O‘z fanini va predmeti sohasi bo‘yicha chuqur va har tomonlama mukammal
bilimlariga ega bo‘la olishi, o‘z ustida ishlash qobiliyati.
Amaliyotda eng obro‘li, bilimdon pedagoglar
birinchi navbatda insoniy
bilimdonlik sohiblari bo‘lishadi va shundaylarni o‘quvchilar yaxshi qabul
qilishadi. Chunki zamonaviy o‘quvchi ko‘plab ma‘lumotlarga ega, uning
psihologiyasi, talab-takliflarini aniq bilib til topisha
olgan shaxsgina pedagogik
jarayonda katta yutuqlarga erishadi.
Buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy aytganidek, «Muallimning maqsadi
mansab uchun kurash bo‘lmasligi, bilmagan ilmlarini aytmasligi, o‘zini ko‘rsatish
uchun dars bermasligi, ochko‘zlik va johillik qilib,
quruq gap sotmasliklari,
g‘avg‘o ko‘tarmasliklari lozim». U muallimlikni olijanob va faxrli kasb deb
hisoblaydi. Shu sababdan bo‘lsa kerak:
Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila,
Aylamak bo‘lmas oning xaqqin ado ming ranj ila.
Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib,
katta natijaga erishadi, o‘z
ishining natijasi bilan mo‘jizalar yaratadi, ijodkorlik uning hamisha hamkori
bo‘ladi.
Pedagogik ishga qobiliyatli, iste‘dodli kishidagina pedagogik mahorat
bo‘lishi mumkin.
O‘qituvchining qobiliyatlari
Qobiliyat malaka va uddaburonlikdan farq qiladi. Malaka va uddaburonlik
mashq, o‘qish
natijasi hisoblansa, qobiliyatning rivojlanishi uchun esa yana
iste‘dod, layoqat va zehn, ya‘ni inson nerv tizimida anatomo-fiziologik
hususiyat
bo‘lishi ham zarur.
Pedagogik faoliyatning samarali bo‘lishi uchun o‘qituvchida qobiliyatning
quyidagi turlari mavjud bo‘lmog‘i lozim:
Dostları ilə paylaş: