11-mavzu: qon va qon aylanish sistemasining yosh xususiyatlari va gigiyenasi reja



Yüklə 29,7 Kb.
səhifə5/10
tarix20.09.2023
ölçüsü29,7 Kb.
#145877
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
11-mavzu qon va qon aylanish sistemasining yosh xususiyatlari v-fayllar.org

Rezus faktor. Bu faktor birinchi marta 1941-yilda nemis olimi Landteyner tomonidan Macacus Phesis degan maymun qonida topilgan va shunday nom berilgan. Kishilardan 86% ining qonida rezus-faktor borligi, 14% ida esa bu faktor yo‘qligi aniqlangan. Rezus-faktorli kishilar rezusmusbat kishilar (Rh+), rezus faktorsiz kishilar rezus-manfiy kishilar (Rh-) deb ataladi.
Rezus factor- eritrotsitlarda bo‘adi jinsga va yoshga bog‘liq bo‘lmaydi, u eritrotsitlarning agllyutinogenlari bilan bog‘langan emas. Agllyutinogenlarga qarma-qarshi o‘laroq, zardobda rezus-faktor agglyutininlari yoki antitelalari yo‘q. Bu faktor shuning uchun amaliy jihatdan ahamiyatliki, rezusmanfiy kishilarga rezusmusbat kishilarning qoni quyilsa gemoliz (eritrotsitlarning yemirilishi) ro‘y beradi. Gemoliz ro‘y berishiga sabab shuki, bunda rezusmanfiy kishilarning qonida maxsus antitelolar hosil bo‘ladi. Homiladorlik davrida eritrotsitlarning ba’zan gemolizga uchrab anemiya ro‘y berishi, so‘ngra homilaning nobud bo‘lishi ana shu faktorga bog‘liq.
Yangi tug‘ilgan bolalarning gemolitik kasalligi ham rezus-faktorga bog‘liq. Bunda ona qoni rezusmanfiy, homila qoni esa rezusmusbat bo‘ladi. Ammo 10% hollarda ona qoni ham, homila qoni ham rezusmusbat bo‘ladi-yu, gemolitik anemiya ro‘y bermaydi. Rezus-faktorlarning tiplari mos kelmasa, shunday bo‘lishi mumkin. Rezus-faktorning uch tipi borligi aniqlangan. Bu tiplar lotincha D, С, E harflari bilan belgilanadi. Tug‘ruq vaqtida qon quyganda shu faktorni hisobga olish ayniqsa muhimdir.
Taloq. Bu ichki organ bo’lib, chap qovurg‘alar ostida joylashgan. Uning og‘irligi katta odamda 140-200 g. Taloq qon hosil qiluvchi organ, ya’ni bu yerda limfotsitlar hosil bo‘ladi. Ular organizmga kirgan mikroblarni yutish xususiyatiga ega. Demak, taloq organizmni yuqumli kasalliklardan himoya qilish vazifasini bajaradi. Bundan tashqari taloqda ortiqcha qon zahira holida saqlanad. Shu bilan birga bu yerda hayot tugagan eritrotsit va leykotsitlar yemiriladi.
10.4. Qonning yoshga xos xususiyatlari
Qon odamning yoshiga qarab o‘zgarib turadi, ayniqsa bir yoshgacha qon o‘z xususiyatiga ko‘ra katta odamnikidan farq qiladi. Moddalar almashinuvi, qon yaratuvchi organlarning tuzilishi va funksiyasi, qon aylanishi. Yoshga xos xususiyatlarga bog‘liq bo‘ladi. Bola qancha yosh bo‘lsa, moddalar almashinuvi shuncha kuchli bo‘ladi. Bolalarda qoning absolyut miqdori bolaning o‘sishi va rivojlanishi jarayonida oshib borsa, nisbiy miqdori (1 kg og‘irlikka to‘g‘ri keladigan miqdorda) kamayib boradi. Yangi tug‘ilgan bolaning har kilogramm vazniga 150 sm3, go‘dak bolada 110 sm3, 7 yoshdan 12 yoshgacha 70 sm3, 15 yoshdan boshlab esa 65 sm3 qon to‘g‘ri keladi. Yangi tug‘ilgan bolada qon tana vaznining 15% ni, bir yashar bolada 11% ni, 6 yoshdan 14 yoshgacha 14% ni, katta odamda esa 7% ni tashkil etadi. O‘g‘il bolada va katta yoshli kishida qon miqdori qizlar va ayollardagiga nisbatan ko‘proq bo‘ladi.
Yangi tug‘ilgan bolada qonning solishtirma og'irligi 1060 dan 1080 gacha, 2 yashar bolada 1050, yosh ortishi bilan bir oz ko‘tarilib, 1055- 1062 ga yetadi va doimo shu xilda birday turadi. Yangi tug‘ilgan bolada eritrotsitlar ko4p bo4lganidan qonning yopishqoqligi 10-11 bo‘lib, ikki yoshda 6 gacha tushadi, kattalarda 4 bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan bolaning qon plazmasi ko‘pi bilan qonning 50% ni tashkil etadi. Qon plazmasida oqsil miqdori katta odamdagidan kam, ya’ni 5,5-6,5% bo‘ladi. 7 yoshda plazmadagi oqsillar miqdori 6-7% ni tashkil etadi.
Yangi tug‘ilgan bolada plazma albuminlariga nisbatan globulinlar miqdori kattalardagiga qaraganda kam bo‘ladi. Eritrotsitlarning cho‘kish reaksiyasi (ROE-SOE) bir soatda 2 mm, chaqaloqlarda soatiga 4-8 mm, 7-11 yoshda bir soatda 4-12 mm bo‘ladi. Yangi tug4ilgan bolaning qon plazmasida-osh tuzi va qandning miqdori nisbatan kam, 6 yoshda katta odamnikiga yetadi. Kalsiy tuzlari katta odamnikiga nisbatan ko‘p bo‘ladi. Eritrotsitlar miqdori katta odamnikiga qaraganda ortiq bo‘lib, 1 mm3 qonda 4,5-7,5 mln ga teng, 12 yoshda bu miqdor katta odamnikiga tenglashadi. 12-14 yoshda eritrotsitlar soni bir oz ortadi. Yangi tug‘ilgan bolalarda gemoglobin miqdori 110-114%, 100 g qonda 17-25 g bo‘ladi. Bola katta bo‘lgan sari gemoglobin miqdori ham kam ayib, 1-2 yoshda 80-90% b o 4ladi. G em oglobin m iqdori, eritrotsitlarning ko‘p bo‘lishi bolaning sof havoda qancha bo4lishiga bog4liq. Yangi tug‘ilgan bolalarda leykotsitlarning soni 1 mm3 qonda 10000 dan 20000 bo‘ladi, 12 yoshda 10000 dan 12000 gacha kamayadi.
Maktab yoshidagi bolalarda 1 mm3 qonda 7-3 mingni tashkil etadi. 3-7 yoshda neytrofillar soni kam, limfotsitlar soni esa ancha ko‘p bo‘ladi. Bolaning yoshi ortishi bilan neytrofillar soni ortib, limfotsitlar soni kamayadi. Neytrofillar va qonning fagotsitar funksiyasi ham kam bo‘ladi.
Bog‘cha yoshidagi bolalarni yuqumli kasalliklarga tez chalinishi qisman shu bilan izohlanadi. 8-9 yoshdan fagotsitar funksiya ortib, organizmning turli kasalliklarga chidamliligi oshadi. Trombotsitlarning soni ham yoshga qarab o‘zgarib turadi. K atta odamda 1 mm3 qonda 200-400 ming, 1 yoshgacha bo'lgan bolalarda 160- 330 ming, 1 yoshdan 2 yoshgacha 140-170 ming, 2 yoshdan 3 yoshgacha 150-300 ming, 3 yoshdan 4 yoshgacha 356-370 ming bo4ladi. Qonning ivish tezligi barcha yoshdagi bolada bir xil bo‘lib, 3-4 daqiqada qon lahtasi hosil bo'ladi.
Yangi tug‘ilgan bolada qon suyaklardagi qizil ilikda yaratiladi. Bir yoshdan boshlab qizil ilik yog‘ to‘qimasi bilan almashina boshlaydi, bu jarayon dastlab son, katta boldir suyaklarida, kechroq umurtqalarda boshlanadi. Besh yoshdan qizil ilikning yog‘ to‘qimasi bilan almashinishi ancha tezlashadi.
8 yoshda boldir suyaklarining yarmida qizil ilik о‘rnini yog‘ to‘qim asi qoplaydi. 12-15 yoshdan boshlab, qon yaratilishi kattalamikidek bo‘ladi. Bola tug'ilgandan so‘ng taloq tez o‘sa boshlaydi, vazni 5 oylikda 2 hissa, 1 yoshda 3 hissa, 10-12 yoshda 10 hissa ortadi.

Yüklə 29,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin