Takrorlash va mashq qilishda talaba
dars mashgulotlari paytida olgan
bilimlarini takrorlaydi, taxlil kilib, fikrlab ko‘radi, eslab qoladi, Amaliy
topshiriqlarni bajarish ko‘nikmalari va malakalarini shakllantiradi.
Yangi bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishda talaba axborot manbalarini izlab
topish, ular ustida ishlash, konspektlashtirish, fikrlarini izchil bayon qilish bo‘yicha
ko‘nikma va malakalarni egallaydi, mustaqil ta‘lim olish uslublarini o‘rganadi.
Ijodiy xarakterdagi topshiriqlarni bajarishda talaba muammoli vaziyatlarni
aniqlash, taxlil qilish va mustaqil ravishda qaror qabul qilish ko‘nikmalarini
egallaydi, masalani xal qilishga ijodiy yondashishga o‘rganadi, ko‘rgazmali
vositalar tayyorlash, ilmiy tavsifdagi, izlanishlarni talab qiladigan masalalarni xal
qilish uslublari bilan tanishadi.
Talabalar mustaqil ta‘limi bo‘yicha bajarilgan topshiriqlarni ximoya
qilish tartibi:
- Talabaning mustaqil ravishda bajargan topshiriqlarining yozma bayoni
(ma‘ruza matnlari va referatlar, nazorat ishlari, ijodiy ishlar va x.k.) himoya
qilinadi va kafedraga topshiriladi. Himoya paytida talaba ishning mazmuni va
moxiyatini gapirib berishi, savollarga javob berishi, tushuntirib va asoslab bera
olishi, topshiriqlarni chuqur o‘zlashtirganligini namoyon qilishi, topshiriqlarni
xaqiqatan xam mustaqil ravishda bajarilganligini isbotlay olishi lozim.
Himoyada ma‘ruza va amaliyot o‘qituvchilari ishtirok etadi. Himoyagacha
o‘qituvchi bajarilgan topshiriqning yozma bayonini (referat, konspekt, ma‘ruza,
amaliy topshiriqlar bajarilgan daftar, ijodiy ish namunalari va x.k.) ko‘rib chiqib,
kamchiliklarni bartaraf qilish xususida ko‘rsatma va maslaxatlar berib boradi.
Ximoya topshiriq va uning bajarilish jarayoni, bajarilgan ishning taxliliy
mazmunini gapirib berish, savollarga javob berish, tushuntirib berish, asoslab
berish, qisqacha yozib berish shakllarida o‘tkazilishi mumkin va bunda talabaning
topshiriq mazmuni va moxiyatini qanchalik o‘zlashtira olganligi e‘tiborga olinadi.
Mustaqil ta‘lim bo‘yicha talabaning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi reyting jurnali
va qaydnomada qayd etiladi. Topshiriqlarning bajarilganligini asoslovchi xujjatlar
kafedrada ikki yil davomida saqlanadi.
|