O‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish
Kadrlar tayyorlash milliy modeliga muvofiq uzluksiz ta‘lim tizimida o‘quv
adabiyotlari ta‘lim turlari uchun tasdiqlangan davlat ta‘lim standartlari (yoki davlat
talablari) va fanlar bo‘yicha uzviy bog‘langan o‘quv dasturlari asosida
tayyorlanadi. Bunda muayyan fanning o‘quv adabiyotlari mazkur ta‘lim turida
o‘qitiladigan boshqa fanlar bilan bog‘liqligini va boshqa ta‘lim turlarida ushbu
fanning o‘quv dasturlaridagi uzviylikni ta‘minlash lozim. O‘quv adabiyotlari
belgilangan tartibda har tomonlama ekspertizadan o‘tkaziladi.
Har bir ta‘lim turi uchun yaratilayotgan o‘quv adabiyotlariga psixologik-
pedagogik, uslubiy-didaktik, sanitariya-gigiyenik va boshqa talablar alohida
belgilab qo‘yiladi.
Uzluksiz ta‘lim tizimining barcha turlarida fundamental bilimlardan iborat
bo‘lgan umumta‘lim fanlar bo‘yicha o‘quv adabiyotlari asosan an‘anaviy bosma
shaklda tayyorlanadi.
Yelektron
o‘quv
adabiyotlari
bilim
oluvchilarning
tasavvurini
kengaytirishga, dastlabki bilimlarini rivojlantirishga va chuqurlashtirishga,
qo‘shimcha ma‘lumotlar bilan ta‘minlashga mo‘ljallangan bo‘lib, ko‘proq
chuqurlashtirib o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha yaratiladi. Uzluksiz ta‘lim tizimida
fan va texnologiyalarning rivojlanishi sari mazmunni tez o‘zgaruvchan,
chuqurlashtirib o‘qitiladigan, umumkasbiy va maxsus fanlar bo‘yicha asosan kam
adadli elektron o‘quv adabiyotlari tayyorlanadi.
O‘quv adabiyotlarining mazmuni bilim oluvchilarda mustaqil va erkin
fikrlash, olingan bilimlarni bosqichma-bosqich boyitish, mukammallashtirib
borish, mustaqil ta‘lim olish, yangi bilimlarni o‘quv adabiyotlaridan izlab topish
ko‘nikmalarini hosil qilishni ta‘minlashi kerak.
O‘quv adabiyotlarining shakllari
O‘quv adabiyotlari – muayyan ta‘lim turi (yo‘nalishi yoki mutaxassisligi)
o‘quv rejasida qayd etilgan fanlar bo‘yicha tegishli o‘quv dasturlari asosida zarur
bilimlar majmuasi keltirilgan, o‘zlashtirish uslublari va didaktikasi yoritilgan (shu
jumladan, xorijiy tarjimalar) manba bo‘lib, ikki xil shaklda tayyorlanadi:
- An‘anaviy (bosma) o‘quv adabiyotlar – ta‘lim oluvchilarning yoshi va
psixofiziologik hususiyatlari, ma‘lumotlar hajmi, shriftlari, qog‘oz sifati, muqova
turi va boshqa ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda qog‘ozda chop etiladigan
manba;
- elektron o‘quv adabiyotlar – zamonaviy axborot texnologiyalari asosida
ma‘lumotlarni jamlash, tasvirlash, yangilash, saqlash, bilimlarni interaktiv usulda
taqdim etish va nazorat qilish imkoniyatlariga ega bo‘lgan manba.
O‘quv adabiyotlarining turlari
Uzluksiz ta‘lim tizimi o‘quv tarbiyaviy jarayonida o‘quv adabiyotlarining
quyidagi turlari qo‘llaniladi: darslik, o‘quv qo‘llanma, lug‘at, izohli lug‘at,
ma‘lumotlar to‘plami, lektsiyalar kursi, leksiyalar to‘plami, metodik ko‘rsatmalar,
metodik qo‘llanmalar, ma‘lumotlar banki, dayjest, sharh va boshqalar.
Darslik – davlat ta‘lim standarti, o‘quv dasturi uslubiyati va didaktik
talablari asosida belgilangan, milliy istiqlol g‘oyasi singdirilgan, muayyan o‘quv
fanining mavzulari to‘liq yoritilgan, tegishli fan asoslarini mukammal
o‘zlashtirilishiga qaratilgan hamda turdosh ta‘lim yo‘nalishlarida foydalanish
imkoniyatlari hisobga olingan nashr.
U yoki bu ta‘lim turining maqsad va vazifalarini qamrab olgan, bilim
oluvchilarning yoshi va boshqa hususiyatlarini hisobga olgan o‘z darsliklari
bo‘ladi. Darslikda nazariy ma‘lumotlardan tashqari, amaliy-tajriba va sinov
mashqlari bo‘yicha zarur ko‘rstamalar beriladi.
O‘quv qo‘llanma – dasrlikni qisman to‘ldiruvchi, muayyan fan dasturi
bo‘yicha tuzilgan va asoslarining chuqur o‘zlashtirilishini ta‘minlovchi, ayrim bob
va bo‘limlarni keng tarzda yoritishga yoki amaliy mashq va mashg‘ulotlar
echimiga mo‘ljallangan nashr.
O‘quv qo‘llanmada muayyan mavzular darslikka nisbatan kengroq yoritiladi.
Masalan, «Mexanika»- fizika fanining mexanika qismiga bag‘ishlangan o‘quv
qo‘llanma. «Fizikadan masalalar to‘plami»- fizika fani bo‘yicha masala va
mashqlar еchishga mo‘ljallangan o‘quv qo‘llanma va hokazo.
Lug‘at – aniq bir tartibda joylashgan so‘zlar (yoki so‘z birikmasi, idiomalar
va hokazo) to‘plami, ularning mazmuni, ishlatilishi, kelib chiqishi, boshqa tildagi
tarjimasi to‘g‘risida ma‘lumot beruvchi yoki so‘zning tushunchasi, u bilan
belgilanuvchi predmetlar haqida axborot beruvchi nashr.
Izohli lug‘at – so‘zlarning mazmunini izohlaydigan, har bir so‘zning
grammatik, etimologik va stilistik tavsifi berilgan, ularni qo‘llashga oid misollar va
boshqa ma‘lumotlar keltirilgan, qo‘shimcha adabiyot sifatida foydalaniladigan
nashr.
Ma‘lumotlar to‘plami – foydalanishga qulay shaklda yaratilgan muayyan
fanni yoki ta‘lim yo‘nalishini o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan, isbot talab
qilmaydigan ma‘lumotlar, ilmiy ko‘rsatkich va o‘lchamlar, turli belgi va
raqamlardan, ilmiy, ijtimoiy-siyosiy, amaliy, iqtisodiy, madaniy va boshqa
sohalardagi qisqa ma‘lumotlardan tashkil topgan nashr.
Ma‘lumotlar to‘plamida bir qator muhim ilmiy-amaliy masalalarni еchish
namunalari keltirilishi lozim.
Leksiyalar kursi – fanning o‘quv dasturi bo‘yicha undagi barcha
mavzularning asosiy mazmuni qisqa yoritilgan, birlamchi yangi bilimlarni olishga
qaratilgan, foydalaniladigan asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar ko‘rsatilgan,
o‘z-o‘zini nazorat qilishga oid savollar turkumi, mavzuga tegishli tayanch atama va
iboralar keltirilgan nashr, lektsiyalar kursining nomi tegishli fan nomi bilan ataladi.
Leksiyalar to‘plami – muayyan fanning o‘quv dasturi bo‘yicha undagi ayim
mavzularning asosiy mazmuni qisqa yoritilgan, birlamchi yangi bilimlarni olishga
qaratilgan, foydalaniladigan asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar ko‘rsatilgan,
o‘z-o‘zini nazorat qilishga oid savollar turkumi, mavzuga tegishli tayanch atama va
iboralar keltirilgan, davriy ravishda ilmiy-tadqiqot izlanishlar asosida yangilanib
turiladigan, ta‘lim muassasalarining ilmiy (pedagogik) kengashi tavsiyasi bo‘yicha
chiqariladigan kichik adadli tarqatma material.
Metodik (uslubiy) ko‘rsatma – muayyan fanning o‘quv dasturi bo‘yicha kurs
ishlari (loyihalari), laboratoriya va amaliy ishlarni bajarish tartibi aniq va batafsil
ifodalangan hamda ushbu fan bo‘yicha talabalarda zarur amaliy ko‘nikmalar hosil
qilishga mo‘ljallangan, ta‘lim muassasalarining ilmiy (pedagogik) kengashi
tavsiyasi asosida nashr etiladigan kichik adadli tarqatma material.
Metodik qo‘llanma – o‘qituvchilar (professor-o‘qituvchilar) va bilim
oluvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda bir darsning maqsadi, dars o‘tish
vositalari va ulardan foydlanish usullari, darsning mazmuni, amaliy mashg‘ulotlar,
qo‘shimcha topshiriqlar, va boshqalar haqida tavsiyalar bayon qilinadigan, ta‘lim
muassasalarining ilmiy (pedagogik) kengashi tavsiyasi asosida chop etiladigan
nashr.
Sharh – jamiyat taraqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadigan me‘yoriy-
huquqiy hujjatlarni, shuningdek, bahsga loyiq asarlarni, g‘oyalarni, fikrlarni va
ta‘riflarni izohlovchi, muayyan masalalar echimini ko‘rsatuvchi, keng ommaga
mo‘ljallangan qo‘shimcha adabiyot sifatida foydalanilaigan nashr.
Dayjest – ilmiy, ilmiy-uslubiy, o‘quv, davriy, adabiyotlar, hukumat va turli
tashkilotlar faoliyatiga tegishli qonunlar qarorlar, nizomlar mazmunining qisqacha
bayoni va sharhi keltirilgan, sohalarga oid ma‘lumotlar to‘plami sifatida
foydalaniladigan doimiy nashr.
Elektron darslik – kompyuter texnologiyasiga asoslangan o‘quv uslubini
qo‘llashga, mustaqil ta‘lim olishga hamda fanga oid o‘quv materiallar, ilmiy
ma‘lumotlarning har tomonlama samarador o‘zlashtirilishiga mo‘ljallangan bo‘lib:
- o‘quv va ilmiy materiallar faqat verbal (matn) shaklda;
- o‘quv materiallar verbal (matn) va ikki o‘lchamli grafik shaklda;
- multimedia (ko‘p axborotli) qo‘llanmalar, ya‘ni ma‘lumot uch o‘lchamli
grafik ko‘rinishda, ovozli, video, animatsiya va qisman verbal (matn) shaklda;
- taktil (his qilinuvchi, seziladigan) hususiyatli, o‘quvchini «yekran
olamida» stereo nusxasi tasvirlangan real olamga kirishi va undagi obyektlarga
nisbatan harakatlanish tasavvurini yaratadigan shaklda ifodalanadi.
Ma‘lumotlar banki - axborot texnologiyalarining imkoniyati va vositalari
asosida yaratilgan, statik va dinamik rejimi tuzilgan, tovush va rangli tasvirlar bilan
ta‘minlangan, katta hajmdagi axborotlarni o‘z ichiga qamrab olgan va ularni turli
ko‘rinishda (jadval, diagramma, gistogramma, matn, rasm, va hokazo) bera
oladigan, o‘quv jarayonida bilim oluvchilar tomonidan o‘z ustida mustaqil ishlashi
va o‘z bilimlarini nazorat qilishi uchun qo‘llaniladigan, doimiy ravishda to‘ldirib
boriladigan, keng doirada foydalanishga mo‘ljallangan, tegishli vakolatli davlat
tashkilotida qayd etilgan sohalar bo‘yicha ma‘lumotlar to‘plami.
O‘quv adabiyotlariga qo‘yiladigan talablar
Ta‘lim turlarining hususiyatlaridan va nashr shaklidan qat‘iy nazar barcha
o‘quv adabiyotlar quyidagi umumiy talablarga javob berishi kerak:
davlat ta‘lim standartlari (davlat talablari) asosida tayyorlanishi;
ta‘lim-tarbiya jarayoniga hamkorlik pedagogikasi va o‘qitishning interaktiv
uslublarini tadbiq qilishda ko‘mak berishi;
tegishli o‘quv fanining nazariy amaliy rivojlanishida, uzoq va yaqin
o‘tmishdagi boy intellektual merosimizning o‘rni va ahamiyatini ko‘rsatishi;
intellektual insonparvarlik g‘oyalarining aks ettirilishi, insonning tabiat va
ijtimoiy hayotda o‘ta mas‘uliyatliligini anglatishga qaratilishi;
vatanparvarlik va milliy g‘urur hissini shakllantirishi, mustaqil va ijodiy
fikrlashga yo‘naltirish;
ma‘naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishi, ta‘lim va tarbiya uzviyligini
ta‘minlashi;
bilimlarni ongli ravishda o‘zlashtirish, qiziqish uyg‘ota oladigan va mustaqil
fikrlashga yo‘naltira oladigan hususiyatlarga ega bo‘lishi;
bilim oluvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilishi,
mustaqil ta‘lim olishga qiziqish uyg‘otishi;
yuqori darajada umumlashtirilgan va zamonaviy ilmiy bilimlarga asoslangan
ma‘lumotlar (qonunlar, ayniyatlar, tasniflar, va hokazo) dan tashkil topishi;
illyustratsiyalarga boy, ko‘rgazmali tasvir va badiiy-uslubiy jihatdan amaliy
faoliyatga qaratilgan bo‘lishi;
bilim oluvchilarning yoshi va psixofiziologik hususiyatlarini hisobga olishi;
bilimlarning mutlaqligi va nisbiyligini yorqin ifodalashi;
ta‘lim oluvchilarning bilimi, uquvi va ko‘nikmalarini nazorat qilish
imkoniyatiga ega bo‘lishi;
ta‘lim va tarbiyani ijtimoiy hayot, unumli mehnat bilan uzviy bog‘lanishiga
e‘tibor berishi;
fan va texnika yutuqlarining ahamiyatini ifodalashi, ilmiy masalalarning
mantiqiy ketma-ketlikda, fanning o‘quv dasturiga muvofiq bayon etilishi;
yaxlitlikni idrok qilish hissi shakllanishi uchun barcha ma‘lumotlar mantiqiy
bir tizimda berilishi;
matn jozibali shaklda bayon etilishi.
Asosiy tushuncha va xulosalarning ta‘riflari nihoyatda aniq va ravshan
yozilishi, atamalarning umumiyligiga erishish.
Sanab o‘tilganlardan tashqari har bir ta‘lim turining o‘quv adabiyotlariga
o‘ziga xos bo‘lgan talablar qo‘yiladi.
Dostları ilə paylaş: |