11-mavzu qon va qon aylanish sistemasining yosh xususiyatlari v-fayllar.org
Puls (tomir urishi). Qorinchalar qonni bosim ostida tomirlarga haydaganda qontomirlarning tebranishi puls deyiladi. Pulsni teri ostida yuza joylashgan arteriya qon tomirlaridan yelka arteriyasi bilakda ikkiga shoxlangan joyda, chekkada va boshqa yerlarda sezish va sinash mumkin. Qon tomirining har bir tebranishi yurakning har galgi qisqarishiga to‘g‘ri keladi. Yangi tug‘ilgan bolada bir daqiqada puls 120-140 marta bo‘lib, yoshi ortishi bilan puls kamaya boradi. Puls odamning holatiga, tashqi muhit haroratiga, odamning yoshi va moddalar almashinuvining borishiga bog‘liq bo‘ladi. Bir yoshdagi bolalarda pulsning har xil bo‘lishi yurakniig tuzilishi, funksiyasi, nervlar bilan ta’minlanish darajasiga, bolaning tipologik xususiyatlariga bog‘liqdir. Kichik maktab yoshidagi bolalarda puls turg‘unlasha boradi. Mehnat jarayonida, jismoniy mashg‘ulotlar vaqtida, оtа hayajonlanishda bolalarda puls ancha tezlashadi.
Qon bosimi. Yurak qisqarishi tezlashib, sistolik hajmi ortganda qon bosimi ko‘tariladi, yurak ishi sekinlashib, sistolik hajmi kamayganda qon bosimi pasayadi. Arteriya qon bosimi qon tomirlar diametrining umumiy yig‘indisiga bog‘liq. Arterial va kapillyar tomirlar devori torayganda qon bosimi ortadi, kengayganda aksincha bo‘ladi, ya’ni pasayadi.
Sog‘lom odamda qon tomirlar muskulli devorining harakati nerv gumoral mexanizmi bilan boshqarilib turishi tufayli qon bosimi bir me’yorda saqlanadi. Bu mexanizm buzilsa, qon bosimi o‘zgaradi. Katta odamda aortada maksimal, ya’ni sistolik bosim simob ustunida 120-140 mm, yelka arteriyasida 110-125 mm, minimal, ya’ni diastolik bosim 70- 80 mm, mayda arteriyalarda 70-80 mm, arteriyalarda 40-60 mm, kapillyarlarda 20-40 mm, yirik venalarda 2-5 mm bo‘ladi. Maksimal qon bosimi bilan minimal qon bosimi o‘rtasidagi farqqa puls bosimi deyiladi. Puls bosimi o‘rta hisobda simob ustunida 30-40 mm boiadi. Bolalarda arterial qon bosimi kattalardagiga qaraganda ancha past.
Yangi tug‘ilgan bolada maksimal qon bosimi 60-65 m, bir yosh oxirida 90-105 mm, minimal qon bosimi 50 mm bo‘ladi. O‘g‘il va qiz bolalarning qon bosimi 5 yoshgacha bir xil bo‘ladi. 5yoshdan 9 yoshgacha o‘g‘il bolalarda simob ustunida 1-5 mm, ya’ni qizlarnikiga nisbatan yuqori bo‘ladi. 9 yoshdan 13 yoshgacha qizlarda 1-5 mm bo‘ladi. Jinsiy balog‘at yoshida o‘g‘il bolalarda qon bosimi bir oz ko‘tariladi. Bolaning yoshi ortishi bilan qon tomirlar devorining torayishi, tana vazniga nisbatan yurak massasi va hajmining sekin ortishi hisobiga qon bosimi ham, puls bosimi ham ortib boradi, biroq qizlarda ancha sust ortadi. Bu esa o‘g‘il bolalarda yurak sistolik hajminiig yuqori bo‘lishi bilan izohlanadi. Qon bolalarda kattalarga nisbatan tomirlarda ancha tez oqadi.
Yangi tug‘ilgan bolada qon organizmdan 12 soniyada, 3 yoshda 15 soniyada, katta odamda esa 22 soniyada aylanib chiqadi. Bolalarda qonning aylanib chiqishi uchun kam vaqt sarflanishiga sabab shuki, ularning qon tomirlari kalta bo‘ladi, yuragi tez ishlaydi.