11-mavzu. Smeta tuzish reja



Yüklə 44,13 Kb.
səhifə2/10
tarix28.11.2023
ölçüsü44,13 Kb.
#167262
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
11-mavzu. Smeta tuzish (1)

3. Strategik rejalar — bu biznesni rivojlantirishning va tashkilot uzoq muddatli tuzilmasining bosh rejasidir. Tashkilot strategiyasi muntazam ko’rib chiqilmaydi, balki zarur bo’lganda, ya’ni yangi texnologiyani joriy etish, nufuzli iste’molchilar o’zgargan, yangi raqobatchi paydo bo’lgan hollarda qayta ko’rib chiqiladi.

Byudjetni (smetani) rejalashtirish


Byudjet boshqaruv nazorati tizimining asosiy vositasidir. Deyarli barcha kompaniyalar (eng kichiklaridan tashqari) byudjet tuzadi. Ko’p kompaniyalar foyda olish uchun ma’sul markazlar bo’yicha kompaniyaning rejalashtiriladigan faoliyatini ko’rsatuvchi foyda rejasini yillik byudjet deb qaraydi. Foyda olmaydigan tashkilotlar ham byudjet tuzadi.
Byudjet nazarda tutilgan xarakatlar bajarilganga qadar tuzilgan moliyaviy xujjatdir. Uni ko’pincha moliyaviy xarakatlar rejasi ham deyiladi. (Buni qiymat o’lchovida ifodalangan reja deb tushunsa bo’ladi). «Byudjet» atamasini tushunishning kaliti bu bir varaq qog’oz emas, undan ko’proq narsa ekanini, unda moliyaviy va boshqa ma’lumotlar borligini anglab etishdir. Bu ma’lumotlar kelgusida sodir bo’ladigan voqealar turkumini rejalashtiradi. Bu bo’lajak moliyaviy operatsiyalarning farazidir.
Byudjet turlari va shakllarining soni cheksiz. Tuzilgan foyda va zararlar to’g’risidagi hisobotdan, buxgalteriya balansidan farqli ravishda byudjetning qat’iy rioya qilinadigan standart shakli yo’q. Byudjetning tuzilishi, byudjet nima haqdaligiga, tashkilotning katta-kichikligiga, byudjetni tuzish korxonaning moliyaviy tuzilishiga integratsiya qilinganiga, byudjet tuzuvchilarning malakasiga va tajribasiga bog’liq.
Byudjetdagi axborot aniq va ravshan bo’lishi lozim. Ortiqcha axborot ma’lumotlarning ahamiyatini va aniqligini tushunishni qiyinlashtiradi. Axborotning etarlicha bo’lmasligi xujjatda qabul qilingan asosiy cheklashlarni va ma’lumotlarning o’zaro bog’liqligini anglab etmaslikka olib kelishi mumkin. Byudjetda bir vaqtning o’zida daromadlar ham, xarajatlar ham bo’lmasligi mumkin, ular muvozanatli bo’lishi ham shart emas. Masalan, materiallardan foydalanish byudjetida xom-ashyo va yarim tayyor mahsulotlarning rejalashtirilgan sarflarigina ko’rsatiladi. Shuningdek, byudjet butunlay pul ifodasida tuzilmagan bo’lishi mumkin, unda mehnat soati, mahsulot birligi, xizmat miqdori kabi va boshqa o’lchovlardan foydalanishi mumkin.
Byudjetni tayyorlash chog’ida uning yaxshi ifodalangan nomidan yoki sarlavhasi va qaysi davrga mo’ljallanganidan boshlash zarur. Uni ishlab chiquvchilar byudjetni taqdim etishning haqiqiy shaklini yaratadilar. Kompaniya byudjetning o’z shaklini barpo etishi va undan muntazam foydalanishi mumkin. Agar byudjetda yangi mahsulot yoki yangi xizmat turi to’g’risida axborot zarur bo’lsa, bu xujjatning yangi tuzilmasi va shakli talab qilinishi mumkin. Lekin hamma vaqt ham asosiy qoidaga amal qilish zarur, ya’ni byudjetdagi mavjud axborot juda aniq, bu axborotdan foydalanuvchilar uchun imkon qadar muayyan va muhim bo’lishi kerak.
Iqtisodiy adabiyotda byudjet ko’p hollarda ma’lum davrga, odatda bir yilga mo’ljallab, miqdor bilan, odatda pul bilan ifodalangan reja deb qaraladi.

Yüklə 44,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin