ishlab chiqishdek muxim vazifalar turadi.
Bu vazifalarni amalga oshirish uchun ta‘limda talabalarning mustaqil bilim
olishini kuchaytirishga qaratilgan topshiriqlar yordamida amaliy dasturlardan
foydalanishga o‘rgatish zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligining 2005 yil 25
fevraldagi 34-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan va 2005-2006 o‘quv yilidan
boshlab o‘quv jarayoniga kiritilgan «Talabalar mustaqil ishini tashkil etish, nazorat
qilish va baholash tartibi to‘g‘risida»gi namunaviy Nizomda «Talabaning mustaqil
ishi-o‘quv rejasida muayyan fanni o‘zlashtirish uchun belgilangan o‘quv
ishlarining ajralmas qismi bo‘lib, u uslubiy va axborot resurslar bilan ta‘minlanadi
hamda bajarilishi reyting tizimi asosida nazorat qilinadi», deb qayd etilgan. Bu esa
talabalarga fanlardan mustaqil ish topshiriqlari berish orqali ularni mustaqil ta‘lim
olishga undashni talab etadi. Talabalar mustaqil ta‘limi tashkiliy shakllari
o‘qitilayotgan fan xususiyatlarini hisobga olgan
holda tegishli kafedralar
tomonidan aniqlanadi. Guruxdagi talabalarning o‘zlashtirish darajalari va shaxsiy
qobiliyatlarini e‘tiborga olib mustaqil ta‘lim topshiriqlari to‘plamlari ishlab
chiqiladi. Hozirgi zamon talabiga javob beradigan pedagogik kadrlarni
tayyorlashda mustaqil ta‘limni tashkil etish katta ahamiyatga ega. Lekin, o‘quv
jarayonida kompyuter vositalari yordamida talabalarning fanlarni mustaqil
o‘zlashtirishi va o‘zlashtirgan bilim darajalarini aniqlovchi kompyuter dasturini
yaratish va undan foydalanish metodikasi hamda uni takomillashtirish еtarli
darajada o‘rganilmaganligi, ayniqsa, zamonaviy kompyuter texnologiyalari va
kommunikasiya vositalaridan foydalanib mustaqil ta‘limni tashkil etishga еtarlicha
e‘tibor berilmayotganligi sezilmokda. Shuning uchun ham hozirgi kunda oliy
ta‘lim tizimida fanlardan mustaqil ta‘limni tashkil etish va talabalarning bilim
olishi uchun kompyuter dasturlari yaratish hamda ulardan o‘quv-tarbiya jarayonida
foydalanish metodikasini ishlab chiqish dolzarb
masalalardan biri ekanligi
shubhasizdir.
Respublikamizda «Ta‘lim to‘g‘risida» gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi» qabul qilinganligi natijasida ta‘lim tizimida zamonaviy pedagogik
texnologiyalardan foydalanib o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini yaxshilash, ta‘lim
tizimida yangi axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, jumladan,
kompyuter texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalangan holda ta‘lim sifatini
oshirish, o‘quv jarayoniga oid zamonaviy o‘quv-nazorat dasturlari ishlab chiqishga
bo‘lgan talab kuchaymoqsa. Shu sababli ta‘lim sifatini yaxshilash yo‘lida
uchraydigan muammolarni hal etishga qaratilgan ilmiy-metodik ishlarga zaruriyat
yanada ortib bormoqda.
Mustaqil
ta‘lim
topshiriqlari
va
ularning
mazmunini
ishlab
chiqish; talabalarning mustaqil ta‘lim mazmunini o‘zlashtirishlari, ularning bilim
darajalarini aniqlovchi pedagogik dasturiy vosita yaratish va undan foydalanish
metodikasini ishlab chiqish; talabalarning mustaqil ravishda o‘zlashtirgan
bilimlarini aniqlash uchun kompyuter dasturidan fanni o‘qitishda foydalanish
metodikasini ishlab chiqish.
Talabalarning faolligini oshirishda ularning mustaqil bilim olishi muxim o‘rin
tutsa, ularning mustaqil olgan bilim darajasini
aniqlash jarayonida esa, ularning
mustaqil ishlashi turadi. Talabaning mustaqil bilim olishida mustaqil ta‘limni
tashkil etish uslubiyatining o‘ziga xos talablarini xisobga olish zarur.
Dostları ilə paylaş: