- ikkinchidan, tarbiyalanuvchilarning yosh hususiyatlariga ko‘ra va ham
metodik, ham moddiy asosning etishmasligi sababli to‘plangan tajribalarning
hammasini olish imkoniyati yo‘q va hokazo. Eng muhimi, jamiyat taraqqiyotining
ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlariga va kelajakda kutiladigan o‘zgarishlarni hisobga olib
tarbiya mazmunini shakllantirish darkor.
O‘zbek pedagogikasining vazifasi Respublikamizda yashovchi turli millat-
yelatlarning orzu-istaklariga monand ta‘lim-tarbiyaning ham nazariy, ham amaliy
muammolarini milliy qadriyatlar asosida to‘g‘ri hal etib berishdir. Bunda islom
dunyosida qalam tebratgan allomalarimizdan tortib, zamondosh olimu
fuzalolarimizning ta‘limotlaridan hamohang ta‘lim tarbiyaga oid qirralarini izlab
topishni taqozo etadi. Yosh-avlod dunyoqarashini shakllantirishda istiqloldan avval
qoralangan tasavvuf ilmidan ham foydalanish joiz. Negaki, bir mafkura yakka
hokimliligiga endilikda nuqta qo‘yiladi. Erkin fikrlash tizimi yosh avlod ruhini
tarbiyalashdagi bosh omillardan biridir.
«Pedagogika» atamasi «Peyne»-«bola»va «aygogeyn»-«yetaklamoq» degan
ma‘noni bildiruvchi lotincha «daydagogos» so‘zlaridan paydo bo‘lishi quyidagicha
izohlanadi: eramizdan oldingi I asrlarda Gresiyada, quldorlarning bolalalarini
ovqatlantiradigan, sayrga olib boruvchi, tarbiyachi-qullarni «pedagog» deb atalgan.
U bolalarning kamolga еtishiga mas‘ul bo‘lgan. Quldorning bolasini еtaklab
maktabga olib borgan va olib kelgan. Maktabda ishlovchi o‘qituvchilarni
«didaskallar» (didayko-men o‘qitaman) deyishgan. Feodalizm jamiyatiga kelib esa
har ikki kasbdagi kishilar hamkorligi natijasida ta‘lim-tarbiya bilan maxsus
shug‘ullanuvchilar vujudga kelgan. Ularni chex pedagogi Ya.A.Kamenskiy
ta‘kidlaganidek, «pedagog» deb nomlaganlar va bu so‘z hozir ham ta‘lim-tarbiya
beruvchi o‘qituvchilarga nisbatan qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: