Formulalar muharririni ishga tushirish



Yüklə 18,1 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü18,1 Kb.
#185145
15-dars


MS WORDDA FORMULALAR YOZISH
WORDDA FORMULALAR YOZISH
Matematikadan yoki fizikadan darsliklaringizni varaqlasangiz turli ko'rinishdagi ifoda va formulalarni ko'rasiz. Turli ifoda va formulalarni yozish uchun Word dasturining formulalar muharriri deb ataluvchi imkoniyatidan foydalaniladi.
FORMULALAR MUHARRIRINI ISHGA TUSHIRISH
Awal yurgich formula yozilishi kerak bo'lgan joyga joylashtiriladi. So'ng formulalar muharriri quyidagi ketma-ketlikda ishga tushiriladi:

  1. Joylashtirish menyusidan Obyekt bo'limi tanlanadi.

  2. Ochilgan Obyektni joylashtirish oynasidan Microsoft tenglamalari bo'limi tanlanadv

Natijada yurgich turgan joyda formula yozish joyi lavhasi va formulaga amal belgilarini tanlash imkonini beruvchi quyidagi Formula oynasi aks etadi.

Agar uskunalar panelida formulalar muharriri uskunasi belgisi joylashtirilgan bo'lsa, u holda formulalar muharririni ishga tushirish uchun shu uskunani tanlash kifoya.
Formulalar muharriridan chiqish uchun sichqoncha ko'rsatkichini ish maydonining bo'sh joyiga olib kelinadi va chap tugmasi bir marta bosiladi.
FORMULAIAR MUHARRIRI IMKONIYATLARI
Formulalar muharririning imkoniyatlari juda keng. U 19 ta bo'limdan iborat bo'lib, har bir bo'lim ma'lum bir amallar belgilari majmuidan iborat. Masalan, turli ko'rinishdagi munosabat belgilari, kasrlar va radikallar belgilari, qavslar shabionlari shular jumlasidandir. >
Shu amal belgilaridan foydalanib quyidagilarni yozamiz (o'zingiz mustaqi! yozib ко'ring):



Agar yozilgan formulada xatolik bo'lsa, bu formulaga tuzatish kiritish mumkin. Buning uchun sichqoncha ko'rsatkichini yozilgan formula ustiga olib kelib chap tugmasi ikki marta bosiladi. Natijada yozilgan formula lavhasi ochiladi va ekranda Formula oynasi aks etadi. Shundan keyin yurgichni kerakli joyga sichqoncha yoki yo'nalish klavishlari yordamida joylashtirish va xatoni tuzatish mumkin bo'ladi.
Yüklə 18,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin