11-Mavzu: personalni rag‘batlantirish. Reja: Personalning mehnatga qiziqishini oshirish



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə28/38
tarix18.05.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#116009
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   38
11-mavzuPB

An’anaviy ish haqi mikdrrining uzgarishi (ortishi) uch holatda: xodim karьerasi (lavozimda o‘sishi va pasayishi), korxonada ish



haqi umumiy miqdorining o‘zgarishi hamda vaqt-vaqti bilan har bir xodimni ragbatlantirish miqdorini qayta ko‘rib chiqilishi natijasida ro‘y beradi. Hozirgi sharoitlarda ish haqi umumiy darajasining o‘zgarishi amalda o‘rtacha ish haqi miqdorini muttasil oshirib borish jarayonidir.
Narx-navoning o‘sishi (pulning qadrsizlanishi) va mehnat unumdorligining ortishi bugungi iqtisodiyotda barqaror omilga aylanib, o‘rtacha ish haqini oshirishga sabab bo‘lyapti.
Kompaniya yoki firma o‘zi uchun zarur yuqori malakali xodimlarni ishga jalb etish, mavjud personalni saqlab turish uchun iste’mol bozorida narx-navoning oshishi bilan bog‘liq xodimlar xarajatlarini muayyan darajada qoplash hamda mehnat unumdorligi ortishi bo‘yicha yutuqlarni jamoa bilan baham ko‘rish maqsadida ish haqi mikdorini o‘zgartirib borishlari kerak. Ammo bu, aytaylik, yillik pulning qadrsizlanish darajasi 10 foizni tashkil etsa, o‘rtacha ish haqini albatta 10 foizga, korxonada mehnat unumdorligi 5 foizga ortsa, o‘rtacha ish haqi ham 5 foizga oshishini anglatmaydi. Ish haqi miqdorining ko‘payishi pulning qadrsizlanish darajasidan yuqori yoki past bo‘lishi mumkin. Biroq korxona mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lishi uchun narx-navo o‘sishi va ish haqi miqdori ko‘payishi o‘rtasida muvozanatni saklashi, ya’ni hech bo‘lmaganda ish haqining xarid xususiyatini ushlab turishiga harakat qilishi kerak. Ish haqini amalda oshirish miqdori qonunchilikdagi o‘zgarishlar, mehnat bozoridagi talab va taklif, iqtisodiyotning ahvolidan kelib chiqadi.
Mehnatga haq to‘lashni tashkil etish tushunchasi ish haqi tarkibi, mehnat miqdori va sifatining unga to‘lanadigan haqqa mosligi, shuningdek mehnatga haq to‘lashning tarkibiy qismlari (me’yorlash, tariftizimi, mukofotlar, ustamalar, qo‘shimcha to‘lovlar va hokazolar) hisobga olinishi kerak (10.23- rasm).






Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin