11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari


Pedagogikaning asosiy kategoriyalari



Yüklə 2,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/225
tarix06.09.2023
ölçüsü2,82 Mb.
#141650
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   225
МАЖМУА-Пед-назария-ва-тарихи (1)

Pedagogikaning asosiy kategoriyalari 
Pedagogika ta‘lim-tarbiya maqsadini jamiyat talablariga va o‘quvchilarning 
yosh hususiyatlariga qarab mazmunan o‘zgarib borishini o‘rgatadi, mukammal 
inson tarbiyasining tarkibiy qismlarini va ular o‘rtasidagi aloqa va bog‘lanishlarni 
ochib beradi. Shu asnoda ta‘lim va tarbiya sohasidagi tajribalarni umumlashtiradi, 
tarbiyaning kelgusidagi rivojlanish istiqbollarini, yo‘llarini ko‘rsatib beradi. 
Pedagogika maktab, kollej va akademik litseylar va maktabdan tashqari 
muassasalari xodimlarini ham nazariy, ilg‘or tajribalar bilan qurollantiradi. Ota-
onalarga yoshlarni to‘g‘ri tarbiya qilish, o‘qitishdagi mahoratini yanada 
takomillashtirish yo‘lida amaliy tavsiyalar beradi. 
Tarbiya 
- o‘sib kelayotgan avlodlarda hosil qilingan bilimlar asosida
aqliy kamoloti va dunyoqarashini, insoniy e‘tiqod, burch va mas‘uliyatni 
jamiyatimiz kishilariga xos bo‘lgan axloqiy fazilatlarni yaratishdagi maqsadni 
ifodalaydi. Tarbiya bola tug‘ilganidan boshlab umrining oxirigacha davom 
etadigan jarayondir. Shu sababli, tarbiya so‘zi ko‘p vaqtlarda ta‘lim, ma‘lumot 
jarayonlariga kiradigan ishlarning mazmunini ham anglatadi. Tarbiya-ta‘lim va 
ma‘lumot natijalarini o‘zida aks ettiradi. 
Ta‘lim
-maxsus 
tayyorlangan 
kishilar 
rahbarligida 
o‘tkaziladigan, 
o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantiradigan, bilish 
qobiliyatlarini o‘stiradigan, ularning dunyoqarashini tarkib toptiradigan jarayondir. 
Agar tarbiya bola tug‘ilganidan boshlab, umrining oxirigacha oilada
maktabda va jamoatchilik ta‘sirida shakllansa, ta‘lim chegaralangan (masalan: sinf 
xonasi, laboratoriya xonalar) joyda tashkil etiladi. O‘qituvchi-tarbiyachi 
rahbarligida muayyan belgilangan vaqtda olib boriladi. 
Ma‘lumot-
ta‘lim-tarbiya natijasida olingan va tizimlashtirilgan bilim, hosil 
qilingan ko‘nikma va malakalar hamda shakllangan dunyoqarashlar majmuidir. 
Ta‘lim, tarbiya va ma‘lumot uyg‘unlashgan yagona jarayon bo‘lib, 
o‘qituvchi-tarbiyachi ularning shakllanishida еtakchilik qiladi. O‘qituvchi 
maktabda dars berar ekan, o‘quvchilarni fan olami yangiliklaridan xabardor qiladi, 
ma‘lumotli qilishni maqsad qilib qo‘yadi, ayni paytda ularda insoniy sifatlarni 
shakllantiradi, tarbiyalaydi. 
Pedagog o‘quvchilarning aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, mehnatsevarlik 
kabi fazilatlarini tarbiyalash uchun, ularning kundalik xatti-harakat va fe‘l-
atvorlariga doimo ta‘sir ko‘rsatadi. Ijtimoiy hayot tajribasining ko‘rsatishicha, 
agar inson o‘z shaxsiy manfaatini ko‘zlab o‘qisa, o‘rgansa, o‘z ustida tinmay qunt 
bilan shug‘ullansa, u oliy ma‘lumot olishi mumkin. Lekin haqiqiy mukammal 
kamolot egasi bo‘lishi uchun u ta‘lim va ma‘lumotdan tashqari, yuksak insoniy 
fazilatlar asosida tarbiyalangan bo‘lishi shart. Ana shu fazilatlarga ega bo‘lgan 
odamni tarbiya ko‘rgan odam deyiladi. 



Yüklə 2,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   225




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin