11-mavzu. Office dasturlarining yangi versiyalaribilan ishlash va ularning imkoniyatlari. Matn muharrirlari. Microsoft Office Word 2013-2016 matn muharrirlari. Reja



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə1/5
tarix19.10.2022
ölçüsü1,47 Mb.
#65517
  1   2   3   4   5
11-mavzu


11-mavzu. Office dasturlarining yangi versiyalaribilan ishlash va ularning imkoniyatlari. Matn muharrirlari.
Microsoft Office Word 2013-2016 matn muharrirlari.
Reja:
1. Matn muharrirlari. Matn muharrirlari turlari;
2. Microsoft Office Word 2013-2016 matn muharriri.
3. Dasturni yuklash. Oyna elementlari. Hujjat yaratish texnologiyasi;


1. Matn muharrirlari. Matn muharrirlari turlari;

Matn muharrirlari - turli matnli ma’lumotlarni, nashriyot mahsulotlarini tayyorlash, tahrir qilish va ularni sahifalashga xizmat qiluvchi vositalar. Matn muharrirlari yordamida turli shakldagi matnlarni tayyorlash, tahrirlash, matnlar tarkibiga turli xil grafik ob’ektlar va jadvallar qo’shish, bosmaga chiqarish va boshqa imkoniyatlarga ega.


Matn muharrirlari ikki guruhga bo’linadi:

  • Operatsion tizimda mavjud ichki matn muharrirlari

  • Operatsion tizimdan tashqi matn muharrirlari

Windows OT tarkibidagi ichki matn muharrirlariga Notepad (Блокнот), WordPad dasturlarini keltirish mumkin. Bunday dasturlarning imkoniyatlari kamroq bo’lib ulardan odatda oddiy xatlarni va turli hujjat matnlarini tayyorlashda foydalaniladi.
Tashqi matn muharrirlari imkoniyatlariga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:

  • Oddiy matnli ma’lumotlarni, turli formulalarni yozish, tahrir qilish va bosmaga chiqarishga imkon beruvchi vositalar. Bularga LUX, Lexicon, PE2, ChiWriter, WD, Multi Edit kabi dasturlar misol bo’la oladi.

  • Yuqori sifatli matnli ma’lumotlarni, nashriyot mahsulotlarini(reklama varaqlari, blankalar, visit kartochkalari va h.k.) tayyorlash va ularni bosmaga chiqarishga imkon beruvchi vositalar. Bularga MS Word, Word Perfect, Word Star, XYWrite, AmiPro kabi dasturlar misol bo’la oladi

  • Murakkab nashriyot mahsulotlarini sifatli tayyorlash va ularni sahifalash imkonini beruvchi vositalar. Bularga Corel Wentura, Page Maker, Ventura Publisher, Quark XPress kabi dasturlar misol bo’la oladi.

Tashqi matn muharrirlari yordamida matnlarni kiritish va tahrir qilish, turli xil shaklda formatlash, jadvallar bilan ishlash, formulalar yozish, diagrammalar va rasmlar chizish, imlo xatosini tekshirish va boshqa ko’plab imkoniyatlarga ega. Word matn muharriri. Yuklash va undan chiqish
Microsoft Word matnlar tahrirlovchisi ko’p amalli dasturdan iborat matn muxarriri bulib, Microsoft Office paketining asosiy dasturlaridan biri xisoblanadi. Matnni taxrirlashning asosiy bosqichlarini quyidagicha ta'riflash mumkin: hujjatni yaratish, saqlash, o’zgartirish, bezash, bir nechta hujjatdan bir butun hujjat yaratish va h.k.
Ushbu matn muxarririning imkoniyatlarini quyida keltirilgan ba'zi amallardan xam bilish mumkin:

  • Matnning orfografiyasi va grammatikasini tekshirish.

  • Jadvallar bilan ishlash, ularning chegaralari va ichki rangini tanlash.

  • Rasm chizish.

  • Elektron hujjatlarni yaratish, saqlash, taxrir kilish va x.k.

  • Elektron pochta kutisidan olingan xabarlarni taxrirlash va boshqa imkoniyatlar kiradi.

Word matn muxarririni ishga tushirish uchun ish stolidagi uning yorligi, ustiga sichqoncha ko’rsatkichini olib kelib, chap tugmachasini ikki marta tezlikda bosiladi. Agar bu yorliq ish stolida yo’q bo’lsa, ekranning quyi qismida joylashgan satr (Masalalar paneli) dagi «Pusk» menyusi ustiga sichqoncha ko’rsatkichini olib kelib chap tugmachasini bir marta bosiladi. Natijada quyidagi amallar ketma-ket bajariladi.



Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin