11-mavzu qon va qon aylanish sistemasining yosh xususiyatlari v-fayllar.org
10.3. Qon guruhlari va qon quyish Qonning 4 guruhi farq qilinadi. I guruhda - qizil qon tanachalarida agglyutinogen bo‘lmaydi, shuning uchun bu guruh 0 deb nomlanadi. Bu guruh plazmasida ikkita tabiiy agglyutinin , bo‘ladi.
II guruhda - eritrotsitlarda agglyutinogen A, plazmada esa agglyutinin bo‘ladi.
III guruhda - eritrotsitlarda agglyutinogen B, plazmada agglyutinin bo‘ladi.
IV guruhda - eritrotsitlarda A va В agglyutinogenlar bo‘lib, qon plazmasida agglyutininlar bo‘lmaydi.
Odam yuqoridagi qon guruhlarining birortasiga mansub bo‘lib tug‘iladi va bu qon guruhi umrining oxirigacha o‘zgarmaydi.
I guruh qon eritrotsitlarida agglyutinogenlar - A, В bo‘lmagani uchun uni barcha guruhga quyish mumkin. Bu guruh qon universal, qon beradigan kishilar esa universal donor deb yuritiladi.
II guruh qon eritrotsitlarida agglyutinogen A, qon plazmasida esa agglyutinin bo‘ladi. Bu guruh qonni qoni II, IV guruh bo‘lgan odamlarga quyish mumkin.
III guruh qon eritrotsitlarida agglyutinogen B, qon plazmasida agglyutinin bo‘ladi. Bu guruhdagi qonni III guruhga va IV guruhga quyish mumkin.
IV guruh qon eritrotsitlarida A va В agglyutinogenlar mavjud bo‘lib, qon plazmasida agglyutininlar bo‘lmaydi. Shuning uchun bu guruhni faqat IV guruhga quyish mumkin. Lekin bu guruhga qolgan uchta guruhdagi qonni quyish mumkin. Qoni to‘rtinchi guruh bo‘lgan odamlar universal retsipiyentlar deyiladi.
Donor (lotincha «hadya etaman» degan ma’noni bildiradi) bemor hayotini saqlab qolishda yordam beradigan olijanob insondir. Bemorlarning kasallik turiga qarab, yangi qon yoki qon plazmasi eritrotsit massa, leykotsit massa, trombotsit massa yoki qon tarkibidagi oqsillar (albumin, globulin, fibrinogen, flbrinolizin, gamma globulinlaridan birortasi quyiladi. Ayrim kasalliklarda (kuyganda, zaharlanganda va boshqalarda) bemorning qoni donor qoni bilan to‘la almashtiriladi. Bemorga quyilgan qon uning organizmiga ijobiy ta’sir etib, murakkab ijobiy fiziologik o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Bemorga donor qoni quyilganda u tomirlar devoridagi sezuvchi nerv tolalari uchlarini qo‘zg‘atadi, natijada qon bosimi ko‘tariladi, yurak faoliyati yaxshilanadi, nafas olish me’yorida bo‘ladi, bosh miya qon tomirlarida qon aylanish birmuncha yaxshilanadi, hatto bemorning ishtahasi ham ochiladi, moddalar almashinuvi tezlashadi, qon yaratuvchi va boshqa organlar ishi kuchayadi va hokazo.