Bir qarashda, kitob bozori mukammal raqobatlashgan ko’rinadi. Kitob do’konidagi
javonlarga qarasangiz, ko’plab mualliflar va ko’plab nashriyotlarning sizning
e’tiboringizni
tortish
uchun
raqobatlashayotganini
korasiz.
Xaridor
minglab
raqobatlashayotgan adabiyotlardan tanlab olisi mumkin. Bu tarmoqga har kim kirib kela
olishi mumkinligi tufayli, kitobni yozgan va chop ettira olgan individ kitob biznesi bilan
shug’ullanishi mumkin, ammo bu uncha foydali emas. Har bir yuqori daromad oladigan
yozuvchi uchun yuzlab raqobatchilar to’gri keladi.
Boshqa bir tomondan, kitob bozori aniq Monopollashgan. Har bir kitob ajoyib
bo’lib, chop etuvchilar narx qo’yishga erkinlikka egadirlar. Sotuvchilar bu bozorda uni
qabul qilmasdan turib tezroq narx belgilaydilar. Haqiqatdan ham kitoblar narxi chekli
harajatlardan sezilarli darajada baland. Qalin Bahromdli oddiy asar narxi, masalan, 30000
so’m atrofiga, shu vaqtning o’zida qo’shimcha kitobni nushasini chop etish qiymati 10000
so’m atrofida.
Asarlar uchun bozor na raqobatbardosh, na Monopoliya modeliga to’g’ri keladi.
Aksincha u Monopolistik raqobat modeli orqali tasvirlanib, bu bo’limning mavzusidir.
Biroq keyinchalik biz ko’ramizki, u Monopolistik raqobatdoshdir. Korxonalar ba’zi
hollarda Monopolistik, boshqa horllarda esa raqobatdosh bo’ladi. Model nafaqat nashriyot
korhonalari munosabatini, balki boshqa tovar va xismatlar bozorini ham tasvirlaydi.
Bu bobda biz sof Monopoliyadan farqlanuvchi, lekin Monopol hokimiyatga zamin
yaratuvchi bozor tuzilmalarini o’rganib chiqamiz. Biz o’rganishni Monopol hokimiyatdan
boshlaymiz. Monopol raqobatli bozor mukammal raqobatli bozorga shu ma’noda
o’xshaydiki, bu erda ham firmalar ko’p, yangi firmalarni bozorga kirib kelishi
chegaralanmagan. Ammo u mukammal raqo batli bozordan mahsulotning tabaqalashgani
bilan ajralib turadi: har bir firma alohida toifadagi yoki boshqa xildagi tovarni sotadi, u
o’eining sifati, ko’rinishi, nufuzi bilan ajralib turadi, har bir firma o’z markasidagi tovarni
mono Ahmad ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Firma qo’lidagi Monopol hokimiyatning
miqyosi uning mahsuloti boshqalarnikidan naqa dar yaxshi farqlanishiga bog’liq bo’ladi
2
.
Monopolistik raqobat uchun misollar ko’p. Tish pastasi, kir yuvish poroshogi,
alkogolsiz ichimliklar va boshqalarni ishlab chiqarishni misol qilib ko’rsatsa bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: