11-mavzu. Marketing tizimida sotish siyosati reja



Yüklə 114,97 Kb.
səhifə9/9
tarix11.08.2023
ölçüsü114,97 Kb.
#139140
1   2   3   4   5   6   7   8   9
11-mavzu

Qisqacha xulosalar
Marketing faoliyatining eng muhim va ajralmas tarkibiy qismi tovarni sotish joyini topish va taqsimlash hisoblanadi. Bu jarayonda tashkiliy nuqtai nazardan eng murakkab vazifa – ishlab chiqarilgan tovarni pirovard iste’molchiga yetkazish hal etiladi. Tovarlarni iste’molchilarga yetkazib berish uchun ishlab chiqaruvchilar dastavval sotuv kanallari faoliyatini yo’lga qo’yish kerak. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan tanlagan sotuv kanali marketing bo’yicha qolgan jami boshqa yechimlarga ta’sir ko’rsatadi – narxlar, reklama xizmati, oraliq saqlash omborlarini tashkil qilish, transport xizmatidan foydalanish, o’z savdo nuqtalarini ochish va hokazolar shular jumlasidandir.
Sotuv kanali - tovarlarni ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilargacha bo’lgan joyga tovar harakatini amalga oshirish va mulk huquqini o’z zimmasiga oladigan tashkilotlar, korxonalar, shaxslar to’plami yoki ishlab chiqarishdan iste’molchi joylashgan joygacha tovarni yetkazib berish yo’li.
Tovar muomalasi jarayonida savdo faoliyatida bajariladigan barcha xo’jalik-tijorat operasiyalari shartli ravishda ikki guruhga bo’linadi – ulgurji savdo va chakana savdo. Dastlab tovarlarning ulgurji savdosi amalga oshirilib, tovar muomalasining yakunlovchi bosqichi chakana savdo bilan iste’molga aylanadi.
Tayanch so’z va iboralar. Tovar harakati, sotuv kanallari, bevosita kanallar, bilvosita kanallar, chakana savdo, ulgurji savdo, tovar taqsimoti, savdo vositachilari, supermarket, universam, tijorat ishi.


O’zini-o’zi nazorat va muhokama qilish uchun savollar
1. Sotuv kanali deganda nimani tushunasiz?
2. Kalta sotuv kanali samarali bo‘ladi. Ushbu fikrni izohlang.
3. Sotuv kanalini aniqlash borasida asosli omillarni ko‘rsating va tavsiflab bering.
4. Chakana va ulgurji sotuvchilar o‘rtasida farq bormi? Agar bo‘lsa ular nimadan iborat?
5. Korxona marketingni boshqarishning tashkiliy strukturalarini tanlashda qanday omillarni hisobga olishi kerak? Har bir tashkiliy strukturaning afzallik va kamchilik tomonlarini muhokama qiling.
6. «Prokter end Gembel» kompaniyasi keng miqyosda mamlakatlararo yuvish mahsulotlarini sotmoqda. Aytingchi, qaysi tamoyil (funksional, geografik, tovarli, iste’molchiga yo‘naltirilgan va boshq.) yordamida marketing xizmati tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir?
7. Qaysi turdagi taqsimot kanallari orqali quyidagi tovarlarni iste’molga yetkazish qulayroq:
a) Salqin ichimliklar;
b) Neksiya, Spark, Damas avtomobillari;
c) Xon-atlas gazlamasi;
d) Lazer disklari;
e) Darsliklar.
Yüklə 114,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin