11-mavzu: mahalliy moliya reja



Yüklə 55,78 Kb.
səhifə2/4
tarix05.12.2023
ölçüsü55,78 Kb.
#172824
1   2   3   4
11-MAVZU MAHALLIY MOLIYA

Mahalliy byudjet – Davlat byudjetining tegishli viloyat tuman,
shahar pul mablag‘lari jamg‘armasini tashkil etuvchi bir qismi bo‘lib,
unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan
mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.
Respublika byudjeti – Davlat byudetining umumdavlat
tusidagi tadbirlarni moliyalashda foydalaniladigan qismi bo‘lib, unda
daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek,
moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan
mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.
Mahalliy byudjet davlat byudjetining muhim va ajralmas
tarkibiy qismi bo‘lib, u orqali hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishi moliyaviy mablag‘lar bilan ta’minlab boriladi. Mahalliy
byudjetlarning mavqeyini yanada oshirish byudjet siyosati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Davlat byudjeti daromadlarining
katta qismini joylarga berish, byudjetlarni mustahkamlash zarur. Bu
esa mintaqalar mustaqilligini oshirish, ularning tashabbuskorligini,
byudjetning ijrosidagi manfaatdorligi va bu boradagi mas’uliyatini
oshirish imkonini beradi. Bundan tashqari bu narsa mahalliy
byudjetlarga tushumlarning yangi manbalarini qidirib topishga
rag‘batlantiradi, joylarda byudjet intizomini mustahkamlaydi.

Mahalliy
topadi:
1.Qonun

byudjet

daromadlari

quyidagilardan tashkil

hujjatlarida

belgilangan

normativlarga

muvofiq

mahalliy byudjetlarga yo‘naltiriladigan mahalliy soliqlar, yig‘imlar,
bojlar va boshqa majburiy to‘lovlar;
161
2.Qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq
mahalliy byudjetlarga o‘tkaziladigan umumdavlat soliqlari,
yig‘imlari, bojlari va boshqa majburiy to‘lovlar;
3.Qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq davlat
mulki obyektlarini joylashtirish, foydalanishga berishdan olingan
daromadlar;
4.Qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq meros
olish, hadya etish huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul
mablag‘lari;
5.Yuqori byudjetlardan beriladigan byudjet dotatsiyalari,
byudjet subvensiyalari va byudjet ssudalari;
6.Yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el
davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
7.Qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar
hisobiga.
O‘zbekiston Respublikasi mahalliy byudjetlari tomonidan
xarajatlarni amalga oshirish uchun tegishli daromadlarga ega bo‘lishi
kerak. Shuning uchun mahalliy byudjet daromadlarini shakllanishining amaldagi holati va ushbu jarayondagi daromad manbalarini
tahlil qiladigan bo‘lsak, avvalambor, daromadlarning shakllanishiga
e’tibor berish lozim.
Bulardan tashqari, byudjet ijrosi jarayonida yuqori byudjet bilan
yuzaga keladigan o‘zaro hisob-kitoblar hisobiga shakllanadigan
daromadlar ham mahalliy byudjet daromadlari bo‘lishi mumkin.
Shunga muvofiq mahalliy byudjetlar daromadlari o‘z daromadlari
(mahalliy soliqlar va yig‘imlar) va yuqori byudjetdan ajratiladigan
ajratmalar (umumdavlat soliqlaridan ajratmalar, dotatsiyalar,
subvensiyalar, ssudalar) hisobidan shakllanadi.
Mahalliy byudjetlarning eng birinchi daromad manbai bo‘lib
mahalliy soliqlar va yig‘imlar xizmat qiladi. Bu daromad turlari
qonunchilikka asosan mahalliy byudjetlarga biriktirilgan
daromad manbai
hisoblanadi.
Mahalliy soliqlar va yig‘imlar quyidagilardan iborat:
1.Mol-mulk solig‘i;
2.Yer solig‘i;
162
3.Transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz
uchun jismoniy shaxslardan olinadigan soliq;
4. Savdo huquqini olish uchun yig‘im va tovarlarning ayrim
turlari, jumladan, spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari bilan
savdo qilish huquqini olish uchun litsenziya yig‘imlari;
5. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar
hamda jismoniy shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yig‘im.
Mahalliy soliqlar va yig‘imlar mahalliy byudjetlar tarkibida
birinchi moliyaviy manba sifatida qaralsa ham, bu soliqlar va
yig‘imlar mahalliy byudjetga biriktirilgan xarajatlarini to‘lashda
yetarli moliyaviy manba bo‘la olmaydi. Mahalliy byudjet
balansliligini ta’minlash uchun byudjet parametrlarini belgilash
vaqtida yuqori byudjetdan quyi byudjetga ajratiladigan dotatsiya va
subvensiya miqdorlari belgilanadi.
Respublika byudjetidan subvensiyalar va dotatsiyalar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar
byudjetlariga tasdiqlangan Davlat byudjeti doirasida ajratiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent
shahar byudjetlaridan byudjet subvensiyalari va dotatsiyalari
tumanlar va shaharlar byudjetlariga tegishli tasdiqlangan byudjetlar
doirasida ajratiladi. Ularning miqdori quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi:
1. Hududning moliyaviy holatiga o‘z daromadlari bazasining
yetarliligiga;
2. Ijtimoiy – iqtisodiy, ekologik, demografik va boshqa
umumdavlat dasturlari va vazifalariga;
3. Hududlar bo‘yicha tovar ( ish, xizmat)lar qiymatidagi farq;
4. Har bir hududdagi aholi soniga;
5. Byudjet assignovasiyasidagi hududlarda joylashgan
tashkilotlar ehtiyojlarga ;
6. Mintaqalarda moliyaviy disbalansni yo‘qotishga ta’sir etuvchi
boshqa omillar.
O‘zbekiston Respublikasining “Byudjet tizimi to‘g‘risida”gi
Qonuniga asosan mahalliy byudjetlarga bir qancha cheklovlar
belgilangan. Mahalliy byudjetlar balansli daromadlar va xarajatlarga
ega bo‘lishi kerak, mahalliy byudjetlarning taqchilligiga yo‘l
qo‘yilmaydi.
163
Mahalliy byudjetlarni qabul qilish va ijro etishda:
1. Qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan manbalar hisobiga
jamg‘armalar tashkil etishga;
2. Mablag‘ jalb qilishni amalga oshirishga (yuqori byudjetdan
quyi byudjetga beriladigan ssudalar bundan mustasno);
3. Byudjetdan ajratiladigan tasdiqlangan mablag‘dan ortiqroq
mablag‘ sarflashga;
4. Byudjet mablag‘lari hisobidan boshqa shaxslar foydasiga
moliyaviy kafolatlar va kafilliklar berishga;
5. Yuridik va jismoniy shaxslarga byudjet ssudalari berishga
yo‘l qo‘yilmaydi.

Yüklə 55,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin