘ng barcha jabhalarda
bo‘lganidek, ta‘lim-tarbiya sohasida ham buyuk o‘zgarishlar yuz berdi.
Hozirgi
kunda maktab ta‘limi tizimida, umuman, xalq ta‘limi tizimining barcha
bo‘g‘inlarida o‘qitish uslublarining boy zahirasi vujudga keldi. Agar ta‘limda
to‘g‘ri usul tanlasak, ko‘zlangan natajaga oson va qisqa yo‘l bilan erisha olamiz.
Ta‘lim-tarbiya sohasidagi masalalarning to‘xtovsiz murakkablashib borishi va
yangi
muammolar, yangi imkoniyatlarning paydo bo‘lishi, o‘qitish usullarini
muttasil yangilab turishni, xalq pedagogikasidan ijodiy foydalanishni talab qiladi.
O‘qitishning didaktik usullari va ularni o‘rni bilan yangilab borish
o‘qituvchilar oldiga yosh avlodni kamolga еtkazishdek vazifani qo‘ydi.
O‘qitish usuli deganda, ta‘lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning
kutilgan maqsadga erishiga qaratilgan birgalikdagi faoliyatlari tushuniladi.
O‘qitish usullari ta‘lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi
faoliyatining
qanday bo‘lishini, o‘qitish jarayonini qanday qilib tashkil etish va olib borish
kerakligini belgilab beradi.
Ta‘lim berish, har bir mavzuning mag‘zini talabalar ongiga еtkazish
mahorati o‘qituvchidan ko‘p izlanishni, ko‘p mutola qilishni talab qiiladi.
Bilim
ummoniga boy bo‘lgan ustozgina mavzuni mag‘zini talabalar ongiga mohirona
еtkaza oladi. Mavzuning maqsadiga qarab, ta‘lim metodlarini tanlay biladi.
Talim metodlaridan oqilona foydalanib, ilmiy dars o‘tish, o‘quvchilarni
hayotda o‘z o‘rnini topishga, ongning shakllanishiga katta asos bo‘lib
xizmat
qiladi. O‘qituvchining ma‘lum fan ilmini o‘quvchilar ongiga еtkaza olish mahorati,
shu o‘quvchilarni bo‘lg‘usi hayot yo‘llarini tanlashda muhim ahamiyatga ega.
Oldin bayon qilganimizdek, talimning mohiyati inson kamolotini shakllantirishga
xizmat qiladi. Ta‘dim metodi ta‘limning maqsadi va vazifalariga bog‘liq. Metodlar
o‘quvchilarning yoshiga, ta‘limning mazmuniga va funkstyaisiga qarab tanlanadi.
O‘qituvchi o‘zining shaxsiy sifatlari: komilligi bilan talabalarga o‘rnak bo‘lishi,
ta‘limiy maqsad bilan tarbiyaviy maqsad mutanosibligi, fan asoslari va g‘oyalarini
chuqur bilishi bilan talabalarga o‘rnak bo‘lishni talab qilinadi.
Bunday o‘qituvchilardan bilim olayotgan talabalar nimani bilish kerak
ekanligini idrok qilib beradilar. Nazariy bilimlar amaliyotga ko‘chirilganda, uni
aniq
his qilib, tasavvur qilib o‘zlari amalda bajaradilar, masalalar еchadilar.
(Iqtisodiy, matematik, pedogogik. So‘ngra bilimlari mohiyatini tushunib oladilar.
Shu mavzu bo‘yicha aniq ko‘nikmaga ega bo‘ladilar. Shu asnoda boshqa fanlardan
ham bilim olish va amaliy mashg‘ulotlar evaziga ularda ko‘nikmalari boyib boradi.
Talabalar o‘zlashtirib olgan bilimlarini imkoniyatlariga qarab sekin-asta
amaliyotga qo‘llay boshlaydilar. Talabalar bilan bo‘lgan
muloqotda, ularga bilim
berish jarayonida o‘qituvchi ta‘lim-tarbiya jarayonini samarali boshqarishi lozim.
Talim-tarbiya
jarayoni
uzviy
jarayondir.
Ta‘lim
berish
jarayonida
tarbiyalayotganligimizni unutmasligimiz lozim. Suxandonlik, kinoyasiz so‘zlash,
o‘qituvchiga xos kiyinish etikasi, fikrni erkin bayon qilish
va uni tamasiz еtkaza
olish xususiyatlari o‘quvchilar uchun amaliy ko‘rgazma ekanligini unutmaslik
kerak. Ta‘lim berishda o‘qitish metodlari asosiy o‘rinni egallaydi.
Metod
- yunoncha atama bo‘lib, aynan nimagadir yo‘l degan ma‘noni
anglatadi, ya‘ni maqsadga erishishi yo‘lini bildiradi. Metodlar (usullar)ni har
qanday muammoni (maqsadni) uzatish va qabul qilish xarakgeriga qarab quyidagi
turlarga ajratish mumkin:
Dostları ilə paylaş: