11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari


Tashkilotchilik qobiliyati



Yüklə 2,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/225
tarix06.09.2023
ölçüsü2,82 Mb.
#141650
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   225
МАЖМУА-Пед-назария-ва-тарихи (1)

Tashkilotchilik qobiliyati
-birinchidan, o‘quvchilar jamoasini uyushtirish, 
jipslashtirish, muhim vazifalarni hal etishga ruhlantirishni, ikkinchidan, o‘z ishini 
uyushtirishni nazarda tutadi. 
O‘z ishini tashkil etish deganda ishni to‘g‘ri rejalashtira olish va uni nazorat 
qila bilish nazarda tutiladi. Tajribali o‘qituvchilarda vaqtni o‘ziga xos his etish-
ishni vaqtga qarab to‘g‘ri taqsimlay olish, belgilangan muddatga ulgurish 
hususiyati hosil bo‘ladi. 
Dars davomida kutilmaganda ortiqcha vaqt sarflash hollari ba‘zan uchrab 
turadi. Ammo tajribali o‘qituvchi zarur hollarda darsning rejasini o‘zgartira oladi. 
Obro‘ orttira olish qobiliyati
-o‘quvchilarga bevosita emotsional-irodaviy 
ta‘sir ko‘rsatish va shu asosda obro‘ qozona olishdir. Obro‘ faqat shu asosdagina 
emas, balki o‘qituvchilarning fanni yaxshi bilishi, mehribonligi, nazokatliligi va 
xokazolar asosida ham qozoniladi. Bu qobiliyat o‘qituvchi shaxsiy sifatlarining 
butun bir yig‘indisiga, chunonchi, uning irodaviy sifatlariga (dadilligi, 
chidamliligi, qat‘iyligi, talabchanligi va xokazolarga), shuningdek, o‘quvchilarga 
ta‘lim hamda tarbiya berish mas‘uliyatini his etishga, o‘zining xaq ekanligiga 
ishonishga, bu ishonchni o‘quvchilarga etkaza olish kabilarga ham bog‘liq. 
O‘quvchilar qo‘pollik qilmaydigan, qo‘rqitmaydigan, to‘g‘ri talab qo‘ya 
oladigan o‘qituvchini juda hurmat qiladilar. O‘qituvchining bo‘shanligi, laqmaligi, 
savotsizligi va irodasizligini yoqtirmaydilar. 


To‘g‘ri muomala qila olish qobiliyati
- bolalarga yaqinlasha olish, ular 
bilan pedagogik nuqtai nazardan juda samarali o‘zaro munosabatlar o‘rnata bilish, 
pedagogik nazokatning mavjudligi. 
Kelajakni ko‘ra bilish qobiliyati
-o‘z harakatlarining oqibatini ko‘ra 
bilishda, o‘quvchining kelgusida qanday odam bo‘lishini tasavvur qila olishida, 
tarbiyalanuvchida qanday fazilatlarni taraqqiy ettirish lozimligini oldindan aytib 
bera olishda ifodalanadi. Bu qobiliyat pedagogik optimizmga, tarbiyaning 
qudratiga, odamga ishonch bilan bog‘liqdir. 

Yüklə 2,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   225




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin