11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari


Pedagogika fanining metodologiyasi



Yüklə 2,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/225
tarix06.09.2023
ölçüsü2,82 Mb.
#141650
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   225
МАЖМУА-Пед-назария-ва-тарихи (1)

Pedagogika fanining metodologiyasi 
Pedagogika fani mustaqil O‘zbekiston Respublikasida amal qiladigan 
uzluksiz ta‘lim-tarbiya tizimining nazariy asoslari, qonuniyat va prinsiplari, o‘ziga 
xos yo‘nalishlari ta‘lim-tarbiya jarayonining shakllanishi, tarixiy taraqqiyot 
bosqichlarini o‘rgatuvchi fandir. Pedagogika fani O‘zbekiston Respublikasida 
ilmning ustuvor sohasi sifatida e‘tirof etiladi. Shuning uchun ham, pedagogika 
fanining metodologiyasi sifatida Jahon va Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini 
mujassamlashtirgan manbalar, tasavvuf ta‘limoti namoyondalarining badiiy va 
ilmiy asarlari, sharqona ta‘lim-tarbiya vositalari va metodlarini o‘z ichiga olgan 
manbalar, milliy istiqlol g‘oyasi, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 
O‘zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‘g‘risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi», «2004-2009 yillarda maktab ta‘limini rivojlantirish 
Davlat umummilliy dasturi», dialektik bilish nazariyasi va tabiiy ilmiy majmui 
e‘tirof etiladi.
Yuqorida keltirilgan pedagogika fanining metodologiyasini pedagogik 
amaliyotga tatbiq etishda jahon pedagogik tajribasida tan olingan va samarali 
natijalar berayotgan nazariy qarashlar, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan 
foydalanish nazarda tutiladi. Ular shaxsning o‘quv-biluv faoliyatini 
liberallashtirish yo‘llari, ta‘lim mazmunini tanlash va ta‘lim-tarbiya jarayonini 
amalga oshirish prinsiplari, politexnik va kasb ta‘limi nazariyasi, ta‘limni ijtimoiy 


foydali mehnat bilan uyg‘unlashtirish konsepsiyasi, ta‘lim-tarbiya jarayonining 
fiziologik qonuniyatlariga asoslanib tashkil etilishida namoyon bo‘ladi.
Pedagogika fanining obyekti asosan maktab o‘quvchilaridir, predmeti 
esa o‘quvchilarga berilayotgan ta‘lim-tarbiya nazariyasi va amaliyotidir. 
Pedagogika ta‘lim-tarbiya maqsadini jamiyat talablariga va o‘quvchilarning 
yosh hususiyatlariga qarab mazmunan o‘rganib borishni taqozo etadi, tarbiyaning 
tarkibiy qismlarini va ular o‘rtasidagi bog‘lanishlarni ochib beradi. Shu asnoda 
ta‘lim va tarbiya sohasidagi tajribalarni umumlashtiradi, tarbiyaning kelgusidagi 
rivojlanish istiqbollarini, yo‘llarini ko‘rsatib beradi. 
Pedagogika faniga tavsif berilganda «ta‘lim», «tarbiya», hamda «ma‘lumot» 
degan so‘zlarni ishlatdik. Bu so‘zlar o‘zaro bog‘langan bo‘lib, bir-birini to‘ldiradi. 
Ularni pedagogikaning asosiy 

Yüklə 2,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   225




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin