11-mavzu. Nomukammal bozorlarda firmalar faoliyati



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/23
tarix19.05.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#58653
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
11 mavzu

Qisqacha xulosalar 
Sof monopoliya raqobatlashgan bozorning aksi bo’lib, bu erda bitta sotuvchi va 
ko’plab haridorlar qatnashadi. Sof monopolistning raqobatchisi yo’q. Monopolist o’zining 
bozorida yagona sotuvchi firma hisoblanadi. Hukumat bitta firmaga ishlab chiqarishda 
yagonalik huquqini beradi. Va u faqat o’zi ishlab chiqargan mahsulot yordamida bozorda 
yagona bo’lish imkonini qo’lga kiritib butun bozorni to’yintiradi.
Sof monopoliya mahsulot o’rnini bosadigan boshqa mahsulot bo’lmagan hududlarda 
vujudga keladi. Umuman olganda jahon va milliy bozorlarda bitta mahsulotni bitta 
sotuvchi tomonidan sotilishi kamdan-kam uchraydi. Sof monopoliya ko’proq mahalliy 
bozorlarga xos bo’ladi. Masalan, tumandagi yagona kitob magazini, yagona telefon 
stantsiyasi, yagona tish doktori, yagona jarrox yoki bo’lmasa mahalliy kommunal xo’jaligi 
xizmati. Yuqorida keltirilgan sub’ektlar bozor sharoitida narxga ta’sir qilish uchun real 
hokimiyatga ega.
Monopolist bozorda yagona ishlab chiqaruvchi hisoblanib, o’z mahsuloti uchun 
biror narx belgilashdan avval talab egri chizig’iga yuzlanadi. Monopolist tomonidan 
ishlab chiqarish oshiriladi, u ishlab chiqarilgan barcha bir birlik mahsulotlaridan 
daromadlar miqdorini kamaytirmaslikka harakat qiladi. Natijada, monopolistning chekli 
daromadi har doim uning o’rnatadigan narxidan past bo’ladi.
Raqobatli firma va monopol firma o’rtasidagi asosiy farq mahsulotining narxini 
tushirish yoki oshirish monopolistning ixtiyorida bo’lib qoladi. Raqobatli firma faoliyatida 
mahsulotining ishlab chiqarish narxini belgilashda bozor unsuri kichik nisbiy ahamiyatga 
ega bo’ladi. Bozor sharoitida berilgan talab kabi narxni talabdan kelib chiqib ham 
belgilaydi.


Sof monopoliyaning vujudga kelishiga ta’sir qiluvchi omil bu - tarmoqqa kirish 
to’siqlarining kuchliligidir.
Tarmoqga kirish to’siqlari - bu monopol firma bozoriga boshqa sotuvchilarni kirib 
kelishini to’xtatuvchi cheklanishlar. Tarmoqga kirish to’siqlaridan quyidagilarni ko’rsatish 
mumkin: davlat tomonidan berilgan maxsus huquq, patentlar va mualliflik huquqi, biror 
bir ishlab chiqarish resursi taklifiga egalik qilish. Masalan, Amerikaning «De Birs» 
kompaniyasi jahonda sotiladigan, qayta ishlanmagan olmosning 85 foizini nazorat qilgani 
uchun, olmos bozorida monopol hokimiyatga ega. Yuqoridagilardan tashqari insonning 
noyob qobiliyati va bilimi ham manopoliyani vujudga keltiradi. Ishlab chiqarish ko’lami 
kengayishining musbat samarasi ham tarmoqqa kirish uchun to’siq bo’lishi mumkin. 
Masalan, 
avtomobil 
zavodi 
ma’lum 
miqdorda 
avtomobil 
ishlab 
chiqarishga 
erishgandagina, uning umumiy harajatlari minimal bo’ladi.
Bozordagi talab egri chizig’i monopolist uchun uning bozordagi kuchiga va foyda 
olish imkoniyatiga ta’sir etishi mumkin. Narx o’rtacha harajatlardan yuqori qilib 
belgilanishi, tovar uchun shu narx bilan sotilganda iqtisodiy foyda olinishi kerakligi 
kompaniya tomonidan hisobga olinadi. Firma o’z tovariga narx qo’yganda foydani 
maksimallashtirishni 
ko’zlaydi. 
Foydani 
maksimallashtiruvchi 
narx, 
odatda, 
monopollashgan bozorda amal qiladi.
Monopolist ko’pincha haridorning belgilangan narxni to’lash uchun tayyorligiga 
asoslangan holda mahsulot ishlab chiqarish hajmini belgilaydi. Shu orqali jamiyat 
farovonligi uchun turli narxlar qo’llanilsada daromadlarini oshirish mumkin. Narxni 
disrkiminatsiyalashda ba’zi iste’molchilar uchun ijobiy tomoni bor, biroq iqtisodiy 
farovon jamiyatdagina mahsulot sotish hajmini oshirish mumkin, aks holda ishlab 
chiqarilgan mahsulotni sotib bo’lmaydi. Optimal narx o’rnatishda, monopolist 
samarasizlik nuqtasini bartaraf qiladi va bozorda barcha ortiqcha bo’lmagan tovarlargina 
sotuvga chiqadi. Narxni deskriminatsiyalash nomukammal bo’lsa, monopolist o’sha 
belgilagan narxi bilan ko’zlagan natijasiga erisha olmaydi.
Monopolistik raqobat bu o’zidan nomidan kelib chiqqanda to’g’ri tushuncha: Bu 
Monopoliya va raqobatni birlashuvi. Monopoliyaga o’hshab har bir Monopolistik 
raqobatchi firma pasayuvchi talab chizig’iga ega bo’ladi va narx chekli harajatdan baland. 
Mukammal raqobatlashgan bozor singari firmalar soni ko’p, bozorga kirish va chiqishning 
erkinligi har bir Monopolistik raqobatchi foydalarini nolga yo’naltiradi. 11.1-jadvalda 
shbu darslar jamlangan.
Chunki, Monopolistik raqobatchi firmalar turli hildagi maxsulotlar ishlab chiqaradi, 
hamda firma o’zini mahsulotlariga iste’molchini jalb qilish uchun reklama beradi. 
Ma’lum miqiyosda, reklama iste’molchilar didiga ta’sir qiladi,tovarning ma’lum turiga 
moyillik tug’diradi va raqobatni saqlaydi. Birgina reklamaning o’zi iste’molchilarga tovar 
to’g’risida ma’lumot beradi, markalarini sifatiga kafolat bergan savdofirmalarini aniqlab 
beradi va raqobatni kuchaytiradi.

Monopolistik raqobat nazariyasi iqtisodiyotda ko’plab bozorlarini tasvirlab beradi. 
Buning achinarli tomoni, nazariya davlat siyosati ucun oddiy va muxim bo’lgan 
maslahatni bera olmaydi. Iqtisodchi- nazariyachi ilmi nuqtai nazaridan Monopolistik 
raqobatlashgan bozordagi resurslar taqsimoti mukammal emas. Lekin iqtisodchi- 
amaliyotchi ilmi nuqtai nazaridan uni yaxshilash uchun ozmuncha ishlar qilib yuborish 
mumkin.



Monopolistik raqobatlashgan bozor uch xususiyati bo’yicha tafsiflanadi:
Firmalarning ko’pligi, turli hildagi maxsulotlar ishlab chiqaradi va bozorga erkin kiriadi.

Monopoliyaning standart qaytarilmas yo’qotishlari mavjud bo’lib,bunda narx chekli 
harajatdan baland bo’lishiga sabab bo’ladi. Bundan tashqari firmalar soni (va shu o’rindai 
maxsulotlarning xilma xilligining) o’ta ko’p yoki o’ta kam bo’lishi mumkin.
Monopolistik tanlov: Sof raqobat va Monopolistik raqobat 

Monopolistik raqobatlashgan bozordagi muvozanat mukammall raqobatlashgan 
bozornikidan ikki o’zaro bog’liq holatlari bilan ajralib turadi. Birinchidan, monopolistik 
raqobatlashgan bozorning har bir firmasida ortiqcha ishlab chiqarish imkoniyatlari 
mavjud. Bu esa o’rtacha umumiy harajat egri chizig’ini kamayayotgan qismida bo’ladi. 
Ikkinchidan har bir firma narxni chekli harajatdan baland qo’yadi.

Monopolistik raqobat mukammall raqobatning barcha xususiyatlariga ega emas.

Monopolistik raqobat bozoriga maxsulotlarning xilma-xilligi xos, reklama qilish va 
firma nomlaridan foydalanishga olib keladi. Tanqid qiluvchilar reklama va savdo 
markalarini firmalar iste’molchilar didlarini o’zgartirish va raqobatni pasaytirish uchun 
ishlatishadi deb uqtiradilar. Reklamani va savdo belgilarini yoqlovchilar firmalar ularni 
iste’molchilarga ma’lumot berish, narx va sifat bilan raqobatlashish uchun foydalanishadi 
deyishadi. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin