11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari



Yüklə 2,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə171/225
tarix06.09.2023
ölçüsü2,82 Mb.
#141650
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   225
МАЖМУА-Пед-назария-ва-тарихи (1)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
GLOSSARIY
 
Akademik litsey
- o‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini 
hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi 
chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo‘naltirilgan 
ta‘lim olishlarini ta‘minlash maqsadida davlat ta‘lim 
standartlariga muvofiq o‘rta maxsus ta‘lim beruvchi, yuridik 
maqomga ega ta‘lim muassasasi. 
Akademiya - 
kadrlar tayyorlash va bilimlarning keng sohalari bo‘yicha 
oliy va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim dasturlarini amalga 
oshirishga imkon beruvchi, yuridik maqomga ega ta‘lim muassasasi. 
 
Amaliy ishlar metodi
– o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda qo‘llash 
ko‘nikmalarini shakllantiruvchi usul. 
 
Anomaliya
(yunoncha – anomal) - me‘yordan, umumiy qonuniyatlardan 
chetlanish, noto‘g‘ri rivojlanish. 
Anomal bolalarni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish
- korreksion 
pedagogikaning asosiy tushunchasi bo‘lib, nuqsonning darajasi va 
tuzilishiga mos keladigan metod hamda vositalar yordamida anomal 
bolalarni faol ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlash, ularda 
fuqarolik sifatlarini shakllantirish. 
 
Axloq 
(lotincha «moralis» - xulq-atvor ma‘nosini bildiradi) - ijtimoiy 
munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi, 
muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur 
bo‘lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari yig‘indisi. 
 
Axloqiy ong – 
shaxga axloqiy me‘yorlar va xulq-atvor qoidalari 
to‘g‘risidagi nazariy bilimlarni berish asosida hosil qilinuvchi ong 
shakli.

Yüklə 2,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   225




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin