Monopol firmaning barcha mijozlarga bir xil narxlarda mahsulot sotishini ko’rib
chiqdik. Biroq ko’p hollarda, firmalar ikki xil mijozlarga harajati bir xil bo’lgan tovarni
ikki xil narxda sotadi. Bu amaliyot narx diskriminatsiyasi deb ataladi. Narx
diskriminatsiyasini ayniqsa raqobatli kompaniyalar ochiq bozorida qo’llash mumkin emas.
Bu har tomonlama firmaning nufuzini tushirib yuborib mijozlarning yuz o’girishiga olib
keladi. Chunki raqobat bozorida tovarlar va uni ishlab chiqaruvchilar
ham xilma xil
bo’ladi. Qolaversa, eng yuqori narx uchun kurash ayni shu bozorda o’z o’rniga va kuchiga
ega bo’lishga harakat qilayotgan firmalar o’rtasida qizg’in tus oladi.
Optimal narx diskriminatsiyasi monopolist tomonidan aynan har bir mijozning haq
to’lash uchun tayyor ekanligini bilgan holda har bir mijozga har xil narxni qo’yishi
mumkin bo’lgan vaziyatni tasvirlaydi. Bu holda, monopolist har bir mijoz aniq optimal
narx uchun haq to’lashini va monopolist har bir bitimdan daromad olishi aniqlangan.
Monopoliyaga qarshi qonunchilik — davlatning
monopoliyaga qarshi kurash
siyosati demakdir. Monopoliyaga qarshi qonunchilik asosan, quyidagi yo’nalishlar
bo’yicha shakllandi.
Birinchidan, ishlab chiqarish (tarmoq)ni boshqaruvchi qonunlar. Bu qonunlarga
binoan, odatda, hech bir korxona (korporatsiya)ning biror
turdagi mahsulot ishlab
chiqarishning yarmidan ko’pini nazorat qilishga huquq berilmaydi.
Ikkinchidan, barcha yirik korporatsiyalar ishtirokchilari boshqa korporatsiyalar
aksiyalarining ma’lum cheklangan miqdoridan ortig’iga ega bo’la olmasligi belgilab
qo’yiladi.
Uchinchidan, narxlarni bozor muvozanati belgilagan
darajadan yuqori yoki past
turishini, narx ustidan kelishib olishni ta’qiqlovchi kartellarga qarshi qonunlar joriy
qilinadi.
Bozorda monopoliyani o’rnatishga urinishlar va monopol mavqeni suiste’mol
qilishni taqiqdaydigan trestlarga qarshi birinchi qonun —
Sherman qonuni AQShda 1890
yilda qabul qilingan. Monopoliyaga qarshi qonunchilik va uni amalga oshirish uchun zarur
bo’lgan chora tadbirlar har bir mamlakatda sharoit taqozo etgan shakllarda amal qiladi.
Bunda sog’lom raqobat muhitini himoya qilish maqsadida turli ko’rinishdagi,
monopolistik foaliyatlar ustidan davlat tomonidan tartibga solish amalga oshiriladi.
Kleyton qonuni – (1914y) – istemolchilarni narx orqali qochirish, majburiy shartnomalar
tuzish, raqobatn i korxonalarning zaiflashuviga olib keluvchi aksiyalarni sotib olish
taqiqlanishidan iborat. Seller – Kefaver qonuni – (1950y) – bu qonunda Kleyton qonuniga
o’zgartirish kiritilgan bo’lib, unda nafaqat raqobatni korxonalarning
zaiflashuviga olib
keluvchi aksiyalarni, balki ishlab chiqarish vositalarini sotib olish ham ta’qiqlanadi.
Monopoliyaga qarshi faoliyatni tartibga solishning asosiy yo’nalishlari:
-bozorning monopollashuvini cheklash;
-raqobatchi kompaniyalar qo’shilishini ta’qiqlash;
-monopol narxlar belgilanishini ta’qiqlash;
-raqobatni madaniylashgan tarzda olib borishni qo’llab – quvvatlashdan iborat.
Tartibga solinadigan narx o’rtacha umumiy harajatlarga teng bo’lsa, monopolist
hech qanday iqtisodiy foyda olmaydi. Iqtisodiy monopoliyalar – ishlab chiqarish va
kapitalning to’planishi hamda korxonalarning turli yo’llar bilan
birlashishi natijasida
vujudga keladi. Masalan kartelni olaylik. Kartel bu – bir tarmoq korxonalarning ittifoqi
bo’lib, uning ishtirokchilari to’liq iqtisodiy mustaqilligini saqlab qoladi,
faqat ishlab
chiqarish hajmi, sotish bozorlari va baholari to’g’risida kelishib oladilar. Yoki sindikatni
olaylik. Sindikat – bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonlar birlashmasi bolib,
uning a’zolari ishlab chiqarish soxasida mustaqilligini saqlab qoladi, mahsulot esa sindikat
mulki sifatida sotiladi. Qolaversa ishlab chiqarish vositalari
va mahsulotga birgalikda
egalik qiluvchi korxonalar guruhi bo’lib, foyda qo’shilgan kapital hajmiga qarab ham
taqsimlanishi mumkin.
Tabiiy monopoliyada o’rtacha umumiy harajatlar kamayitirilib,
marjinal harajatga
nisbatan o’rtacha umumiy harajat kamroq qilib belgilanadi. Shuning uchun, narx o’rtacha
umumiy qiymati quyida bo’ladi va monopolist zarar ko’radi.
Dostları ilə paylaş: