11-mavzu. Smeta tuzish reja



Yüklə 44,13 Kb.
səhifə1/10
tarix28.11.2023
ölçüsü44,13 Kb.
#167262
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
11-mavzu. Smeta tuzish (1)


11-MAVZU. SMETA TUZISH
REJA:
11.1. Asosiy smeta ta’rifi va byudjet turlari.
11.2. Smeta tuzishning afzalliklari va kamchiliklari.

Tayanch so’zlar: rejalashtirish, muvofiqlashtirish va aloqa, rag’batlantirish, nazorat, baho, o’qitish, umumiy (asosiy) byudjet, operativ byudjet, sotuv byudjeti, tijorat sarflari byudjeti, ishlab chiqarish byudjeti, materiallarni xarid qilish, foydalanish byudjeti, mehnat sarflari byudjeti, umumiy ishlab chiqarish sarflari byudjeti, umumiy va ma’muriy sarflar byudjeti, foyda va zararlar to’g’risida faraziy (prognozniy) hisobot, moliyaviy byudjet, kapital sarflar byudjeti.




11.1. Asosiy smeta ta’rifi va budjet turlari
Rejalashtirish nazorat bilan bir qatorda boshqaruvning eng muhim vazifalaridan biri bo’lib, kelgusida bajarilishi lozim bo’lgan xarakatlarni aniqlash jarayonidir.
Byudjetni rejalashtirish bu jarayonning eng batafsil darajasi bo’lib, bu tashkilotning tarkibiy bo’linmalari bo’yicha yoki faoliyat sohalari bo’yicha rahbariyat tasdiqlagan dasturlar asosida ishlab chiqilgan alohida byudjetlarni tayyorlash jarayonidir. Ba’zan bu atama ba’zan qabul qilingan strategiya doirasida korxona darajasida rejalashtirishning taktik maqsadlarini tanlashning yaxlit tizimi, kompaniyaning kelgusidagi opreatsiyalari rejasini (xarajatlar va daromadlar smetasini) ishlab chiqish va shu rejalar bajarilishini nazorat qilish, ya’ni mohiyat e’tibori bilan ichki moliyaviy boshqarish tizimi sifatida talqin qilinadi.
Rejalar quyidagicha turkumlanishi mumkin:1
1. Operativ reja — bu firma maqsadlariga erishish bilan bevosita bog’liq taktik reja. Ular yillik yoki uch oylik byudjetlar sifatida tuzilgan qisqa muddatli rejalardir. Ishlab chiqarish rejasi, moddiy-texnika ta’minoti rejasi, umumiy ishlab chiqarish sarflari rejasi operativ rejaga misol bo’la oladi.
2. Ma’muriy rejalar — bular tashkiliy tuzilmani rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash rejasidir. Ularning maqsadi - rejalashtirilgan ko’rsatkichlar bajarilishining kutilgan darajasiga erishish mumkin bo’lgan tashkilotni tuzishdir. Ular o’rtacha muddatli, har yili qayta ko’rib chiqiladigan rejalardir.

Yüklə 44,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin