mantiqini o‘quvchilar ehtiyojlariga muvofiq holda loyihalaydilar.
Hamkorlik
pedagogikasining tub mohiyati ham ana shundan iborat.
Shunday qilib, pedagogik faoliyat maqsadining o‘ziga xosligi o‘qituvchidan
quyidagilarni talab qiladi:
- jamiyatning ijtimoiy vazifalarini to‘la anglab, o‘z shaxsiga qabul qilishi.
Jamiyat maqsadlarining «o‘sib», uning pedagogik nuqtai nazariga aylanishi;
- muayyan harakat va vazifalarga ijodiy yondoshishi;
- o‘quvchilar qiziqishlarini e‘tiborga olish, ularni pedagogik faoliyatning
belgilangan maqsadlariga aylantirish.
Pedagogik faoliyatning o‘ziga xosligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi.
Inson tabiatning jonsiz moddasi emas, balki o‘zining alohida hususiyatlari,
ro‘y berayotgan voqyealarni idrok qilishi va ularga o‘zicha baho beradigan
takrorlanmaydigan faol mavjudotdir. Psixologiyada ta‘kidlanganidek, har bir shaxs
takrorlanmasdir.U pedagogik jarayonning o‘z maqsadi, ishtiyoqi va shaxsiy xulqqa
ega bo‘lgan ishtirokchisi hamdir.
Pedagog doimo o‘sib-o‘zgarib boradigan inson bilan ishlaydi. Ularga
yondoshishda
bir xil qolip, shakllanib qolgan xatti-harakatlardan foydalanish
mumkin emas. Bu esa pedagogdan doimo ijodiy izlanib turishni talab qiladi.
O‘quvchilarga pedagogdan tashqari, atrof muhit, ota-ona, boshqa fan
o‘qituvchilari, ommaviy axborot vositalari ijtimoiy hayot ham ta‘sir etadi. Shuning
uchun ham pedagog mehnati bir vaqtning o‘zida jamiki ta‘sirlarga va
o‘quvchilarning o‘zida paydo bo‘lgan fikrlarga tuzatishlar kiritib borishni nazarda
tutadi.
O‘quvchi shaxsiga doimo ijobiy-axloqiy ta‘sir ko‘rsata oladigan kishigina
haqiqiy tarbiyachidir. Bunga erishish uchun pedagog o‘zining axloqiy sifatlarini
doimo takomillashtirib borishi zarur.
O‘quvchilarni mehnat, muloqot, o‘yin, o‘qish kabi faoliyat turlarida ishtirok
etishlari tarbiyaning asosiy vositasi hisoblanadi. Har bir mohir pedagog o‘zining
individual pedagogik tizimiga ega bo‘lishi kerak.
Ayrim pedagoglar kasbiy mahorat sirlarini egallash uchun, avvalo, ta‘lim-tarbiya
metodlarini takomillashtirishga intiladilar. Bu tabiiy hol,
chunki aynan metodlar
yordamida pedagog o‘z o‘quvchilarini turli o‘quv faoliyatiga jalb qiladi. Shu bilan
birga o‘quvchilarni bilim olishga qiziqtirishda o‘qituvchi tomonidan tanlangan
metodlar, usullar va topshiriqlardan boshqa sabablar ham ta‘sir etadi. Pedagog
faoliyatining muvaffaqiyatli kechishi uning shaxsi, harakteri, o‘quvchilar bilan
muomalasiga ham ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Odatda bularning ta‘lim-tarbiya
jarayoniga ta‘siri ahamiyatsizdek tuyuladi. Ammo tajribali pedagog, uning xatti-
harakati o‘quvchilarga qanday ta‘sir ko‘rsatayotganligiga
ahamiyat berib, unga
kerakli tuzatishlar kiritib, takomillashtirib boradi. Shuning uchun ham pedagogik
mahoratni o‘qituvchi shaxsi sifatlarini majmui sifatida qaralib, uni o‘qituvchi
yuqori darajada psixologik-pedagogik tayyorgarlikka ega bo‘lishi bilan bog‘liq
bo‘lishini unutmaslik lozim.
Pedagogik mahorat yaxlit tizim sifatida quyidagi tarkibiy qismlardan iborat
bo‘ladi:
- pedagog shaxsini insonparvarlik yo‘nalishiga ega bo‘lishi, uning
qiziqishlari, qadriyat yo‘nalishlari va ideallarining oliy maqsad-barkamol avlod
tarbiyalab еtishtirishga yo‘naltirilganligi;
- mutaxassislik fanlari, o‘qitish
metodikasi, pedagogika-psixologiyadan
mukammal bilimga ega bo‘lish;
- pedagogik qobiliyatga ega bo‘lish (muloqotga moyillik, ishchanlik,
kelajakni tasavvur qila olish, kasbiy mustaqillik, sensor axborotlarni tezlik bilan
anglash (yuzidan o‘qib olish);
- pedagogik texnikani egallash, ya‘ni o‘z-o‘zini boshqara olish, o‘zaro ta‘sir
etish va hamkorlikda ishlashni uddalash.
Pedagogik mahorat o‘ziga bolalar haqidagi,
ularning psixologiyasi
to‘g‘risidagi, maktab haqidagi, ta‘lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va uning
mazmuni, metodlari haqidagi keng bilimlarni qamrab oladi. Bu bilimlar umumiy
pedagogik madaniyatni tashkil etadi, o‘qituvchi, tarbiyachi bu madaniyatni
egallamasa, hyech vaqt o‘z ishining chinakam ustasi bo‘la olmaydi, yomon, eski
usuldan, bir qolipdagi tayyor andozalarni ishlatishdan nariga o‘tmaydi.
Biroq, zamonaviy o‘qituvchiga birgina umumiy madaniyatning o‘zi kifoya
qilmaydi-maxsus bilimlar va malakalar-bolalarni kuzatish, ularning o‘sishdagi
muhim narsalarni aniqlay olish, ularni rivojlantirish yo‘llari va usullarini aniqlash,
turli o‘zaro ta‘sirini chuqur tahlil qilish, pedagogik izlanishlar va yutuqlarni ilmiy
jihatdan bir tizimga solish malakalari zarur bo‘ladi.
Shunday qilib, pedagog-muallim o‘z mahoratiga
quyidagi bosqichlarda
erishishi mumkin:
- Pedagogika-psixologiya fanlarini chuqur o‘rganish.
- Maxsus fanlar, ularni o‘qitilish metodikasini chuqur bilish.
- Pedagogik amaliyotda faol igshtirok etish va uni samarali o‘tkazish.
- O‘z faoliyatini doimo tahlil qilib, unga nisbatan tanqidiy munosabatda
bo‘lish.
- O‘z ustida mustaqil ishlash, malaka oshirish kurslarida o‘qib borish.
Dostları ilə paylaş: