rivojlangan mamlakatlarning ilg‗or ta‘lim muassasalari va ilmiy
markazlarida ustuvor yo‗nalishlar bo‗yicha oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog
kadrlar tayyorlanishi uchun sharoitlar
yaratib berish;
fan, texnologiya va ta‘lim sohasida rivojlangan mamlakatlar bilan xalqaro
hamkorlikni chuqurlashtirish.
KADRLAR MALAKASINI OSHIRISH VA ULARNI QAYTA
TAYYORLASH
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash mutaxassislarning
kasb bilimlari va ko‗nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirishga qaratilgan.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta‘lim muassasalaridagi
o‗qish natijalariga ko‗ra davlat tomonidan tasdiqlangan
namunadagi guvohnoma
yoki sertifikat topshiriladi.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini tashkil etish
va rivojlantirish uchun quyidagilar zarur:
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimi faoliyatida
yangicha tarkib, mazmun hamda bu tizimni boshqarishni shakllantirish;
yuqori malakali o‗qituvchi-mutaxassis kadrlar tayyorlash va sohani ular
bilan to‗ldirib borishni ta‘minlash;
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimining bu sohada
raqobatga asoslangan muhitni shakllantirishni va samarali
faoliyat olib borishni
ta‘minlovchi normativ bazasini yaratish;
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta‘lim muassasalarini
davlat attestatsiyasi va akkreditatsiyasidan o‗tkazish tizimini ishlab chiqish va
amaliyotga joriy etish;
iqtisodiyotning
davlat va nodavlat sektorlari, mulkchilikning turli
shaklidagi tashkilot va muassasalarning talab-ehtiyojlariga muvofiq kadrlar va
mutaxassislarni ildam qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirishni
ta‘minlovchi davlat va nodavlat ta‘lim muassasalarini tashkil etish va
rivojlantirishga ko‗maklashish;
professional treningning ilg‗or texnologiya va uskunalarini,
shuningdek
murakkab, fan yutuqlarini talab qiluvchi texnologiya jarayonlari imitatorlarini
ishlab chiqish, yaratish va amaliy o‗zlashtirib olish.
Dostları ilə paylaş: