Bilish–ta‘lim jarayonining metodologik asosi
dir.
Bilim–ikki pallaga – nazariya va amaliyotga bo‘linadi. Nazariya yangi
bilimni, yangicha bilishni ifodalovchi tizimli fikrdir. Nazariya har xil shakllarda
ifodalanadi: aksiyema, teorema, qonun, formula, grafik raqami va boshqa
nazariyada g‘oya shakllanadi.
Amaliyot bilimlarning haqiqiyligini ko‘rsatuvchi mezondir. Kuzatish,
tajriba, o‘zgartirish, yaratish–bular amaliyot shakllariga kiradi.
Amaliyot ijtimoiy hayot va tabiatning murakkab jarayonlarini bilib olishda
inson uchun asosiy qurol bo‘lib xizmat qiladi.
Ilmiy bilishning vazifasi xodisalarning mohiyatini, ularning rivojlanish
qonunlarini ochishdagina emas, balki biron-bir qonunning qay tariqa namoyon
bo‘lish sabablarini ham ko‘rsatib berishdan iborat.
Bilish–sezishdan
boshlanadi.
Sezgilar-odam
haqidagi
barcha
bilimlarimizning manbaidir.
Ta‘lim jarayonining mazmunini bilim, ko‘nikma va malakalar tashkil qiladi.
Demak, o‘quvchilar o‘qish orqali bilim bilan qurollanadilar.
Bunda bilimning o‘zi kifoya qilmaydi. Uni hayotda ko‘p unum beradigan
qilib qo‘llay bilish lozim. Buning uchun esa o‘qituvchida ko‘nikma va malaka
hosil qilish lozim.
Ko‘nikma-mashq qilish natijasida beriladigan harakatlar yig‘indisidir.
Bilim asosida ko‘nikma va malaka hosil bo‘ladi.
Bilim bajda kerak bo‘lsa, ko‘nikma mehnatda, dunyoni o‘zlashtirishda zarur.
Shu jihatdan o‘quv yurtlarida, maktablarda o‘quvchilar o‘rtasida bahslar,
bellashuvlar, o‘tkir zehnlilar mushoirasi, quvnoqlar va zukkolar bellashuvini
tashkil etish foydalidir.
Ta‘limning boshlang‘ich davrida o‘qituvchi analiz-yenitezdan ko‘proq
foydalanadi. Analiz-narsa va hodisalarni tarkibiy qismlarga ajralishdir. Sintez
jarayonida o‘quvchilar o‘rganilgan narsalar va hodisalar ayrim qismlarini,
elementlarini bir butun qilib birlashtiradilar. Sintez, analiz taqqoslash, induksiya
kabi usullar orqali o‘quvchilar o‘zlarida tushuncha hosil qilish imkoniyat ega
bo‘lishadi.
O‘qitish, jarayoni ikki faoliyat – o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini o‘z ichiga
oladi. O‘qituvchining faoliyati o‘quv materiallarini bayon qilishdan, o‘quvchilarda
fanga qiziqishni tarkib toptirishda, o‘quvchilarning mustaqil mashg‘ulotlariga
rahbarlik qilishdan, ularning bilim, ko‘nikmalarini tekshirish, o‘quv ishlariga
moyilligini uyg‘otish, rag‘batlantirish, bilim darajalarini holis baholashdan
iboratdir.
O‘qituvchining faoliyati ta‘lim jarayonining tashqi tomoni tashkil qiladi,
chunki u o‘qitadi, ta‘lim beradi. O‘quvchi faoliyati ichki jarayonini tashkil etadi,
chunki u o‘qituvchi bergan bilimni o‘qib, tushunib oladi.
Ta‘limning asosiy maqsadi, yosh avlodni ilmiy bilimlar, ko‘nikma va
malakalar bilan qurollantirishdan iboratdir. Ilmiy bilimlarni egallash-muayyan
fanlar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni idrok qilish, ularni izohlay bilish, mustaqil
ravishda
umumlashtirish,
xulosalar
chiqarish
demakdir.
Bular
asosida
o‘quvchilarda kuzatuvchanlik, tafakkur, xotira kabi bilish qobiliyatlari o‘sib
boradi, ularda e‘tiqod tarbiyalanadi.
Ta‘lim jarayonida fanning eng zaruriy, eng muhimlari asosi o‘rganiladi.
O‘qituvchi o‘z fanini qanchalik sodda usulda bayon qilmasin, u chuqur ilmiy
bo‘lishi lozim.
Ta‘lim jarayonining ilmiy, nazariy uslubiy va amaliy asoslarini, ya‘ni ta‘lim,
bilim berish, o‘qitish nazariyasi bilan pedagogikaning mustaqil o‘limi didaktika
shug‘ullanadi. Didaktika - grekcha so‘z bo‘lib, «didasko», ya‘ni o‘qitish, o‘rgatish
ma‘nolarini beradi. Ta‘lim qonuniyatlarini o‘rganish, tahlil qilish jarayonida ta‘lim
tushunchasi uning mohiyati mazmun va vazifalari, o‘kitish prinsiplari, shakllari
haqidagi bilimlarni bayon etiladi.
Ta‘lim - inson bilish faoliyatining eng murakkab turlaridan biri bo‘lib,
individual psixik rivojdanishni va bilimlarni o‘zlashtirishni ancha tezlashtiradi.
O‘qituvchi ta‘lim jarayonida faqat bilim berish bilan chegaralanmaydi, balki bu
jarayonda o‘qituvchi, talabaga ta‘sir ko‘rsatadi, bu esa ularning bilim olishlarini
yanada faollashtiradi, natijada o‘quvchi ta‘lim jarayonining faol ishtirokchisiga
aylanadi. Ta‘limdagi yutuqlar, avvalo o‘qituvchiga bog‘liq. Mutaxassis sifatyada
o‘z fanini chuqur bilishi, pedagogik muloqot ustasi bo‘lishi, psixologik-pedagogik
va uslubiy bilim va malakalarni egallagan bo‘lishi, har xil pedagogik vaziyatlarni
zo‘dlik bilan o‘rganish va baholash, pedagogik ta‘sir ko‘rsatishning maqbul usul va
vositalarini tanlab olish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.
Ta‘limning asosiy vazifasi shaxsni ilmiy bilimlar, ko‘nikma va malakalar
bilan qurollantirishdan iborat. Ta‘lim inson bilish faoliyatining bir turi sifatida bir
kecha ma‘noni bildiradi. Ya‘ni: ta‘lim oluvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalar
hosil qilish, ularda dunyoqarash, fikr va e‘tiqodlarni shakllantirish hamda ularning
qobiliyatlarini o‘stirishdir.
Ta‘lim orqali yosh avlodga insoniyat tajribasi orqali to‘plangan bilimlar
beriladi, zaruriy ko‘nikma va malakalar hamda e‘tiqodlar shallantiriladi.
Ta‘lim o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati bo‘lib, u ikki
tomonlama xarakterga ega, ya‘ni unda ikki tomon o‘qituvchi va o‘quvchi faol
ishtirok etadi. O‘qituvchi aniq maqsadni ko‘zlab, reja va dastur asosida bilim,
ko‘nikma va malakalarni singdiradi, o‘quvchi esa uni faol o‘zlashtyarib oladi.
Bildirish, bilish murakkab, qiyin, ziddiyatli jarayondir. Bu jarayonda inson
psixikasiga tegishlya sezgi, idrok, tasavvur va tafakkur kabi jarayonlar faol ishtirok
etadi va muhim rol o‘ynaydi.
Talim berish, yoshlarga bilim berish, ularda ko‘nikma va malakalarni hosil
qilish, yangi haqiqatlarni ocha oliyashga qodir bo‘lgan ijodiy mantiqiy tafakkurni
tarbiyalashdir. Ta‘lyam o‘quvchi-talabalarning o‘zlashtirish, o‘zida bilish
qobiliyatlarini hamda fikrlash operasiyalari va harakatlarini hosil qilyash
jarayonyadir. Bu passyav jarayon emas, balki o‘quvchiga noma‘lum faol, ijodiy
faoliyat, mehnat jarayonidir. Ta‘lim jarayonyada ta‘lim oluvchi bilmaslikdan
bilishgacha, noto‘g‘ri va noaniq bilishdan tobora to‘liqroq va aniqroq, chuqurroq
bilishgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tadi.
Bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida sezgi, idrok, tasavvur, tafakkur kabi
psixik jarayonlar faol ishtirok etadi va amaliyotda sinab ko‘riladi.
O‘qituvchi, o‘quvchi va talabalardagi fikrlash jarayonni to‘g‘ri yo‘lga solish
uchun amaliyot har qanday bilishning negizidir, degan qoidani hisobga olishi
zarur.
O‘quvchi va talabalarning erkin fikrlash qobiliyatini o‘quv va amaliy
mashg‘ulotlar o‘tkazish yo‘li bilan o‘qtirish lozim. O‘quvchi, talaba tafakkur
jarayonida voqyelikni tahlil qilishni va taqqoslashni, bilimlarning o‘zlari uchun
tushunarli sohalaridagi sabab-xulosalar chiqarishni o‘rganadilar, ya‘ni oddiy,
so‘ngra esa ancha murakkab tushuncha hamda fikr-mulohazalar hosil qilishni bilib
oladilar.
Ta‘limda o‘qituvchi bilim berish bilan cheklanmaydi, u o‘quvchilarning
fikrlash faoliyatiga ham rahbarlik qiladi, o‘quvchilarda ishdagi mustaqillik,
ijodkorlik qobiliyatlarini o‘stiradi va shu tariqa o‘rganilayotgan narsaning onglya
ravishda o‘zlashtirib olinishga erishiladi. Materialni idrok qilishlari va tushunib
olishlari bilan birga, uni puxta esda saqlab qolishlari to‘g‘risida ham g‘amxo‘rlik
qiladi.
O‘qituvchi o‘quvchi-talabaning bilish fazilatlarini tashkil qilish maqsadida
o‘quv ishlarini olib borar ekan, avvalo ta‘lim jarayoni orqali uch vazifani, ya‘ni
bilim berish orqali uch maqsadni hal qilishi lozimligini unutmasligi kerak. Bu
maqsadlar o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatini birlashtiradi.
1) Ta‘limiy maqsad–o‘quv materiallarining mazmunini bilish, ya‘ni ushbu fanga
tegishli ilmiy bilimlarni o‘zlashtirish va amaliyotga tadbiq qila olishdir.
2) Tarbiyaviy maqsad - fan asoslarini o‘zlashtirish orqali uning mazmunida yotgan
g‘oyalar, dunyoqarashlar ta‘sirida o‘zining shaxsiy sifatlarini, imon-e‘tiqodlarini
shakllantirishdir.
3) Rivojlantiruvchi maqsad - ta‘lim jarayoni ta‘sirida shaxsning aqliy kamolotini
bilish qobiliyatini, o‘qishga, mehnatga bo‘lgan munosabatini rivojlantirilhan
iborat.
Bu masalalarni amalga oshirish natijasida o‘quvchi- talabada mustaqil
ishlash iste‘dodi paydo bo‘ladi. Uni o‘ylashga o‘rgatadi, ta‘lim jarayonida tafakkur
hukmronlik qiladi. Ta‘lim turli bosqichlarda amalga oshadi.
Birinchi bosqich - o‘quv materiallarini idrok qilishdan iborat. Bunda
o‘quvchi-talaba ta‘limning mazmuni bilan tanishib, o‘zining bilish vazifalari
nimalardan iborat ekanini tushunib oladi. Bunda sezgi, idrok, tasavvur kabi
jarayonlar faol ishtirok etadi.
Ikkinchi bosqich - ular o‘quv materiallarini tushunib oladilar, uning
mohiyatini anglaydilar va umumlashtiradilar. Natijada ularda yangi bilimlar paydo
bo‘ladi. Buning uchun ular analiz, sintez, taqqoslash, xulosa chiqarishdan
foydalanadilar.
Uchinchi bosqich - yangi bilimlar, mashqlar, mustaqil ishlar, o‘kituvchining
qo‘shimcha izohlari orqali mustahkamlanadi.
To‘rtinchi bosqichda - ular o‘zlashtirib olgan bilimlarini imkoniyatga qarab
amaliyotga tadbiq qiladilar.
Bularni bilish orqali o‘qituvchi ta‘lim-tarbiya jarayonini samarali
boshqarishi mumkin. Shuning uchun o‘quv jarayonining hamma bosqichlarida
o‘qituvchi еtakchilik va boshqaruvchilik rolini o‘ynaydi. Yuqoridagi fikrlardan
xulosa chiqaradigan bo‘lsak, o‘qitish jarayoni bilish faoliyatining muhim tarmog‘i
sifatida qator vazifalarni bajaradi. Jumladan:
1) o‘quvchi va talabalarda bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qiladi;
2) ularda dunyoqarashni, ishonch va e‘tiqodlarini o‘stiradi;
3) yoshlarni muayyan darajada o‘qimishli, madaniyatli, tarbiyali kishilar bo‘lib
еtishishlariga, qobiliyat va iste‘dodlarini o‘stirishga erishiladi.
Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish uchun o‘qituvchida o‘z kasbiga
layoqat bo‘lishi lozim. Layoqatlilik pedagogik mehnatni muvaffaqiyatli bajarishga
qodir bo‘lishdir. Bu avvalo, pedagogik kasbning ijtimoiy roli va zaruriyatini
yaqqol tasavvur qila olishida ko‘rinadi. Bundan tashqari o‘qituvchi, o‘quvchiga o‘z
faoliyatining obyekti sifatida qiziqib qarashi, uning ehtiyoj va xususiyatlarini
tushuna bilishi lozim.
Bundan tashqari o‘qituvchi ta‘lim jarayonoda har bir o‘quvchi-talabaning
bilimi va tarbiyalanganlik darajasini aniqlay olishi va hisobga olishi, o‘quv
materiallarini to‘g‘ri tanlay bilishi, tahlil qila olishi va umumlashtira bilishi
pedagogik mohorat uchun zarur bo‘lgan ta‘lim usullari, vositalari va shakllarini
mukammal bilish, o‘quvchiga nisbatan talabchan bo‘lish pedagogik vaziyatga
qarab ulardan o‘rinli foydalana olish, ta‘lim natijalarini dastlabki va keyingi
ko‘rsatkichlar bilan taqqoslash, tahlil qilish va xulosalash kabilar. Xullas,
o‘qituvchi keng ko‘lamdagi didaktik bilimlarga, pedagogik mahoratga ega bo‘lishi
lozim.
Shundagina o‘qituvchi, kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari darajasida
ta‘lim jarayonini tashkil qiladi va boshqaradi.
Dostları ilə paylaş: |