4-MAVZU: SHAXSNING RIVOJLANISHI TARBIYASI VA
IJTIMOIYLASHUVI.
Reja:
1. Individ va shaxs haqida tushuncha.
2. Shaxsni kamol toptirishda tarbiya va faoliyatning o‘zaro bog‘liqligi.
3. Shaxs rivojlanishining yosh davrlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari.
4. Barkamol shaxs tarbiyasining ma‘naviy-ma‘rifiy asoslari.
Mavzu uchun tayanch so‘zlar
Rivojlanish va tarbiya, shaxs shakllanishi, irsiyat, muhit, jismoniy
rivojlanish, qobiliyat va iste‘dod.
Adabiyot:
1. Islom Karimov. «Barkamol avlod-O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori». T.
Sharq, 1997.
2. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T. «O‘zbekiston», 2000
yil.
3. Z.Mirtursunov. «Xalq pedagogikasi». T.1994 yil.
4. A.Q. Munavvarov. «Pedagogika». «O‘qituvchi» nashriyoti. T. 1996 y.
1.
Pedagogikada rivojlanish va tarbiyaning o‘zaro bog‘liqligi muhim muammolardan
bo‘lib, u ko‘p munozaralarga sabab bo‘ladi. Shaxsning rivojlanishi qiyin,
murakkab jarayon, u ko‘plab ichki va tashqi ta‘sirlar va omillar orqali ro‘yobga
chiqadi.
Inson hayot ekan, butun umri davomida o‘sib, rivojlanib, o‘zgarib boradi.
Bolalik, o‘smirlik va o‘spirinlik yillarida kamol topishi yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Rivojlanish deganda biz shaxsning ham jismoniy, ham aqliy va ma‘naviy
kamol topish jarayonini tushunamiz. Pedagogika va psixologiya fanlari
rivojlanishni biologik va sotsial hususiyatlari o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lgan
bir butun narsa deb hisoblaydi. Odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishi har
tomonlama kamol topishining samarali bo‘lishiga erishish maqsadida pedagogika
fani rivojlanishning qonuniyatlarini, unga ta‘sir etuvchi omillarni shuningdek,
shaxs kamolotida ta‘lim va tarbiya hamda faoliyatning ta‘siri, ahamiyatini
aniqlaydi va tahlil qiladi. Ma‘lumki, odam shaxs sifatida dunyoga kelmaydi, balki
uning shakllanishi avvalo hayot sharoitlariga bog‘liqdir. Shaxs hayot davomida
murakkab rivojlanish jarayonini boshdan kechiradi, natijada shaxsga aylanadi. Shu
sababli shaxsni ma‘lum ijtimoiy tuzumning mahsuli deb tushunishimiz lozim.
Har bir jamiyatda shaxsning shakllanishi, kamol topishi muammolariga
to‘g‘ri yondoshish uchun shaxsning tabiatini, tuzilishini, uning xulq-atvorini va
unga ta‘sir etadigan sabab va vositalarni bilish zarur.
Shaxsning rivojlanish jarayoni bir qancha omillar ta‘sirida sodir bo‘ladi.
Bular irsiyat, ya‘ni biologik omil hamda muhit, ta‘lim va tarbiya, shaxs faoliyati
(ijtimoiy omil) shaxsni shakllantirishning asosiy omillari deb tushuniladi.
Ma‘lumki, shaxs, inson tirik organizmdir, shu sababli uning hayoti biologiyaning
umumiy qonunlariga, yoshlar anatomiyasi va fiziologiyasining maxsus qonunlariga
bo‘ysunadi.
Shaxsning, ayniqsa, bolaning jismoniy rivojlanishi, sog‘lig‘pi biologik
omilga bog‘liqdir. Biologiyaning asosiy tushunchasi bo‘lgan irsiyatning, ya‘ni
bolaning nasl-nasabining roliga olimlarimiz alohida e‘tibor bermoqdalar. Har bir
bola insonlarga xos tug‘ma hususiyatlar bilan dunyoga keladi. Shunday ekan,
odam bolasi tug‘ilgandan so‘ng unda shaxs bo‘lib shakllanish, еtuk inson bo‘lib
voyaga еtishi imkoniyati mavjud bo‘ladi. Bola o‘zining avlod-ajdodlaridan
ko‘pincha biologik belgilarni meros sifatida qabul qilib oladi, hatto ayrim
kasalliklar ham nasldan-naslga o‘tadi. Biologik omillar shaxsning jismoniy
rivojlanishiga ham ta‘sir ko‘rsatadi. Shunday ekan, sog‘lom ota-onadan sog‘lom
farzand dunyoga kelishini unutmasligimiz lozim.
Oilaning sog‘lomligini, ota-onaniig totuvligi, bir-birini tushunishi, qo‘llab-
quvvatlashi o‘zaro izzat-hurmati belgilaydi.
Shaxs ijtimoiy hayotning mahsuli ekan, u albatta bolani o‘rab olgan muhit
ta‘sirida rivojlanadi. Shaxsning hayoti davomida muhit unga yo ijobiy, yo salbiy
ta‘sir ko‘rsatishi, rivojlanish imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi yoki yo‘q qilishi
mumkin.
Muhit-bu shaxsga ta‘sir etuvchi tashqi voqyea va hodisalar yig‘indisidir.
Bular: tabiiy muhit (geografik, ekologik) ijtimoiy muhit (shaxs yashayotgan
jamiyat) va boshqalar kiradi. Bular orasida ijtimoiy muhitning, ya‘ni shaxs
yashayotgan jamiyatning inson kamoloti uchun belgilangan imkoniyatlari
muhimdir. Shaxs rivojlanishiga erishish har bir jamiyatda amalga oshirilayotgan
tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi. Faqat tarbiya orqali insondagi rivojlanish
imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish mumkin. Tarbiya jarayonida aniq maqsad va
reja asosida shaxsga ta‘sir etiladi. Buning natijasida muhitdagi voqyealarning
to‘g‘ri ijobiy ta‘sirini amalga oshirish imkoni tug‘iladi. Muhit bera olmagan
narsalar tarbiya orqali hosil qilinadi, hatto tarbiya tufayli shaxsda tug‘ma
kamchiliklarni ham o‘zgartirib shaxsni kamolga еtkazish mumkin. Bundan tashqari
tarbiya muhitning salbiy ta‘siri tufayli tarbiyasi izdan chiqqanlarni ham qayta
tarbiyalaydi. Rivojlanish shaxs faoliyatidan tashqarida bo‘lmaydi. Shu sababli
odam faoliyati uning rivojlanishi uchun asos bo‘ladi. Pedagogik jihatdan to‘g‘ri
uyushtirilgan har qanday faoliyat hoh o‘yin, mehnat, o‘qish, sport va boshqalar
shaxsning rivojlanishiga ta‘sir ko‘rsatadi. Shaxs ulg‘aya borgan sari uning faoliyati
ham mazmunan, ham shaklan o‘zgarib boradi, turli yosh davrlarida esa faoliyat
turlari ham o‘zgarib boradi. Shu sababli bola hayotida o‘yin, o‘quvchi hayotida
o‘qish, kattalar hayotida mehnat faoliyatlari katta ahamiyatga egadir.
O‘quvchi va talabalarning rivojlanishida o‘quv jarayonlarining ahamiyati va
ta‘siri beqiyos kattadir. Bilimlarni o‘zlashtirish ularning tafakkurini o‘stiradi,
ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishning asosiy vositasi bo‘lib qoladi. Bu jarayonda
ularda ijtimoiy hulq mezonlari shakllanadi. Shaxs qaysi yoshda bo‘lishidan qat‘iy
nazar, ularning rivojlanishida mehnat faoliyatining ahamiyati kattadir. Ayniqsa,
mehnat insonning ham jismoniy, ham ma‘naviy kamol topishida muhim manba
hisoblanadi. Mehnat jarayonida uning ishtirokchilari bir-birlari bilan aloqada
bo‘ladilar, o‘zlarining nimaga qodir ekanliklarini ko‘rsatishga harakat qiladilar.
Mehnat orqali shaxsning axloqiy sifatlari tarkib topadi, ularda vatanparvarlik,
mas‘uliyat, intizomlilik, faollik ortadi. Ular o‘z-o‘zini tarbiyalashga astoydil
kirishadilar. O‘z-o‘zini tarbiyalashga ota-ona, o‘qituvchining tarbiyaviy ta‘siri
yanada samarali bo‘ladi. Tarbiya bilan rivojlanishning o‘zaro bir-biriga ta‘siri va
munosabatlari mavjud, chunki qayerda tarbiya jarayoni muammolari to‘g‘ri hal
etilsa, u shaxs kamolotiga samarali ta‘sir ko‘rsatadi. Kamol topgan shaxs
tarbiyaning roli va imkoniyatlariga ishonch bilan qaraydi.
Tarbiya shaxsning rivojlanishini ta‘minlashi uchun boladagi rivojlanishning
mohiyatini tushunish, bilish faoliyatining o‘zgarish sabablarini aniqlash zarur.
Tarbiya haqiqatan rivojlantiruvchi omil bo‘lmog‘i uchun tarbiya jamiyatning
tarbiya oldiga qo‘ygan talablarini, shaxsning o‘ziga xos hususiyatlarini bilishi
zarur. Pedagogika fani shaxs rivojlanishida tarbiyaning еtakchiligini e‘tirof etish
bilan birga ularning o‘zaro bir-biriga ta‘sirini tan oladi.
Shaxsning rivojlanib kamol topishi, hayotning hamma bosqichlarida bir xil
bo‘lmay, balki yosh hususiyatlari va hayot tajribalariga qarab har xil bo‘ladi.
Tarbiya jarayonida o‘sayotgan avlodning yosh va o‘ziga xos hususiyatlarini bilish
va hisobga olish juda zarur. Ma‘lumki, bir xil yoshdagi bolalarning,
o‘quvchi-talabalarning har birining o‘ziga xos hususiyatlari mavjud.
Insonning kamol topish jarayonini faqat irsiyat, ijtimoiy muhit va ta‘lim
tarbiyaga bog‘lab o‘rganish, talqin qilish ham haqiqatga unchalik to‘g‘ri
kelmaydi. Chunki ijtimoiy taraqiyotda shaxsning o‘zi ham faol ishtirok etadi.
Aytish mumkinki, ijtimoiy muhit, ta‘lim-tarbiya-shaxsning o‘zi faol ishtirok
etgandagina uning tug‘ma layoqatini uyg‘otadi, iste‘dod, qobiliyatlarini o‘stira
oladi. Agar kishi o‘z ishini sevsa, uning shu sohadagi iste‘dodi tezroq va kuchliroq
ro‘yobga chiqa boshlaydi. Shunday hollar ham uchraydiki, ba‘zan kishi bir soha
bilan qiziqadiyu, uning qobiliyati boshqa sohada ro‘yobga chiqadi. Bunday
hodisalar ko‘proq hali kishining qobiliyatlari to‘la ro‘yobga chiqmagan va
shakllanib bo‘lmagan hollarda yuz berishi mumkin.
Qobiliyat va iste‘dodning ro‘yobga chiqishida insonning muayyan faoliyatga
qiziqib qarashi bilan bir qatorda uning o‘z ustida ishlashi ham muhim ahamiyat
kasb etadi. Iste‘dodli kishilar o‘z iste‘dodlari-iqtidor kuchini to‘la ro‘yobga
chiqarish uchun o‘z ustilarida tinmay ishlashlari, mehnat qilishlari shart. Masalan,
mashhur yunon notig‘i-nutq ustasi Demosfenning (yeramizdan oldingi IV asr)
omma orasidagi dastlabki nutqlari muvafaqiyatsizlikka uchragan, uni hatto
mashara qilishgan. Demosfen duduq, ovozi xasta, qisqa-qisqa nafas oladigan kishi
edi. U doimo bir еlkasini uchirib turar edi. Lekin u aktyor Satirning maslahati bilan
o‘z nutqini takomillashtirishga kirishadi. Demosfen o‘z kamchiliklarini bartaraf
etish uchun irodalilik va qat‘iyatlilik ko‘rsatadi: u og‘ziga mayda toshlar va sopol
parchalarini solib so‘zlarni talaffuz qilishni mashq qildi, dengiz bo‘yida to‘lqinlar
shovqinida nutq so‘zladi, qoyalarga chiqib baland ovoz bilan she‘rlar o‘qidi, oyna
oldida turib yuz harakatlarini bir maromga keltirdi. Uy shiftiga qilichni osib
qo‘ydi, u odati bo‘yicha еlkasini har uchirganda qilich sanchilardi. Demosfen
haftalab uydan chiqmay notiqlikni o‘rgandi. Uydan chiqmaslik uchun sochining
yarmini qirdirib tashladi. Bunga o‘xshash misollarni ko‘plab keltirish mumkin.
Masalan, Alisher Navoiy, Ibn Sinolarning qunt bilan kitob mutolaa qilganlari,
A.V.Suvorov, Amir Temurlarning harbiy san‘atni egallash borasidagi mehnatlari
fikrimizning dalilidir.
Hayotda shunday hollar ham uchraydiki, ayrim kishilarda bolalik va
maktabda o‘qigan yillarida qulay muhit bo‘lishiga qaramay tug‘ma iste‘dod va
qobiliyat nishonalari ko‘rinmaydi. Biroq, keyinchalik qunt va mustaqil ishlash,
g‘ayrat va qat‘iyatlilik natijasida ular katta qobiliyat egalari sifatida maydonga
chiqishadi.
Mashhur kishilar hayoti shuni ko‘rsatadiki, ularning ijodiy faoliyatlaridagi
asosiy narsa uzluksiz ishlay bilish, oylab, yillab, o‘n yillab o‘z oldilariga qo‘yilgan
maqsad uchun intilish, kurashish, unga еtish yo‘llarini hormay izlashdir.
Har bir inson to‘kis hayotga to‘la imkonlar bilan yaratilgan. Ammo har bir
kishi o‘ziga xos o‘quv, qobiliyat va imkoniyatlarga ega. Demak, kishi o‘zining
shaxsiy hayot yo‘lini topa olsa, shu vaqtda uning hayoti jo‘shqin, faoliyati ijodkor,
mehnati unumli, foydasi mo‘l bo‘ladi. Kishi aslida haqiqiy baxtiyorlikka mehnat
jarayonida erishadi. Bu vaqtda unga g‘oyibona ruhiy madad beriladi, moddiy-
ma‘naviy yaratuvchanlik, yangi g‘oyaviy fikrlar uni amaliy-ijodiy yo‘llarga
chorlay boshlaydi. Shuning uchun ota-ona, oila a‘zolari, bog‘cha, maktab, ta‘lim-
tarbiya muassasalari har bir bolani uquvi, qiziqishi, qobiliyatiga asosan kasb
egallashiga mas‘uldirlar.
Talabalar-yoshlarga insonlarning nodir va betakrorligini, dunyoviy, diniy
ilmlarni uyg‘unligini tushuntirib berish zarurdir. Shundagina yoshlar ayrim
g‘ayridiniy oqimlar aslida noto‘g‘ri ekanligini ongli tushunadilar. Har bir kishi
azaliy yaxshi taqdir bilan yaratilgan.
Agar kishi o‘z hayot yo‘lini topa olsa, uning ongi mustaqil rivojlanib borib
ong osti yo‘nalishiga tusha olsa xuddi to‘lqinlarning mos kelishi kabi insonda
ma‘naviy ruhiy mutanosiblik sodir bo‘lib, u mukammal kamolot yo‘liga kiradi.
Dostları ilə paylaş: |